Мундарижа сўзбоши


Ko‘p yillik muzloqlar tarqalgan rayonlar



Download 0,7 Mb.
bet57/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Ko‘p yillik muzloqlar tarqalgan rayonlar

(mln km2) (K.V.Pashkangdan, 1982).

8.3.1-jadval

Muzloq turlari

Yevrosiyo

Shimoliy Amerika

Yer shari

Sidirg’a muzloqlar

3,66

3,89

7,55

Ba’zi joylari erigan sidirg’a muzloqlar

3,66

3,66

7,32

Orolsimon muzloqlar

3,76

3,46

7,22

Kriogen jarayonlarining yo‘nalishi, rivojlanish xususiyatlari hududning iqlimi, geologik tuzilishi hamda denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonlarining nisbatiga bog’liq. Masalan, denudatsiya ustun bo‘lgan o‘lkalarda sovuq nurash, kriogen yonbag’ir jarayonlari; nisbatan turg’un bo‘lgan o‘lkalarda sovuq nurash, sovuqdan yoriqlarning hosil bo‘lishi, termokarst; akkumulyatsiya ustun bo‘lgan o‘lkalarda esa bo‘rtish va sovuqdan yoriqlar hosil bo‘lishi aniq ifodalangan bo‘ladi (8.3.2-jadval).

Tog’larning yassi tepalarida, plato va yassitog’larda toshli jinslarda sovuq nurash natijasida toshli sochilmalar yoki “toshli dengizlar” hosil bo‘ladi.

Yassi yuzalarda muzloq jinslarning yuqori qatlamlari havo harorati sovuganda qisqarishi va isiganda kengayishi kuzatiladi. Haroratning fasliy o‘zgarishi natijasida qattiq yuzada yoriqlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. YOriqlar yaxlit tog’ jinslarini parchalab turli kattalikdagi qismlarga bo‘lib tashlaydi.

Bahorda yoriqlarni to‘ldirgan suvning muzlashidan uning hajmi kengayib yoriqlarni yanada kengayishiga olib keladi. Bu jarayonning takrorlanishi natijasida yoriqlar o‘rnida pastqamlik, uning atrofida esa konussimon shakldagi balandlik (balandligi 2-12 m, kengligi 3-15 m, uzunligi 6-20 m) hosil bo‘ladi. Bunday balandliklarni yoqutlar bayjaraxlar deb ataydilar.

Suv bilan to‘yingan g’ovak gruntlarni muzlashi va erishi jarayonida gruntlarning saralanishi yuz beradi. Nuragan jinslarning muzloq yuzasidagi sovuqdan saralanishi natijasida ko‘p burchakli, qirrali toshlar, tosh xalqalar va boshqalar hosil bo‘ladi.

Ko‘p yillik muzloq erlarda daryo va quruqlik yaxmalaklari juda ko‘p uchraydi. Ko‘p yillik muzloq va suv o‘tkazmaydigan jinslar ustidagi oqiziqlardan o‘tadigan daryolarda qishda daryo yaxmalagi yoki tarin vujudga keladi. Daryo muzlaganda sovuq kuchaygan sari (30-500 gacha) daryodagi muz qalinlashadi va daryoning ko‘ndalang kesimi (o‘zani) torayadi; daryo suvi o‘zanga sig’masdan muzni yorib, muz ustiga va daryo qirg’oqlariga chiqadi; suv bu joyda muzlab qalinligi 2-15 sm gacha bo‘lgan yaxmalak, ya’ni muz qatlamini hosil qiladi. o‘zanni yanada torayishidan muz ustiga yana ko‘proq suv oqib chiqadi, yaxmalak qalinlashadi va bu hodisa shu tariqa bir necha marta takrorlanganidan so‘ng yaxmalak qalinligi 2-4 m ga etishi va u bir necha o‘n kvadrat kilometr maydonga yoyilishi mumkin. Katta yaxmalaklar bir necha yilgacha erimay turishi mumkin.

Muzloq usti suvlari yozda erkin harakat qiladi, qishda bosim ostida bo‘ladi, chunki ular yuqoridan mavsumiy, pastdan esa ko‘p yillik muzloq bosimi ta’sir etadi. Suv bosim ostida ekanligi va sovuyotganda hamda muzlayotganda hajmi kengayishi sababli faol qatlamni shishiradi, faol qatlamning qarshiligi kam joylarida uni teshib, er betiga oqib chiqadi va muzlab qolib, muz do‘ngligi yoki yaxmalak hosil qiladi. Ba’zan er osti suvi gruntni teshib chiqa olmay, uni yuqoriga ko‘tarib, gidrolakkolitlar (yoki yoqutcha bulgunyaxlar)ni vujudga keltiradi. Ularning balandligi 10 metrdan 30 metrgacha, diametri esa bir necha o‘n metrdan yuz metrgacha boradi. Iliq faslda muz yadro erib ketgandan so‘ng do‘ng cho‘kib, pasayib qoladi.

Muzloq erlarda o‘rmonlarning kesilishi yoki o‘rmonning yonishi hamda quyosh nurlari er yuzasini bevosita isitishi natijasida er osti muzi (8.3.1-rasm) erib suv hajmi kamayishidan, uning ustidagi g’ovak jinsli qatlamlarning cho‘kishi termokarst jarayoni deyiladi. Bu jarayon natijasida er ustida o‘ralar, tovoqsimon cho‘kmalar, voronkalar hosil bo‘ladi, cho‘kkan bu joylar avval botqoqlanadi, keyinchalik esa (ba’zan 10-20 yillardan so‘ng) katta yoki kichik ko‘llarga aylanadi. Markaziy va shimoliy Yakutiyaning qadimgi allyuvial tekisliklarida termokarst botqoqlari keng rivojlangan. Ularning mahalliy nomi alaslar deb ataladi. Alaslarning ko‘ndalang kesimi o‘n metrdan bir necha kilometrgacha, chuqurligi esa 30 m gacha etadi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish