Generator. Generator oldi panelining tasviri 23- rasmda berilgan. Generatorni boshqarish quyidagi organlar bilan amalga oshiriladi:
chiqish signali shakli (sinusoidal, uchburchakli va to‘rtburchakli);
frequency – chiqish signali chastotasini o‘rnatish;
duty cycle – to‘ldirish koeffitsienti qiymatini % larda o‘rnatish. Impuls signallari uchun bu qiymat impuls uzunligini qaytarilish davriga nisbati bilan, uchburchak signallar uchun oldingi va keyingi frontlar uzunliklari nisbati bilan o‘lchanadi.
amplitude – chiqish signali amplitudasini o‘rnatish ;
offset – chiqish signali siljishini (doimiy tashkil etuvchisini) o‘rnatish;
chiqish qisqichlari. COM klemmasini (umumiy) yerga ulaganimizda «–» i «+» klemmalarida parafazali signal olamiz.
rasm. Generatorning old paneli
Do'stlaringiz bilan baham: |