Sxemada kuchlanish manbayi va g‘altaklardan iborat induktivlik konturlari bo‘lmasligi kerak .
Tok manbalari ketma- ket ulanmasligi kerak .
Qisqa tutashgan g’altaklar bo‘lmasligi kerak .
Kuchlanish manbayi transfarmator va induktiv g’altakga ketma- ket ulangan qarshilik orqali ulanishi kerak . Tok manbayiga ulangan kondensatorga resistor albatta parallel ulanishi kerak .
Misol uchun umumiy emitter (UE) sxemasi bo‘yicha ulangan biqutbli tranzistorda yig’ilgan kuchaytirgich kaskadini ko‘rib chiqamiz . Chiqish va kirish kuchlanishlarini vaqtga bog‘liq , uzatish xarakteristikasi , amplituda- chastotali va faza- chastotali xarakteristika grafiklari quriladi .
Multisim muhitida tatqiq qiladigan sxemani yig’amiz . Izoh:
Sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosilishi elementni parametrlarini o‘rganish imkonini beradi .
ishlash vahtida qulaylik uchun simlarni rangini o‘zgartirishimiz mumkin (sichqonchani o‘ng tugmasi bilan paydo bo‘lgan Change color menyudan simni ajratamiz ) (53- rasm).
53- rasm. Sxemaning ishchi oynada ko’rinishi.
Sxemani ishga tushiramiz ostsillograf avtomatik kirish va chiqish kuchlanishlarini vaqtga bog‘liqlik grafigini chizadi (ularni ko‘rish uchun ostsillografda sichqonchani chap tugmasini bosish yetarli ) (54- rasm).
Oscillocope –XCS1 faol darchasida masshtabni kattalashtirish va kamaytirish , ordinata va absissa o‘qi bo‘ylab grafiklarni surish mumkin , kursor yordamida grafikning har bir nuqtasida parametrlarni ko’rish mumkin (bu yerda
–kuchlanish qiymatlari), Save tugmasi yordamida matnli faylda jadvaj ko’rinishida ossilografdagi ma’lumotlarni saqlash mumkin .
Analysis rejimi yordamida analog grafiklarini qurish .
Plotter tugmasi yordamida kursorlarni va ma’lumotlarni har qanday nuqtadagi kuchlanish qiymatlarni aks ettirish va ko‘rish mumkin, tahlil vaqtida qulaylik uchun grafiklar turli ranglarda aks ettiriladi .
rasm. Ostsillografda avtomatik kirish va chiqish kuchlanishlarining vaqtga bog‘liqlik grafigi
Output qo‘yilishida Transient Analysis darchasidan taxlil uchun kerakli bo‘lgan kattaliklarni tanlaymiz, analysis Transient qo’yilishidan tahlilni boshlanish va tugallanish vaqtini o‘rnatish mumkin ( shunday harakatlar analizni barcha turlarida ham qilinadi (55- rasm).
rasm. Transient Analysis darchasi
DS-Sween Analisis yordamida uzatish xarakteristikasini quramiz ( chiqish kuchlanishini kirish kuchlanishiga bog‘liqligini ) plotterda (Grapher View) grafik bilan ish oldingilariga o‘xshash bajariladi (56- rasm).