Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy


MILLIY ROMANLARDA “SEVGI UCHBURCHAGI”NING PAYDO BO’LISH OMILLARI



Download 0,62 Mb.
bet5/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

1.2 MILLIY ROMANLARDA “SEVGI UCHBURCHAGI”NING PAYDO BO’LISH OMILLARI


XX asr boshlarida o’zbek romanchiligiga asos solindi. Abdulla Qodiriy yaratgan romanlar o’zbek romanlarining tarixiy tadriji uchun zamin tayyorladi. Milliy romanchiligimizning tamal toshini qo’ygan Abdulla Qodiriy asarlari aksariyat tarixiy mavzularda bo’lib, voqealar garchi o’tmishda kechsa-da, yozuvchi yashagan davrdagi ijtimoiy masalalar asar markaziga qo’yilgan.
“O’tgan kunlar”da “sevgi uchburchagi”ning qo’llanishi yozuvchining g’oyaviy niyati bilan bog’lanadi. Uning paydo bo’lishi voqealar sur’atini jadallashtirgan, syujetning qiziqarli chiqishini va tasodifiy burilishlarga boyligini ta’minlay olgan. Syujet qismi tugunning paydo bo’lishi ham asarga xuddi ana shu “uchinchi shaxs”ning kirib kelishi bilan boshlanadi. Otabek ota-onasining orzusiga chorasiz ko’nadi, Zaynabga uylanadi: Zaynab – “sevgi uchburchagi”ning murakkab burchagi.
A.Qodiriy tasvirlagan roman voqealaridagi “sevgi uchburchagi”da birgina Zaynab emas, ularning har uchovi ham aziyat chekadi. Quyidagi uchburchak shakli asar qahramonlarining sevgi munosabatlariga mos keladi:
Otabek

Kumush Zaynab
Ma’lumki, har bir muammoning paydo bo’lish sabablari bo’ladi. “Sevgi uchburchagi” muammo bo’lgach, mazkur asarda uning paydo bo’lish sababi otaonaning orzusi, urf-odatlarning oqibatidir.
Ta’kidlash o’rinliki, Otabek va Kumush o’z muhabbatlaridan baxtli edilar. Garchi Otabek o’z ota-onasini xabardor qilmay, Marg’ilonda uylangan, buni otaona to’ydan keyin bilgan bo’lsa-da, ularning baxti to’kis edi. Biroq bu baxtli onlar uzoqqa cho’zilmay ig’vo va tuhmatlar oqibatida kuyov va qaynota hibsga olinadilar.
Yozuvchi asar boshidanoq qahramonlarining taqdiri fojeali tugashiga ishora qilayotganday bo’ladi. Asar muqaddimasidagi “qishqi kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir” tasvirlar kitobxonni mubham o’ylarga chulg’aydi. Abdulla Qodiriy romanning ko’p o’rinlarida kontrast usulini qo’llaydi. Kumushning say’-harakati bilan (ya’ni Yusufbek hojining Otabekka yozgan maktubini qushbegiga keltirib berishi) tuhmat va balolardan qutqarib olingan Otabek va Mirzakarim qutidor xonadonida yana baxtiyorlik hukm surgandek bo’ladi. Ammo Otabek Toshkentga ota-onasining huzuriga borganda ma’lum bo’ladiki, o’g’ilni boshqa bir qizga unashtirib qo’yganlar. Yozuvchining izohicha, Otabek ota-ona orzusiga “jonsiz xaykal” bo’lib javob beradi, olinadigan kelinning o’zidan yaxshi munosabat kutmasligini aytadi. Otabek qanchalik o’z taqdiridan qochmasin barcha voqealar uning ixtiyoriga qarshi ro’y beradi.
Naim Karimov: “Otabek islomiy tarbiya olgani uchun ota-onasini hurmat qiladi. Hatto u Kumushni sevib uylangani holda “ota-ona orzusi”ga bo’ysunib, Zaynab bilan turmush quradi. ...Uning xatti-harakatini idora etuvchi axloq normalari shunga majbur etadi. Biz bu o’rinda Otabekni tanqid qilishimiz o’rinsiz. Otabekning aksar hollardagi sustkashligi, faoliyatsizligi ham u olgan islomiy tarbiya bilan bog’liq”15, deb yozgan edi.
Zaynabga uylanish ixtiyorining ota-onasiga qo’yib berilishi Otabekning ular oldidagi gunohkorligi sabablidir, desak ham bo’ladi. CHunki Kumushga ularning xayrixohligisiz, duo, fotihalarisiz uylangan edi.

Romanda “sevgi uchburchagi”ning uchinchi burchagida Zaynab paydo bo’lgach, qahramonlar o’rtasidagi konflikt yuzaga keladi. “Adabiyotshunoslik lug’ati”da aytilishicha, “Otabek muhit bilan konfliktda (ota-onasi uni ikkinchi bor uylantirishga jazm qilganda qarshi turgani mohiyatan qahramon-muhit konflikti, faqat bu narsa ota-ona bilan munosabat orqali ifodalanadi) yon berdi: “bir bechorag’a ko’ra bila turib jabr ham xiyonat...” bo’layotganini, Zaynab “qarshisida bir jonsiz haykal” bo’lishini bilaturib, uylanishga rozilik berdi”1.
Romandagi konflikt syujetni rivojlantiradi, voqealarning shiddatini belgilaydi, dramatizmni kuchaytiradi. “Sevgi uchburchagi”ni tashkil qiluvchi uchinchi shaxs Zaynab Kumushning Toshkentga kelayotgani xabaridan sarosimaga tushadi va o’zining insoniy tuyg’ulari, orzulari haqida Otabekka so’zlaydi. Otabek
Zaynabga o’zining bee’tiborligiga yolg’on sabab ko’rsatgan edi. Kumushning Toshkentga birinchi bor kelishidayoq Zaynab bilan to’qnashuvi ro’y beradi:
“So’rashish tamom bo’lg’andan keyin o’lturushdilar. Otabek onasining yonig’a, Zaynab uning yonig’a o’lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig’iga g’ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko’z yubordi”16.
“Sevgi uchburchagi” ziddiyatli munosabatlar asosida paydo bo’ladi. Kumush va Zaynab kundosh bo’lsa-da, odob saqlagan holda o’zlarini tutadilar. Lekin Kumushning rashk o’tida qovrilishi Otabek bilan uning ikkinchi bor uylanishi haqidagi suhbatdayoq bilinadi. Kumush o’z xatida ham erining uyi haqida “o’rinlashib olay, u yog’ini o’zim bilaman” degan gaplarida ham Otabek bilan munosabatlarining mustahkamliligiga ishonchi hamda uning faqat o’ziga tegishli ekaniga ishorani sezish mumkin. Zaynabni Otabek yonida o’tirishiga
Kumushning norizo bo’lishi, “bu qilig’iga g’ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko’z yuborishi” tabiiy. CHunki ularning sof, ilk muhabbatlarining raqibi, uchinchi, ortiqcha odam, “qorabotir” Zaynabdir. Ikkala kundoshning o’zaro zimdan va ochiqchasiga olishuvlarida kim kimning ustidan baland kelishini ko’rsatishga urinish borligini sezish mumkin. Kumushning Toshkentga kelishi Zaynabning

1 Қуронов Д., ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. – 145-б.
dilidagi alamlarini orttirib yuboradi. Yozuvchi Kumushni “Zaynabning hasadini qo’zg’atmas uchun Otabek bilan muomalada qilgan ehtiyotlari zarracha foyda bermaganiga hayron, endi qaysi yo’sinda murosani sozlash yo’llarini o’ylar edi”, deydi. Biroq Zaynabning keskinlashgan munosabatlarining natijasida Kumushning bu uyda qolaolmasligi, agar ketsa Otabekni Zaynab “qo’liga topshirib qo’yish” og’ir edi. Yozuvchining “Kumushda ham bir qizg’anchiqlik hissi uyg’ongan”, deb ta’kidlashi bejiz emas. Kumush zalvorli o’ylar og’ushida ekan, Otabek va Zaynab munosabatlarini ko’z oldiga keltiradi: “qaysidir kuni Otabekning Zaynabga boshqacharoq qilib kulib qaragani va Zaynabning shu vaqtdagi oydek jozibalik to’la yuzi ko’ringandek bo’ldi... Bu ko’rinishdan so’ng ul sakrab o’rnidan turdi-da, tokchadag’i oynani oldi va o’ziga qaradi...”
SHundan so’ng Kumush o’zi bilan o’zi olisha boshlaydi. Oyna oldida o’zining ko’rinishidan ko’ngli to’lmasligi va Zaynabga “chinlab hasadlangani”, xona ichida bir necha marta o’tirib turishi uning ruhiy holatidagi bezovtalikni ko’rsatadi. Garchi Kumush Zaynab bilan “murosani sozlash” fikrida bo’lgan bo’lsa-da, “qizg’anchiqlik hissi” uni tinch qo’ymay, Zaynabning uyiga kiradi. Ikkala kundoshning savol javoblari asardagi kolliziyalarning eng kuchlisidir. Kumush jo’rttaga “uch-to’rt kunga kelganman” degan gapiga Zaynabning ichichidan quvonganini ko’rib “endi o’lsam ham ketmay, sen qarab tur!” degan ahdini qat’iylashtiradi. Zaynabning Otabek haqidagi “men sensiz turolmayman!”dedi deb Kumushga yolg’on gapirishi hamda Otabekning Zaynab uyida yotishi –
Zaynabning “tasodifiy muvaffaqiyati” Kumushning rashkini alangalatadi: eriga “quvlanishga kim sazovor?” degan savolni ko’ndalang qo’yadi.
Otabek

Professor D.Quronov Otabek haqida: “Zaynabning o’ziga nisbatan muhabbatini bilgach, Otabek aybini chuqur his qildi, shu bois ham Kumushning qat’iy talablariga qaramasdan, uning javobini berishga jur’at qilolmadi, natijada o’zi istamagani holda fojiaga yo’l ochib berdi. Ko’rinadiki, qahramon ruhiyatidagi ziddiyatlar uning muhit va shu muhitdagi kishilar bilan ziddiyati asosida yuzaga keladi, ayni paytda, ularga faol ta’sir ham qiladi – syujetning u yoki bu tarzda rivojlanishini belgilaydi”17, degan edi. Darhaqiqat, Otabek Zaynabni o’z-o’zicha haydab yuborolmaydi. Uning zimmasidagi “majburiyat”lar, ya’ni birinchisi, “otaonaning hurmatlari ko’ndalang”ligi, ikkinchisi “eng kuchligi va nozigi” Zaynabning Otabekka dilini ochganidir. Otabekni tarbiyalagan muhit xotin kishiga rahm-shafqatli, adolatli bo’lishga undaydi.
Kumushning “manim yuragim ikki narsani o’z ichiga sig’dira olmaydir”, so’zlari “bir yurakka ikki muhabbat sig’maydi” degan fikrga teng edi va buning ortida Otabekka qaratilgan savol alomati bor edi. Otabekning faqat Kumushnigina deyishi barchaga ma’lum edi, Zaynabning ortiqcha bo’lib qolgani ham seziladi. Yusufbek hojining O’zbek oyimga “Zaynab ham bor, o’z kelining Zaynab” deb bot-bot eslatilishi fikrimiz dalilidir.
“Sevgi uchburchagi”da uchinchi kishining chetga chiqarilishi bilan muammo hal qilinadi. Kumushning kurashuvi ham ana shu maqsadda. U onasi bilan xayrlashganda “agar Zaynab menga kundashlik qilabersa, kuyavingiz uning javobini bermakchi” deb umidlanadi. Onasi Kumushga “sen chin kundosh bo’lolmaysan, chunki ering sen tarafda, chin kundoshlik Zaynabda” degan uqtirishi ham uni Marg’ilonga ketishga majbur qilolmaydi, u o’z so’zida turib oladi. Kundoshlik muammolari shu qadar chigalki, uni yozuvchi “kundoshlik uyda kunda janjal” degan maqol bilan ta’riflaydi hamda bu mavzu uni zeriktirganligi sabab “O’tkan kunlar”dagi mazkur faslni tashlab ketganligi bilan izohlaydi. Zaynabning Kumush bilan raqobatlari opasi Xushro’ybibi uyidagi suhbatdan ham anglashiladi.
Qahramonlar ruhiy holatini yozuvchi tashqi portret orqali ham beradi. Zaynab

dastlab to’ladan kelgan deb tasvirlangan bo’lsa, Kumush paydo bo’lgandan so’ng u “uch-to’rt oyning ichida kishi tanimasliq holga tushkan edi”. “Ichimdagini top” xilidan bo’lgan Zaynabning ko’zini opasi Xushro’ybibi ochgan, kundoshini yo’q qilishga turtki bergan edi. Ikki kundoshning mojarolari Kumushning onasiga yozgan xatida ham beriladi. Onasi ogohlantirgan “chin kundoshlik” to’nini kiyganini” Kumush aytib o’tadi. Bundan tashqari ularning “orasi juda buzilgan”, agar ikkalasiga qo’yib bersa “bir-birlarini yeb-ichib” yuborishga tayyor. Ana shu jumlalardan ikkalasining adovatlari qay darajada ekanini anglasa bo’ladi.
Ikkala tomonning munosabat rishtalari behad taranglashadi. “Sevgi uchburchagi”dagi ikki raqibaning harakatlari keskinlashadi. Otabekning har ikkisiga “agar shu holda davom etabersalaring ikavlaringga ham barobar javob berib qutilaman”, degan gapidan Zaynab arazlab onasinikiga ketib qolib, so’ng o’zi qaytib kelib, yuvosh tortib qolgani, Kumushning “jo’rttaga ba’zi gaplarni teskarilikka olib ko’rishi”ga ham lom-mim demay sukut saqlashi Kumushga yoqmaydi.
Yozuvchi O’tkir Hoshimov adabiyotshunos Umarali Normatov bilan suhbatda roman qahramonlarini “qanchalar yaxshi ko’rsak, Zaynabga o’xshaganlarga shunchalik rahmimiz kelib, ijirg’anamiz. Qiziq, Otabekda ham xuddi shunaqa holat: Kumushni sevadi, Zaynabga rahmi keladi. Ajib mantiqni qarang: muhabbat bilan shafqat degan so’z yonma-yon turadi. SHafqat bilan nafrat degan tushuncha bir-biriga tamoman teskari. Ammo mazkur uchlikda (ta’kid bizniki – A.A.) g’alati hol: Otabekning Zaynabga shafqati qanchalik kuchli bo’lmasin, doim nafrat bilan yonma-yon yuradi...”18, degan edi. Darhaqiqat, inson tabiatida, ruhiyati va ko’nglida kimgadir yo nimagadir ham shafqat, ham nafrat bir vaqtning o’zida bo’lsa bu o’ta murakkab vaziyat, ikkinchi tomon uchun esa haqorat va alamdan boshqa narsa emas. “Senga achinaman” deyish, boshqa bir asar yoki filьmlarda achingan odamiga ijirg’anib qarash uni yerga urish bilan barobar.

Bunda u odamning izzat nafsi og’rinadi, o’zining odamlik sha’ni toptalgandek his qiladi, aziyat chekadi. Yozuvchi O’tkir Hoshimov e’tibor qilgan “uchlik”ning murakkab jihatlari ham ana shundadir. Roman qahramonlarining jonli inson ekanligi va ularning oddiy insonlar kabi ham ijobiy, ham salbiy jihatlari borligini yozuvchi ta’kidlar ekan, quyidagilarni aytib o’tadi: “...boshiga qilich kelganida ham rost so’zlaydigan Otabek ikki xotin oldida azbaroyi murosa uchun ikkiyuzlamachilik qilishga o’rganadi. Kumushdek oqila juvon kundoshini ko’rgandan keyin uchirma gaplar aytib, erining dilini vayron qiladi. Hojidek oqil odam ko’ra-bila turib o’g’lini o’tga tashlaydi: yarim dovdir xotinining so’ziga kirib, Otabekni baxtsiz qiladi, adolat uchun kurasha-kurasha, oxiri uzlatga chekinadi. Qutidordek esli odam o’z qizining qurbon bo’lishiga bir qadar sababchi bo’ladi – qizi Kumushni kundosh huzuriga boshlab keladi...”19
Romanda Otabekning Kumush Toshkentga kelganidan keyin o’zini tobora siqiqiroq bir doiraga kirib borganligini sezar, o’z uyida cho’chib, hurkib yashardi. CHunki asarda keltirilishicha: “Uning o’tkan kunlari, ya’ni Kumushka
Marg’ilonda qiladirg’an muomala va aloqasi Zaynabka qorong’i, shu qorong’iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o’zi tilagancha. Ammo endi o’sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib qarasa, Zaynabka ham shundog’ qilmoqqa, unga qandog’ muomala qilsa, bunga ham shundog’ qilishg’a majbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi...” deb yozuvchi jim qoladi. Quyiroqda esa ikkinchi masalani “Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz”, deydi.
Demak, Otabek yuqorida aytilganidek, “islomiy tarbiya” olib o’sganligi sabab ikkala xotiniga ham birday adolatli bo’lishga harakat qiladi. Biroq har qanday “majburiyat” ham yurakni bo’ysundira olmaydi. SHu bois Zaynab o’zini “uchinchi odam” – “ortiqcha kishi” ekanligini biladi, bundan iztirob chekadi: Otabek uchun kurashadi.O’tkir Hoshimov ta’kidlaganidek: “Ayol kishining rashki yomon. Rashkidan qasdi yomon! Zaynabning asosiy maqsadi Kumushni o’ldirish

emas, Otabekka ega bo’lish (opasi qattollik qilmaganida u bu ishni aslo qilolmasdi)”20.
Aytishlaricha, har qanday jang kimningdir g’alabasi bilan yakunlansa-da, aslida ikkala tomon ham tengdan mag’lubdir. CHunki o’rtadagi adovat, nafrat, yo’q qilish hissi insonparvarlik nuqtai nazaridan turib qaraganda oqlanmaydi, qoralanadi. “O’tgan kunlar” romanidagi “sevgi uchburchagi”ning ziddiyatliligi, voqealarning yakuni ham shuni ko’rsatadiki, har uchala qahramonning – Otabek, Kumush va Zaynablarning taqdiri fojeiy yakunlanadi. Bunday xotimaning berilishi Abdulla Qodiriy romanining bosh g’oyasini ko’rsatadi: adolatsiz zamonda, o’zo’zini qirg’in qilib yashayotgan xalq hayotida chirkin urf-odatlar(kundoshlik) bilan yashayotgan oilalar baxtga erisholmaydi. Zero, jamiyat, davlat oilalarning majmuidan, shakllanishidan tashkil topadi.
XX asr o’zbek romanchiligining dastlabki namunalarida “sevgi uchburchagi”ning paydo bo’lish sabablari urf-odatlar, xususan kundoshlik masalasi ekanligini ko’ramiz. Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanida ham aynan shu masala namoyon bo’ladi. Bosh qahramon Zebini otasining xohishi bilan Akbarali mingboshiga erga beradilar.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish