Министерство высшего и среднего специального образования СНГ



Download 6,22 Mb.
bet18/157
Sana03.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#312962
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157
Bog'liq
КИТОБ ЭКМ 12-10-2020 264-betgacha OX VAR

Qaynoq klavishlar





Ctrl+N

Yangi fayl yaratish

Ctrl+O

Faylni ochish

Ctrl+S

Kundalik faylni saqlash

Ctrl+P

Grafiklarni yozish/kundalik fayl

Ctrl+Z

Harakatlarni yo‘qotish

Ctrl+X

Qirqib tashlash

Ctrl+C

Nusxa ko‘chirish

Ctrl+V

Joyga qo‘yish

Ctrl+D

Circuit Description Box ochadi

Ctrl+F

Qidirish

Delete

Ajratilgan guruhni yo‘qotish

Ctrl+W

Qurilmani tanlash

Ctrl+J

Qismni qo‘yish

Ctrl+Q

Simni qo‘shish

Ctrl+I

Konnektorni qo‘yish

Ctrl+B

Kichik sxemani qo‘yish




Ctrl+T

Tekstni qo‘yish

F5

Sxemani ishga tushirish

F6

Pauza

Alt+Y

Vertikal bo‘ylab oynada aks etish

Alt+X

Gorizantal bo‘ylab oynada aks etish

Ctrl+R

90 gradus o‘nga burilish

Ctrl+Shift+R

90 gradus chapga burilish

Kursor klavishlari

Ajratilgan qurilmalarni chapga, o‘nga, yuqoriga , pastga ko‘chiradi




    1. Multisim muhiti

Multisim belgisi bosilgandan keyin dasturning bosh oynasi namoyish bo‘ladi. Uning yuqori qismida buyruqlar menyusi oynasi mavjud (35- rasm).

35- rasm. Multisim dasturning bosh oynasi



Menyudan File tugmasi bosilsa, dastur ichidagi fayllar papkalari ko‘rinadi. Ishni tipik radioelektronik sxemalardan boshlash mumkin. Masalan, fayllar .msi shaklda bo‘lib, turli xil qurilmalar sxemalarini ko‘rsatadi. Sxemalar ishchi oynasi dastur oynasining markaziy asosiy qismini tashkil etadi. Shu oynada radioelementlar va ulanish simlari yordamida turli elektr

sxemalari yaratiladi va tahrirlanadi. Sxemalarga turli xil o‘lchov asboblarini ulash imkoni bor. Buning uchun menyuning oynasi o‘ng tarafida Instruments ikonkasi tarkibida kerakli o‘lchov asbobini tanlab olish mumkin. Ikonkalar turli xil aktiv va passiv radioelementlar, o‘lchov asboblari, indikatorlarni ham tanlash imkonini beradi. Elementni tanlab olish quyidagicha amalga oshiriladi : ikonkani ikki marta ketma-ket bosilsa, shu ikonka lineykasi paydo bo‘ladi. Keyin elementni tanlab, OK tugmasi bosilsa, element tajriba oynasiga tushadi. Shu elementning ustida sichqoncha ko‘rsatgichi o‘rnatilib, bir marta bosilsa, element qizarib qoladi yoki shtrix bilan belgilanadi. Endi shu elementning parametrlari, kattaliklari tugmachani ikki marta bosib, element menyusi chiqarilgandan keyin tanlanadi. Bu menyuda har bir element uchun uning tipi, o‘lchov birliklari va boshqa parametrlari tanlanadi. Lebel ikonkasida elementning sxemadagi belgilanish tartib raqami, element nomi tanlab olinadi. Oynaning elementlar lineykasida sxema hisobining aktivlashtirish va to‘xtatish (Activate/Stop), hamda vaqtinchalik to‘xtatish ( pauza- Resume) belgisi mavjud. Shu narsani e'tiborga olish kerakki, sxemani uzoq vaqt aktivlashtirilgan holatda ushlab turish kerak emas, chunki uzoq vaqt ichida ma'lumotlarning ko‘p marta tekshirilishi natijasida hisoblarda katta xatolik to‘planib qolishi mumkin, bu esa modellashtirish dasturining avariya holati bilan to‘xtashiga olib keladi.

Multisim dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri- bu kompyuter sichqonchasini intensiv ishlatilishidir. Klaviatura matn terish, sonlarni kirgizish va buyruqlarni tez chaqirishda qo‘llaniladi. Agar maxsus o‘zgartirilmasa, Multisim dasturining ko‘p parametrlari va opsiyalari sukunat rizoligi bilan tipik ( ko‘pincha – ideal) elektron qurilmalarni o‘rganishga o‘rnatilgan.

Multisim dasturi bilan ishlash 3 ta asosiy bosqichga bo‘linadi :


    1. Sxemani yaratish;

    2. O‘lchov asboblarini tanlash va o‘rnatish;

    3. Sxemani aktivlashtirish, ya'ni o‘rganilayotgan qurilmada kechayotgan

jarayonlarni hisoblash va nazorat qilish.

Sxemani yaratishda ko‘pchilik amallar sichqonchaning chap tugmasi bilan bajariladi. O‘ng tugma kontekst menyuni chaqirishda, ya'ni elementlar yoki o‘lchov asboblari xususiyatlarini o‘zgartirishda ishlatiladi.

Ixtiyoriy bir zanjir tuzishda quyidagi amallar bajariladi :

  • kerakli radioelementlar qidiriladi va topiladi;

  • shu elementlarni dastur oynasi ishchi maydoniga o‘rnatiladi;

  • elementlar simlar bilan sxemaga muvofiq ulanadi;

  • elementlar parametrlari va qiymatlari o‘rnatiladi.

Radioelementlarni qidirish va tanlash sichqoncha va ikkinchi belgilar chizg‘ichi bilan bajariladi. Sichqoncha belgisini element ustiga olib borilsa, shu element nima ekanligi kontekst menyuda chiqib keladi, ya'ni element tanlashda xatolik bartaraf etiladi. Ko‘pincha xatoliklar elektr manbalarini tanlashda sodir etiladi ( masalan, tok manbai kuchlanish manbai o‘rniga qo‘yib qo‘yiladi). Sxema tarkibiga albatta korpus ( Ground) elementini kiritish kerak, aks holda sxemaning to‘g‘ri hisobi garantiyalanmaydi.

    1. Download 6,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish