Moliya fanidan nazorat ishi mavzu: aqsh moliya tizimi



Download 251,4 Kb.
bet3/4
Sana21.07.2022
Hajmi251,4 Kb.
#833683
1   2   3   4
Bog'liq
AQSH MOLIYA TIZIMI

AQSH moliya tizimini fond birjalari va fond bozorlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Davlat va xususiy sektor qimmatbaho qog`ozlari aynan shu yerda savdo qilinadi. Fond birjalari haqida dastlabki qonun 1934-yilda qabul qilingan hamda bu bo`yicha Komissiya tuzilgan va unga 1936-1938-yillarda (Meloni akti) bir qancha o`zgartirishlar kiritilgan. Keyinchalik, 1970-yillarda esa ushbu sohada islohotlar o`tkazila boshlandi, natijada qimmatbaho qo`g`ozlarning yagona milliy bozori tashkil etildi. Davlat organlari, jumladan moliya vazirligi, veksellar, o`rta va uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish orqali fond bozorlariga ta`sir o`tkazadi, chunki ular boshqa korporatsiyalarga nisbatan raqobatga chidamliroq hisoblanadi (odatda davlat obligatsiyalari riski deyarli nolga teng). Moliyaviy operatsiyalar markazi Nyu-York shahrida joylashgan Nyu-York fond birjasi (NYSE) hisoblanadi, AQSH qimmatbaho qog`ozlar birjasi (ASE) ham Nyu-Yorkda joylashgan. Hajmi jihatidan ikkinchi o`rinda savdo zaliga ega bo`lmagan NASDAQ elektron fond birjasi turadi. Bulardan tashqari AQSH da 8 ta regional fond birjalari faoliyat yuritmoqda: Chikago, Filodelfiya, Tinch okeani birjasi, Kaliforniya, Boston va boshqalar. Moliya tizimi, fond birjalari va bozorlari faoliyatini boshqarish maqsadida bir qancha nazorat organlari (7 ta asosiy organ mavjud, ulardan 4 tasi federal) tashkil qilingan: Fond Dillerlari Milliy Assotsiatsiyasi, Qimmatbaho qog`oz egalari himoyasi bo`yicha korporatsiya, Munisipial qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha Kengash shular jumlasidandir.

AQSH va uning xalqaro moliya munosabatlardagi o’rni. 2008-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishida AQSH moliya tizimining hissasi ancha yuqori ekanligini aytib o`tish joizdir. Chunki 1933-yilda qabul qilingan Glas-Stigl aktiga ko`ra, AQSH banklari investitsion va tijorat banklariga ajratilgan edi. 1999-yilda bu aktning bekor qilinishi (amalda bu jarayon 80-yillardan boshlangan) yuqoridagi banklar faoliyatini aralashtirib yubordi: Uol-strit (Wall-Street) investitsion banklari tijorat banklari depozitlarini investitsiya qila boshladi. Natijada deyarli hamma mablag` muomalaga jalb qilindi. Ipoteka kreditlarida boshlangan inqiroz banklar depozitida mavjud pulning juda kamligi uchun tezda tarqalib, nafaqat AQSH, balki butun jahon iqtisodining katta yo`qotishlariga sabab bo`ldi. Moliya tizmini tahlil qilish mobaynida, mamlakat valyutasi tizimini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakat valyuta tizimi ahamiyati nafaqat AQSH ning o`zida, balki xalqaro maydonda ham beqiyos. Chunki AQSH valyutasi dollarning butun jahon savdo aloqalarida keng qo`llanilishi mamlakatning xalqaro munosabatlarda, xususan xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi o`rnini nihoyatda katta darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda ko`pgina davlatlarning valyuta rezervalaridagi asosiy ulushni AQSH dollari tashkil qilmoqda. Birgina Xitoyning rezervlarida 2.9 trln. $ miqdoridagi mablag` mavjud.


Download 251,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish