Mundarija kirish I bob. Mamlakatimiz agrosanoat majmui tarmoqlarida mahsulotlarini ishlab chiqarishda ijtimoiy sohani takomillashtirishning ilmiy va nazariy asoslari


Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarishda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish yo’nalishlari tahlili



Download 86,81 Kb.
bet7/9
Sana18.04.2022
Hajmi86,81 Kb.
#560648
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi

2.2.Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarishda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish yo’nalishlari tahlili
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi bozor iqtisodiyoti talablari asosidaob’yektiv ravishda doimo rivojlanib boradi. Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning zarurati qishloq joylarda yangidan-yangi xizmat turlarini vujudga kelishini rag’batlantiradi va aksincha.
Aholining ish bilan ta’minlanish darajasini maqsadida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish lozim. Bu borada ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi punktlarning asosiy qismi gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, deyarli barchasida qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi. Bu esa, yangi ish o’rinlarini paydo etmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ( teri, jun, quruq mevalar va h.k.) tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruhi shakllanmoqda.
Aholining mahsulot va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini ta’minlovchi eng asosiy omillardan biridir. Bu borada katta ishlar qilinishi lozim. Bu muammo ijobiy hal etilmaguncha ijtimoiy infratuzilma ham mo’tadil rivojlanmaydi. Albatta, aholining xarid qobiliyatini oshirish ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangidan –yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish kabi iqtisodiy ahamiyati katta faloliyatlar asosida olib borlishi kerakligini unitmaslik lozim. Mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi darajasini hisobga olgan holda aholining xarid qobiliyatini o’stirish talab qilinadi. Aks holda inflyatsiya darajasi keskin oshishi va juda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Demak, agrosanoat majmuasi ishlab chiqarishining samardorligini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga olib keladi. Infratuzilmaning rivoji ko’p jihatidan u davlat tomonidan qo’llab – quvvatlanishiga bog’liq. Chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday yo’nalishlari mavjudki, ularni birorta ishbilarmon o’z faoliyat turiga aynaltira olmaydi. Masalan, qishloq joylaridagi asosiy ko’chalarni kechasi yoritadigan chiroqlar, aholi dam oladigan park (bog’lar), o’t o’chiruvchilar tashkilotini yuritish xarajatlari kabilar ishbilarmon faoliyati bo’yicha hech qachon o’zini oqlamaydi. Shunday ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qoplash zaruriyati bor. Hamma foydalanadigan bu turdagi ijtimoiy xarajatlarga davlat tomonidan qilinadigan sarflar miqdori ham ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning bir yo’nalishidir.
Agrosanoat majmuasining muhim bir sohasi ishlab chiqarish infratuzilmasi hisoblanadi. Infratuzilma – ishlab chiqarishning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha xizmatlarni ko’rsatuvchi va bevosita ishlab chiqarish jarayoni davomida uzviy ishtirok etuvchi tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Infratuzilmaning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilmadan tashkil topadi. Agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasiga taransport (aholini tashish bilan shug’ullanuvchi), yo’llar, sog’liqni saqlash va aholining sog’ligini tiklashga xizmat qiluvchi tizimlar, bolalar va mutaxassislarga ta’lim beruvchi sohalar, uy – joy, ichimlik suv, gaz bilan ta’minlash tizimi va boshqalar kiradi. Agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi agrosanoat majmuasi barcha tarmoqlarining normal ishlashi uchun zarur sharoit tug’diradi, ularda ishlayotganlarga xizmat ko’rsatadi. Ularning rivojlanganlik darajasi juda ko’plab ijtimoiy muammolarni yechadi. Natijada, agrosanaot majmuasida mehnatning sifati va unumdorligi oshadi. Bu esa katta samardorlikka olib keladi.O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga muayyan kamchiliklar ham mavjud.
Ulardan eng asosiylari ijtimoiy infratuzilmasining bozor munosabatlariga to’liq javob beradigan yangidan-yangi ayrim turlari mavjud emasligidir. Qolaversa, mavjud ijtimoiy infratuzilmaning xizmat sifati, madaniyati hali unchalik baland emas. Bu muammolar agrosanoat majmuasining natijaviy ko’rsatichlariga salbiy ta’sir etadi.O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi bozor iqtisodiyoti talablari asosida obyektiv ravishda doimo rivojlanib boradi. Qishloq aholini ish bilan ta`minlashning zarurati qishloq joylarda yangidan-yangi xizmat turlarini vujudga keltiradi.
Aholining ish bilan ta`minlanish darajasini maqsadida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish lozim. Bu borada ko`plab ishlar amalga oshrilmoqda. Aholi punktlarning asosiy qismi gaz, ichimlik suvi bilan ta`minlanmoqda, deyarli barchasida qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi. Bk esa, yangi ish o`rinlarini paydo etmoqda. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ( teri, jun, quruq mevalar va h.k.) tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruxi shakllanmoqda. Aholining mahsulot va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini ta`minlovchi eng asosiy omilladan biridir. Bu borada katta ishlar qilinishi lozim. Bu muammo ijobiy hal etilmaguncha ijtimoiy infratuzilma ham rivojlanmaydi. Albatta, aholining xarid qobiliyatini oshirish ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangidan – yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish kabi iqtisodiy ahamiyati katta faloiyatlar asosida olib borlishi kerakligini unitmaslik lozim. Malakatda iqtisodiyotning yuksalishi darajasini hisodga olgan holda aholining xarid qobiliyatini o`stirish talab qilinadi. Aks holda inflyatsiyadarajasi keskin oshishi va juda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 86,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish