Yana iqtisodiy o‘sish va taklif haqida Yangi klassik nazariya makroiqtisodga
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, lekin o‘zining nazariyalari uchun, Keyns makroiqsodiy
nazariyasidek ko‘p isbot yig‘a olmadilar. Statistik ma’lumotlar javob topish uchun
yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga e’tibor
qaratmay qo‘ydilar va o‘sish iqtisodiyotiga ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Bu
davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990 yillar davomida o‘sib keldi va xech qanday
iqtisodiy siklga duch kelmadi.
Iqtisodiy o‘sish tahlili 1950 yillarda Xarrod-Domar modeliga javoban
shakllantirlgan Solouning o‘sish modelini qayta ko‘rib chiqishdan boshlandi. Bu
modelga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga erishish oson emas, agar omad yuz o‘girsa,
iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi xech gap emas edi. Solou modeli o‘zgarmas
84
Michael Woodford (1991)нинг моделида мисоллар берилган and John Bryant (1983)каби иқтисодчиларнинг ўйин-назарий
моделида келтирилган.
200
kapital/ishchi kuchi nisbati farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu
modelga ko‘ra iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o‘sish darajasiga qaytadi.
Iqtisodiyot nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning iqtisodiy o‘sish
modeli neoklassik iqtsiodiy o‘sish modeli deb ham atalib, butunlay taklifga e’tibor
qaratdi. Ishlab chiqarish xajmini belgilashda talabning ta’siri yo‘q edi. Yangi
klassikchilarga bu yeqar edi va nima uchun davlatlarning o‘sish sur’atlari xar xil
bo‘lishini tushuntirish uchun bu modelni yana rivojlantirdilar.
Makroiqtisodni iqtisodiy o‘sishga o‘rg‘u berishi uning tabiatini ham o‘zgartirib
yubordi. O’sish modellari taklifga asoslangan modellar edi: ularda talabga o‘rin yo‘q
edi. Shunday qilib o‘sish modellari e’tibor qozonib, Keynm modellari e’tibordan
chetda qoldi. Bu o‘sish modellari o‘rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga
kiritilgan sari, makroiqtisodda Keyns nazariyasining roli tushib bordi, uning o‘rniga
zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi va o‘sish
nazariyalariga ko‘proq e’tibor qilina boshlandi. Klassik o‘sish nazariyasi keyinchalik
iqtisodiy o‘sishning endogen nazariyasi bilan to‘ldirildi. Iqtisodiy o‘sishning endogen
nazariyasida texnologik o‘zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen,
ya’ni modeldan kelib chiqadi deb qabul qilinadi. U fan texnika taraqqiyotiga
sarflangan investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy
o‘sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o‘sib borishi me’yoriy
unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va buning natijasi o‘laroq
doimiy iqtisodiy o‘sishni va xech qachon turg‘unlikka tushmaslikni kuzatishimiz
mumkin. Shunday qilib, bu model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizga emas,
yana optimizmga qaytardi.
Iqtisodiy o‘sishga e’tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini chetga surib
qo‘ydi. Keynscha modellar ishlatilar edi, lekin multiplikator va talab siyosatining
ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qaro‘i kurashda monetar siyosat ishlatilar
edi, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan noqulay edi, amalda siyosat taklif tarafiga
beriladigan imtiyozlarga qaratilgan edi.
Ammo Solou iqtisodiy o‘sish modelida ham ayrim muammolar mavjud edi: u
statistik faktlarga to‘liq to‘g‘ri kelmas edi. Modelga ikki o‘zgartirish kiritish orqali bu
muammolarni hal qilish mumkin: bu model muvofiqlashtirildi va o‘rniga
texnologiyaga asoslangan va Smit nazariyasiga borib taqaladigan yangi o‘sish
nazariyasi yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |