Benrunarnnap: -SSN°7 signalizatsiya tizimi -X25 umumiy liniyalar -PD PS bilan bog'lanish -GSM A-interfeysini ishlatadigan X25 maxsus liniyalar MNAP- boshqarish nuqtasiga ulanish nuqtasi SP - SSN7 signalizatsiya tizimining tugun nuqtasi
OMC 2
MNAP
Boshqa TMNlarga
BSS BTS
BTS
BTS
| MNAP | MSC
Boshqa TMNlarga
I MNAP pBSC
MNAP
NMC
| MNAP | HLR
| MNAP | EIR
MNAP AUC
MNAP ADC
| MNAP (MSC
f / / | MNAP | VLR
5.2- rasm. GSM TMN interfeyslari
PLMN va TMN tugunlari orasidagi TMN interfeysi
Umumiy holda tarmoqlar operatorlari PLMNda ko‘zda tutilgan SS N 7 signalizatsiya tizimi yoki i CCITT (Moviy kitob) Q.513 [9-12] tavsiyalariga muvofiq maxsuslashtirilgan X.25 tarmoqdan erkin foydalanishi mumkin. X.25 tarmoqlardan foydalanishda almashlash protokollarini o‘zgartirish (X.25 - SS N 7) uchun vositalar zarur bo‘lishi mumkin. BSS va MSC orasidagi tarmoq boshqaruvi jarayonida axborot almashinuvi (5.3- rasmdagi A-interfeys) SS N 7 orqali ta'minlanadi.
rasm. BSS va MSC orasidagi tarmoq boshqaruvi jarayonidagi axborot
almashinuvi
Faylli almashlash vositlariga talablar 2-sinfdagi SCCP va 2-sinfdagi X.224 transport protokolidan yoki 2-sinfdagi SCCP va 0-sinfdagi X.224 transport protokolidan foydalanish bilan ta'minlanadi. Shuningdek, A-interfeysda X.25 bog‘lanishlarning qo‘llanishiga tegishli bo‘lgan GSM maxsus versiyasi ko‘zda tutilgan. BTS va BSC orasidagi interfeys (GSM A-bis interfeys) tarmoq boshqaruvida axborot almashinuvi uchun LAPD protokollarning qo‘llanishiga asoslangan. PLMNning BTSdan tashqari, barcha tugunlari umumiy X.25 interfeys bilan ta'minlangan. Bu 3-darajada TMNga lokal yoki PDN PSga alohida ulanishdan foydalanish bilan masofadan to‘liq ulanishni ta'minlaydi. PLMNda lokal aloqa tarmoqlaridan foydalanishda TMN interfeyslari SERT T/K 02-11 tavsiyalari orqali aniqlanadi [7,9]. GSM aloqa tizimini boshqarish jarayonlarining to‘liq tuzilish sxemasi, aloqa protokollarini tarkibi va ularni uyg‘unlashtirish 5.3- rasmda tasvirlangan. GSM TMN tizimida ishlatiladigan yuqoriroq darajalar protokollari Yuqoriroq darajalarda (3-darajadan yuqori) uyg‘unlashtirish CCITT Q.795 (Moviy kitob) tavsiyalariga asoslangan standart protokollardan foydalanishda yoki 5.3- rasmda tasvirlangandek, umumiy axborot boshqarish va ulanish xizmatlari (CMIS) va faylli almashlashga ulanishni boshqarish (FTAM) uchun ISO standartlarida ko‘zda tutilishi mumkin [9-12]. Lekin birini bosqichda GSM TMN tizimida OMARdan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki bu bog‘lanishlarsiz tarmoq xizmat ko‘rsatishni talab qiladi, bu SS No 7 va X.25 tomonidan ta'minlanmasligi mumkin. Bundan tashqari, PLMNni samarali boshqarish uchun shart bo‘lgan faylli almashlash usullari OMARda to‘liq aniqlanmagan. Nazorat savollari Tarmoq boshqarish tizimlarining vazifalarinimalardan iborat.
GSM tizimida aloqa jarayonlarini boshqarish sxemasini chizing.
Tarmoqni boshqarish tizimlarini qurish tamoyillarini keltiring.
Tarmoqni boshqarish funksiyalarining taqsimlanishini keltiring.
Operasion tizimlar haqida ma‘lumot bering.
Moslashtirish jarayonlari haqida ma'lumot bering.
GSM TNM tizimida ma'lumotlarni uzatish haqida ma'lumot bering.
Tarmoq elementlari haqida ma‘lumot bering.
Tarmoqni boshqarish tizimidagi standart interfeyslarni keltiring.
TMNlar orasidagi interfeyslarni keltiring.
PLMN va TMN tugunlari orasidagi TMN interfeysi haqida ma'lumot bering.
BSS va MSC orasidagi tarmoq boshqaruvi jarayonidagi axborot almashinuvi qanday amalga oshiriladi.
GSM TMN tizimida ishlatiladigan yuqoriroq darajalar protokollari haqida ma'lumot bering.