Mundarij a


I. БОБ.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHINING ILMIY ASOSLARI



Download 87,2 Kb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi87,2 Kb.
#228748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
xurshidaga

I. БОБ.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHINING ILMIY ASOSLARI.

1.1. BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI.

Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim o‘rin tutadi.Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta'Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda yerta paydo bo’ladi.Bolaning ilk bor aytgan birinchi so’zi kommunikativ vazifani bajaradi.Keyinchalik yesa bu so’z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish yehtiyoji o’sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi.Ikki yoshdan boshlab bola o’z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o’ziga qarata aytilgan ‘nutqni, so’zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so’zlar va so’z shakllarini o’zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.SHuni ta’kidlab o’tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz.Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir. SHuning uchun ham fikrning realligi tilda nanioyon bo’ladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq—hulqni, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo’ladi. Demak, kishilar til yordamida o’zlaridan ilgari yasliagan kishilarning hayotini, bolib o’tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. SHu bilan birga, o’zlari yashayotgan davrda bo’layotgan voqea va hodisalarni, yangiliklarni o’rganib, bilib oladilar.



Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir. Inson til orqali: o’z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berislida yeng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o’rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o’rgatishdir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta.Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bolmaydi.CHunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat yesa aloqasiz rivojlanmaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari, tarbiyachilarining axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshkqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so‘zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o’rin egallaydi. “Biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi”-, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan beri mavjud. U o’rta asrlardagi G’arb va SHarq mutafakkirlarining asarlarida ko’rib chiqilgan. O’sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga bekiyos hissa qo’shdilar. O’tgan davrlarda mehnatkashlaring o’z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maksadida qo’lga qo’yish borasidagi tajribalarini nafakat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o’rganish lozimO’zbek adabiy tili o’zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og’zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O’zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko’ra ikki adabiy tilga ajratish

1 Sh.Mirziyoyev.Maktabgacha ta’lim ertangi kunimizga zamint, .0‘zbekiston".2017.10.20.



mumkin: eski o’zbek adabiy tili va hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Eski o’zbek adabiy tili o’zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi demokrat slioirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o’zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o’rganish utslum manba bo’lishi biIan birga, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili uchun ham asos bo’lgan. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili yeski o’zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o’zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o’z oldiga qo’ygan.Bu maqsad esa bolalaiga ona tilini o’rgatish jarayonida amalga oshiriladi.Bog’chada og’zaqi nutqni o’stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o’sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo’lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to’g’ri gapirishga (so’zlashishga) o’rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, kiyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo’ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to’liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Bolalar kundalik hayotdagi faoliyatlarida nutqdan mustaqil ravishda foydalanadilar.Ammo ularni kattalar nazoratisiz qoldirilsa, nutqida ba’zi nuqsonlar mustahkamlanib qoladi.Shuningdek, yaxshi tashkil etilmagan mashg'ulot, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat ham bola nutqiga salbiy ta'sir etadi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga aҳloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning sўz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Ta'limning asosiy shakli mashg'ulotdir. Nutq o'stirish mashg'ulotlarida bola o'z nutqini tarbiyachining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o'quv materialini bajarishga, ya'ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko'rishga, suhbatlashishga, didaktik o'yinlarda ishtirok etishga, birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o'rganadi. Bolalar mashg'ulotda yangi bilimlar (voqea va hodisalar o’rtasidagi bog'lanishlarga taalluqli so'zlar, nutqning grammatik shakllari) bilan tanishadilar, tarbiyachining nutqiy ko’rsatmasi orqali o'quv ishlarini bajarishga, o‘z ishtariga baho berishga o‘rganadilar. Mashg'ulotning mazmuni va uni o'tkazish uslubiyoti bolalar nutqini rivojlantirishning maqsad va vazifalariga bog'liq bo'ladi. Tevarak-atrofni idrok qilishga, narsa buyumlarning, o'yinchoqlarning nomlarini bilib olishga va uni tushunishga o'rgatish bolalarning ko'ruv, eshituv a’zolariga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarakatrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Бola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, шуningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur vah.k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Bolaga nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishni o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning sokz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida otaonalari, tengdoshlari, tarbiyachilarining axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Bola nutqining taraqqiyoti ana shu xususiyatlari bilan katta kishilar nutqidan farq qiladi.Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo'lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so'zlar miqdori juda kam bo'ladi, ya'ni uning faol lug'ati juda sekin o'sib boradi.Bu yoshda bola lug'atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o'sishiga bog'liq bo'ladi.Bola o'ziga aytilgan so'zlarni yaxshiroq tushunadigan bo'ladi. Uning sust lug'ati o'sib boradi, o'zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so'zini ko'proq eshitib, eshitgan so'z va jumlalarni o'ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o'z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok etadigan nutq, so'z va gaplarning mumkin qadar boy, rang-barang va to'g'ri bo'lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og'zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo'lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og'zaki-mantiqiy fikning paydo bo'lishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtirmaslikka sabab bo‘ladi.


Download 87,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish