Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet32/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

ADABIYOTLAR:



  1. Q.Oripov, M.Obidova. Ifodali o‘qish. –T.: O‘zbekiston, 1996

  2. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –T., 2006

  3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1993

  4. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. –T. 2007

  5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1992

  6. Begmatov E., MAmatov A. Adabiy noma nazariyasi. 1-qism. –T.: Navro‘z, 1997

  7. Karnegi D. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati. –T.: Yangi asr avlodi, 2010

IFODALI O`QISH VOSITALARI


REJA:
Urg‘u va bo‘g‘in turlari. Pauza. Pauza turlari. Ifodali o‘qishda pauzaning ahamiyati. Urg‘u va bo‘g‘in turlari. Pauza. Pauza turlari. Ifodali o‘qishda pauzaning ahamiyati.
Tanch iboralar: Grammatik pauza, mantiqiy pauza, psixologik pauza. Intonatsiya haqida ma'lumot. Ifodali o‘qishda intonatsiyaning ahamiyati. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar. Temp va ritm. She'riy va nasriy asarlarda temp va ritmning o‘rni. Temp va ritmni belgilashda badiiy asarning janriy va g‘oyaviy xususiyatlari.
OVOZ VA UNING HOSIL BO‘LISH MANBALARI. To‘g‘ri nafas olish hayot uchun naqadar zarur bo‘lsa, ovoz ham kishilarning bir-birlari bilan bo‘ladigan muomalasida katta ahamiyatga egadir. Xo‘sh, ovoz qanday hosil bo‘ladi?
Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi biror narsaga tikilish uchun ko‘zlarga biror narsani olish uchun qo‘llarga, oldinga qadam tashlash uchun oyoqLarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz chiqarish, nutq tovushlari yoki so‘zlarni talaffuz etish, ovozni jaranglatish yoki xirillatish, past yo baland gapirish uchun ham muayyan a’zolarga signal beradi. Bu a’zolar esa, oliy asab tizimining buyruqlarini bajaradi. Ana shunday buyouqlarni bajarishda, ovozning muhim a’zolari bo‘lgan halqasimon, piramidasimon va qalqonsimon tog‘aylar hamda ovoz paychalari asosiy rol o‘ynaydi.
Hiqildoqning ichki devori ovoz yorug‘ini hosil qiladi. ularning cheti esa ovoz boylamlarini tashkil etadi. gorizontal holatda yotgan ovoz boylamlari asosan elastik to‘qimalardan (paylardan) tuzilgan. Ular oldingi tomonda qalqonsimon tog‘ay bilan birlashib turadi, orqada esa bir-birlaridan uzoqlashadi. Ana shu uzoqlashgan paytda ular o‘rtasida burchak hosil bo‘ladi, buni ovoz yorug‘i deyiladi. Ovoz yorug‘i uchburchak shaklidadir.
Tog‘aylarni bir-biriga yaqinlashtirib va uzoqlashtirib harakatga keltirib turuvchi kuch qalqonsimon va halqasimon bir juft muskuldir. Boylamlar tortilishi, qisqarishi yoki tebranishi mumkin. Ular tinch turganda esa deyarli harakatsiz bo‘ladi, ular orasidagi tovush yorug‘i kichik bo‘lib nafas olinayotganda ovozsiz o‘tib turadi.
Dastlabki paydo bo‘lgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo‘ladi. Ovoz tembr va kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘shimcha sharoitlar talab qilinadi. Bunda halqum, burun-halqum va og‘iz bo‘shlig‘irezonatorlik, ya’ni qaytarg‘ichlik vazifasini bajaradi. Ular tovushga ma’lum tus va kuch beradi. Bunday tuslanishning siri ovozning fizik xossasi, ya’ni uning qattiq jismlarga duch kelgach urilib, qaytib rango-rang rezonans kasb etish tabiati Bilan bog‘liq. Qayerda qaytarg‘ichlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha yerda ovoz kuchli jarangdor va ko‘rkam bo‘ladi. Demak, ovoz Mashqlarida eng avval ana shu qonuniyatni nazarda tutish kerak.
Tembr hosil qilishda hiqildoqdan chiqayotgan tovushning yo‘nalish darajasi katta ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk, yoqmsiz, po‘ng‘illagan tembr hosil bo‘ladi. Tovush faqat qattiq tanglaydan chiqsa, rangsiz "oq tovush", ch'ni shang‘i tovush hosil bo‘ladi. Tovush yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o‘tsa, jarangdor, yoqimli tovush hosil bo‘ladi.
Tovushning so‘ngi xossasi esa uning balandligiga, ovoz boylamlarining kengayishi va tortilish darajasiga hamda ularning tebranish holati (tezligi yoki sekinligi) ga bog‘liq. Boylamlar qancha ko‘p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha baland, jarangdor: u qancha bo‘sh bo‘lsa, ovoz xossalari, uning kuchi, tembr iva baland-pastligi ovoz boylamlarining o‘zigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, eng avval oliy asab tizimi tignallariga, qolaversa, tovush apparatiga taluqlidir. Tovush apparati esa, ta’kidlanganidek, oliy asab faoliyatining umumiy qonuniyatiga asosan harakat qiladi. bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozikdir. Ayniqsa, bog‘chada, maktabda tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarning bo‘lar-bo‘lmasga baqirishlariga hamda birorta badiiy asardan olingan parchani kuchlari boricha baqirib-chaqirib o‘qishlariga yo‘l qo‘ymasliklar kerak.
Agar biror badiiy parcha noto‘g‘ri diapazon va balandlikda baqirib, kuchanib o‘qilsa, u holda ovoz muskullarining o‘ziga xos bo‘lmagan holatda ishlashga sabab bo‘ladi.
Ovozni normal holga keltirish bir-ikki mashq qilish bilan emas, balki ovoz mashqlarini muntazam o‘tkazish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish jarayoni deb qarash kerak.
Ovoz mashqlari ham butun bir murakkab tizimni tashkil etadi. ularni to‘liq bilib olish uchun ovozni yo‘lga qo‘yish (ovoz postanovkasi) deb ataluvchi maxsus predmet bilan bog‘liq adabiyotlarga murojaat etish mumkin. Quyida shuncha aloqador ayrim mashqlar tavsiya etiladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish