Muhandislik iqtisodiyot instituti gidrotеxnikaga kirish


Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar Jahon gidrotexnikasi tarixidan ma‘lumotlar. Yer yuzining



Download 411,44 Kb.
bet8/39
Sana19.02.2022
Hajmi411,44 Kb.
#457974
TuriСборник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami (2)

Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar Jahon gidrotexnikasi tarixidan ma‘lumotlar. Yer yuzining


katta qismida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham dehqonchilik va ichimlik uchun suv tanqisligi mavjud. Shu sababli insoniyat qadim zamonlardan boshlab suv ta‘minoti masalasida katta kuch va mehnat sarflab kelgan. Arxeologik qazishmalar va tarixiy solnomalarning ma‘lumotlariga ko’ra, eramizdan 5000 yillar ilgari
qadimiy Xitoy, Hindiston, Misr, Markaziy Osiyo hududidagi davlatlarda kanallar va suv omborlari barpo etilgan. Masalan, Xitoyda bundan 2500 yil ilgari qurilgan «Ulug’ kanal»ning uzunligi 1800 km atrofida bo’lgan, qadimiy Rimda bundan 2300 yil ilgari vodoprovod tarmog’i mavjud bo’lgan.
O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham juda qadim zamonlardan beri sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelishgan. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ajdodlarimiz bizning eramizdan 2-ming yillar oldin ham tabiiy suv o’zanlari bo’lgan daryo va soylardan katta-kichik kanallar yordamida suv olib, dehqonchilik qilishgan. Masalan, Xorazm hududida Amudaryodan suv oladigan va yerlarni sug’orish hamda kemalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan ba‘zi qadimiy kanallarning uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etgan.
O’zbek gidrotexnikasi tarixi bo’yicha qisqacha ma‘lumotlar. Qadimgi ajdodlarimiz yer osti suvlaridan samarali foydalanish usullarini ham bilishgan. Buning uchun yer ostidan o’tadigan suv yig’uvchi kanallarni (karizlarni) qurishgan. Suv tegirmoni, suv ko’taruvchi moslama-chig’ir ham ilk bor ajdodlarimiz tomonidan (eramizning boshlarida Kushon davlatida) kashf etilgan.
Amudaryoning quyi etaklaridagi qadimiy kanallarning ba‘zilari hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Bularga Shavat, Polvon, G’azovot va Chumanoy kanallarini misol qilib keltirish mumkin.
Qadimiy kanallar va gidrotexnika inshootlarini Farg’ona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlari hududlarida ham ko’plab uchratish mumkin. Darg’om, Qalqonota, Zandona, Rometon, Shoxrud kanallari Zarafshon vodiysida eramizning I-IV asrlarida qurilgan va bugungacha saqlanib kelgan va hatto foydalaniladigan suv xo’jaligi ob‘ektlariga misol bo’la oladi.
Akademik Ya.G’ulomovning arxeologik tekshirishlari natijasida Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlarida suv omborlarini barpo etish maqsadida tosh va ganchdan qurilgan bir necha to’g’onlar topildi. Forish tumani hududida X-asrda qurilgan Xon to’g’oni, Kattaqo’rg’on tumanida XVI-asrda qurilgan Abdullaxon to’g’oni
shular jumlasiga kiradi. Ushbu to’g’onlarning tuzilishi va konstruktsiyasi ajdodlarimizning gidrotexnika inshootlarini qurish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lganliklarini ko’rsatadi. Samarqand shahri yaqinidagi suv taqsimlovchi ko’prikli inshoot, Termiz shahri yaqinidagi Abdullaxon hukmronligi davrida qurilgan ko’prik- akveduk ham qadimiy inshootlarga misol bo’la oladi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlashda xalqimiz qadimdan hovuzlardan, sardobalardan foydalanib kelishgan. Sardoba usti gumbaz shaklida yopiladigan va yomg’ir suvlarini saqlaydigan inshoot bo’lib, u asosan tabiiy suv o’zanlari mavjud bo’lmagan hududlarda qurilgan. Sardoba devorlari asosan pishiq g’ishtdan qurilgan va ularda suv uzoq vaqt sifatini yo’qotmasdan saqlangan. Qashqadaryo viloyatida bugungi kungacha saqlanib kelgan sardobalar mavjud.
Gidrotexnika qurilishining ravnaqi tarixiy davrlarning siyosati va mamlakatlarning moddiy va ma‘naviy rivojlanish darajasiga ham bog’liq bo’lgan. Bu jihatdan ayniqsa Samoniylar va Temuriylar davrlari alohida ajralib turadi. Shuningdek, Abdullaxon davrida ham ko’plab yirik gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.
Tariximizning so’ngi davrlariga mansub bo’lgan Sho’rolar hokimiyati davrida O’zbekiston asosan paxtachilikka asoslangan xom-ashyo beradigan hududga aylantirildi. Bu davrda yangi yerlarning o’zlashtirilishi munosabati bilan irrigatsiya ishlari keng ko’lamda olib borilgan bo’lsada, lekin ko’p ishlar kelgusini o’ylamasdan bajarildi. Natijada bugungi kunning murakkab ekologik muammolari (Orol dengizining qurib borayotgani, yerlarning meliorativ holatining yomonlashib ketgani va h.k.) kelib chiqdi.



    1. Download 411,44 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish