Yetti segmentli deshifrator. Ko‘pchilik yetti segmentli displeylar yetti segmentli deshifratorlar tomonidan boshqariladi, ular ikkilik – kodlangan yarim baytni mos keluvchi yetti segmentli kodga aylantiradi. O‘ndan o‘n beshgacha bo‘lgan sonlar uchun o‘n oltilik ko‘rinishdagi A dan F gacha xarflardan foydalaniladi.
LabVIEW muhitida yetti segmentli deshifratorni yaratish uchun ko‘plab variantlar mavjud. Uning ishlashi uchun chinlik jadvalini tuzish mumkin, unga ko‘ra tayanch mantiqiy elementlaridan foydalanib sxemani yig’ish mumkin. Ammo “Variant” strukturasidan foydalanish ancha oson. Yetti segmentli deshifratorni yaratishning variantlaridan biri 169- rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |