Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos



Download 29,55 Kb.
bet9/11
Sana16.03.2022
Hajmi29,55 Kb.
#493292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu

Xususiy kapital
50. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi.
Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
51. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir.
Rezervlar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha himoya qilishni ta’minlash uchun rezevlarni tashkil etish zarur. Rezervlarni shakllanishi va miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Rezervlarni tashkil etish qonunchilik hujjatlarida yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavida (soliq qonunchilik hujjatlarini buzmagan holda) nazarda tutiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Daromadlar
53. Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarini o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni realizatsiyasidan, shuningdek mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga kelib chiqib renta ko‘rinishida olinishi mumkin.
54. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi va konseptual asosning alohida tarkibiy elementi deb hisoblanmaydi.
55. Asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlarga misol bo‘lib birjada aylanadigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinsa, alohida ko‘rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) — soliq qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Xarajatlar
57. Xarajatlar atamasi mulkni boshqarish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilishi shaklida bo‘ladi.
58. Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida elementi sifatida qaralmaydi.
59. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida ko‘rsatiladi.

Download 29,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish