I shall have translated the article by ten o’clock. Men soat o‘ngacha maqolani tarjima qilib bo‘laman.
4. To have fe’li bor bo‘lmoq, ega bo‘lmoq ma‘nosida asosiy fe’l bo‘lib keladi:
I have a good watch. Mening yaxshi soatim bor.
He had a large library. Uning katta kutubxonasi bor edi.
We shall soon have a new radio set. Bizda yaqinda yangi radiopriyomnik bo‘ladi.
5. So‘roq shaklni yasashda Simple Present va Simple Pastda to have fe’lining tegishli shakli eganing oldiga o‘tadi:
Have you a good watch? Yaxshi soatingiz bormi?
Had he a large library? Uning katta kutubxonasi bor edimi?
Ammo Simple Pastning so‘roq shakli ko‘pincha to do yordamchi fe’li yordamida ham yasaladi:
Did he have a large library? Uning katta kutubxonasi bor edimi?
6. To have fe’lining bo‘lishsiz shakli uning sahkllaridan keyin not yuklamasini qo‘yib qisqartirish orqali yasaladi. Simple Present va Simple Pastda qisqartmalar haven’t, hasn’t, hadn’t bo‘ladi. Ulardan keyin donalab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl bilan, ko‘plikdagi donalab sanaladigan ot va donalab sanalmaydigan ot any olmoshi bilan ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |