14. Joyiga chiqib bank nazoratini amalga oshirishning afzallik va kamchiliklari. Bank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalanish samarali natija berishini inobatga olgan holda, ularga batafsil to‘htalib o‘tamiz.
Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish.
Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir.
Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini joylarga borib tekshirish AQShda keng qo’llaniladi. AQSh bank nazorati departamentida ko’p sonli inspektorlar ishlashadi. Ular joyga chiqib, tijorat banklari hujjatlarini bevosita tekshirib, bank boshqaruviga baho beradilar. Bugungi kunda banklarning soni 11 mingtadan ortiqligini inobatga oladigan bo’lsak, bu teshirish usuli qancha mablag’ va vaqt talab qilishini tasavvur qiling.
Tijorat banklarini joylarga borib tekshirish AQShda keng qo’llaniladi. AQSh bank nazorati departamentida ko’p sonli inspektorlar ishlashadi. Ular joyga chiqib, tijorat banklari hujjatlarini bevosita tekshirib, bank boshqaruviga baho beradilar. Bugungi kunda banklarning soni 11 mingtadan ortiqligini inobatga oladigan bo’lsak, bu teshirish usuli qancha mablag’ va vaqt talab qilishini tasavvur qiling.
Keyingi yillarda AQSh va Evropa bank nazorati amaliyotida uchunchi usuldan foydalanilmoqda.
Joyga chiqib tekshirishda natijalarni solishtirish va ma’lumotlardan xalqaro amaliyotda keng foydalanish maqsadida umumiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
CAMEL komponentlari:
Reyting tizimi bo’yicha KAPITAL nazorat jarayonining birinchi komponenti bo’lib, bunda bank kapitalining etarlilik darajasi, kapitalning ko’paytirish borasida olib borilayotgan faoliyat va dividentlarni to’lash siyosati tahlil qilinadi.
Tijorat banklari AKTIVLARIning SIFATIni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri - aktivlarning daromadliligi ko’rsatkichi hisoblanadi. Aktivlar daromadliligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o’zgarishi hisoblanadi.
Inspektor BOShQARISh QOBILIYaTI punktida bank rahbariyatining tarkibi, bank kengashi va boshqaruvining bank to’loviga qobilligi va ishonchli faoliyat ko’rsatishini ta’minlash borasidagi ish tajribasini baholaydi.
Bank faoliyatining asosiy maqsadi DAROMAD olishdir. Inspektorlar daromad va xarajatlarni tekshirish jarayoniga oqilona yondoshishi lozim.Bunda moliyaviy hisobotlarni shu jumladan, balans hisoboti, foyda va zararlar hisoboti, pul mablag’lari oqimi hisobotlarini tekshirilishi talab qilinadi.
Bank tomonidan LIKVIDLIKNI BOShQARISh orqali uni etarli darajada saqlab turish foyda olishga qaratilgan harakat bilan muvozanatlashgan holda amalga oshirilishi darkor, ya’ni ko’proq foyda olish maqsadida aktivlarning samarasiz joylashtirilishi likvidlik holatini yomonlashuviga olib keladi.
Joylarda nazorat o’tkazishning afzalliklari
Joylarda nazorat o’tkazishning afzalliklari shundan iboratki, inspeksiya xodimi nafaqat kamchilikni topadi, balki uni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatib beradi va ayrim xollarda bu jarayonda o’zi ham ishtirok etadi. Nazorat obyekti faoliyati qoniqarsiz deb topilganda MB o’z otalig’iga olgan holda kuzatuvchisin bank faoliyatini joyida doimiy nazorat qilib borilishini ma’qul topadi.
Yuqoridagilar qatorida aktivlarning sifati, tushumlarning o’zgarishi va foydaning sifatiga alohida e’tibor berilishi kerak.
1 “O’zbekistonda budjet tizimi islohoti”. http://www.publicfinance.uz
2Turabov B. “Byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash masalalalari”. Nomzodlik dissertasiyasi, -2007 y
3O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,2013 yil 26 dekabr
4Nuritdinova V., Sharapova M. Moliyaviy nazorat. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2014.
5
6
7
8
9
10
11 Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya: umumnazariy masalalar, o’quv qo’llanma. Toshkent Moliya instituti. – Toshkent, 2008. – 322 bet
122014 yil 15 dekabrda 2634-sonli “ Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’I oluvchilarning xarajatlar smetasi vashtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida NIZOMni tasdiqlash haqida” O’z. Res.Moliya vazirligining buyrug’i