IMSIning ulanishi (IMSIAttach). MS xalqaro rouming rejimida xizmat ko‘rsatilishini talab qilganda quyidagilar bo‘lib o‘tadi: MS yoqiladi va bitta chastotalar diapazoni (GSM -900) ichida barcha GSM chastotalarini skanerlay boshlaydi. VSSN tashuvchilarni qidirish amalga oshiriladi. MS eng katta signal sathiga ega bo‘lgan VSSN tashuvchisiga sozlanadi va undan tizim ma‘lumotlarini o‘qiydi. Shunday tarzda tarmoq operatorini ajratish bo‘lib o‘tadi.
MS tarmoq identifikatorini SIM xotirasida saqlanadigan ta‘qiqlangan PLMN ro‘yxati bilan taqqoslaydi. Bu ro‘yxat uy operatori rouming kelishuvlariga ega bo‘lmagan barcha tarmoq identifikatorlariga ega bo‘ladi. Agar MS sozlangan tarmoq ta‘qiqlanmagan bo‘lsa, u holda MS ruxsat etilgan tarmoqni qidirishni davom ettiradi.
Agar MS ruxsat etilgan tarmoqni topmasa, lekin ta‘qiqlangan tarmoqni identifikatsiyalagan bo‘lsa, u holda u —Faqat shoshilinch qo‘ng‘iroqlar” xabarini
beradi. Agar MS Agar MS ruxsat etilgan tarmoqni topsa, u holda u unga sozlanadi va IMSIni (IMSIAttach) ro‘yxatga olish haqidagi xabarni jo‘natadi. Bu hol IMSIni normal ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir xil (o‘z tarmog‘ida). Farq abonent HLR boshqa davlatda ekanligidan iborat.
MSga chaqiruv. MS xalqaro roumingda bo‘lganida va unga chaqiruv kelganda protsedura MS o‘z tarmog‘ida bo‘lganidagiga o‘xshash bo‘ladi. Farq faqat ishlatiladigan GMSC va HLR o‘z tarmog‘ida, MSC/VLR esa boshqa davlatning tarmog‘ida bo‘ladi. Dropback protsedurasi. Quyidagi hol dropback protsedurasidan foydalanish afzalligini ko‘rsatadi (2.25- rasm).
rasm. Dropbackdan foydalanishda afzallikni ko‘rsatadigan hol
Bu protseduraga ikkita abonentlar jalb etiladi. Quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz:
Fransiyadan A abonent Fransiyada, uning MS o‘z MSC orqali nazorat qilinadi.
A abonent V abonentga qo‘ng‘iroq qiladi. Chaqiruv Fransiyadan
O‘zbekistonga marshrutlashtiriladi.
O‘zbekiston tarmog‘i V abonent Fransiyada MSC/VLR-Aning ishlash zonasida ekanligini aniqlaydi vachaqiruvni teskari Fransiyaga qayta yo‘naltiradi. Abonentlar Fransiya GSM tarmog‘ida bir-birlariga ulaanadi va so‘zlashuvni olib boradi.
dropback protsedurasidan foydalanilmaganda: so‘zlashuv chaqiruv bo‘lganda O‘zbekiston GMSC orqali bo‘lib o‘tadi.
dropback protsedurasidan foydalanilganda: so‘zlashuv chaqiruv bo‘lganda MSC/VLR-A ichida qayta ulanadi, bu so‘zlashuvning narxiga sezilarli ta‘sir qiladi.
Qisqa xabarlarni uzatish. Qisqa xabarlar (SMS) xizmati mobil stansiyalarga 160 tagacha harf-raqamli simvollarga ega bo‘lgan matnli xabarlarni almashlash uuchun vositalarni taqdim etadi. SMS-C (SMS Senter) qisqa xabarlarni qayta yo‘naltiradigan ombor va markaz hisoblanadi. SMS quyidagi ikkita asosiy xizmatlarni qo‘llaydi:
SMSni mobil qabul qilish: SMS-Cdan MSga;
SMSni mobil uzatish: MSdan SMS-Cga.
Har ikkala hollarda MS IDLE holatida bo‘ladi. Agar MS aktiv rejimda bo‘lsa, u holda qisqa xabarlar SACCh kanali bo‘yicha uzatiladi. Peyjing, bog‘lanishni o‘rnatilishi, autentifikatsiyalash va boshqalar bu holda talab qilinmaydi. MSdan SMS uzatish. SMSni mobil uzatish MSdan qisqa xabarlarni SMS-Cga uzatishni ko‘zda tutadi, SMS-C o‘z navbatida, xabarni yetkazilganligi yoki yetkazilmagaanligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni ta‘minlaydi (2.26- rasm).
MS RACh, AGCh, SDCCh signallar kanallaridan foydalanish bilan normal bog‘lanishni o‘rnatilishidagi kabi tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatadi;
agar autentifikatsiyalash muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, MS SDCCh kanal bo‘yicha SMS-Cga MSC/VLR orqali qisqa xabarni jo‘natadi.SMS-C qisqa xabarni olish manziliga qayta yo‘naltiradi. Bu MS yoki ajartilgan tarmoq terminali, masalan, RS bo‘lishi mumkin.
HLR SMS-GMSCga marshrut haqidagi ma‘lumotlarni qaytaradi.
SMS-GMSC xabarni MSC/VLRga qayta yo‘naltiradi.
MSga chaqiruv signali keladi, nutqli bog‘lanishni o‘rnatilishi kabi tarmoq bilan bog‘lanish o‘rnatiladi,
Agar autentifikatsiyalash muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u holda MSC/VLR SDCCh signallar kanalidan foydalanish bilan MSga qisqa xabarni uzatadi.
Agar uzatish muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u holda MSC/VLR SMS-Cga hisobotni jo‘natadi. Agar uzatish muvaffaqiyatli o‘tmagan bo‘lsa, u holda MSC/VLR HLRni xabardor qiladi va yetkazilmaganlik to‘g‘risidagi hisobot SMS- Cga jo‘natiladi.
Muvaffaqiyatli yetkazish bo‘lmaganda, SMS-C HLR va VLRni xabar MSga jo‘natilishini kutayotganligini xabar qiladi. HLR keyin MS qachon mumkin bo‘lishi haqida SMS-Cni xabardor qiladi. SMS-C xabarlarini qabul qilish turli manbalardan, masalan, teleks, faksimil apparat, Internet tarmog‘idan bo‘lishi mumkin. Nazorat savollari Mobillikni boshqarish protseduralari haqida ma‘lumot bering.