Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy asoslari.
Javob:
Moliyaviy nazorat nazariyasi, uning mazmuni, o’rni va tashkil etilishini ishlab chiqish bilan ko’plab olimlar shug’ullangan bo’lib, shuning uchun bozor munosabatlarining yangi tizimiga o’tish va yangi moliyaviy tizimni shakllantirish chog’ida barcha turli-tuman fikrlarni, jumladan MDH davlatlari va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar olimlarining moliyaviy nazorat ta’riflarining qiyosiy tahlili quydagilardan iborat.
N.S.Maleinning fikricha: Moliyaviy nazorat - moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga o’aratilgan va pul harajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun normalari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.
E.A.Voznesenskiyning fikricha: Moliyaviy nazorat - davlat va jamoat organlarining; kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda rejali mutanosiblikka rioya qilish maqsadlarida markazlashtirilgan va mahalliy pul jamg’armalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish jarayonlarining asosli ekanligini tekshirishdan iborat faoliyatdir.
N.S.Malein fikricha: Moliyaviy nazorat - moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga o’aratilgan va pul harajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun normalari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.
Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |