“Milliy an`ana va qadriyatlar” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi - “Insoniyatning ko`p yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe` qilib, bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga ya`ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriaytlari tarixi va ma`naviyatidan judo qilishga urinadi.”
Mavzu: Milliy an`ana va qadriyatlar. - 1. An`ana va qadriyat tushunchasi.
- 2. O`zbekiston mustaqillikka erishgach milliy an`ana va qadriyatlarni tiklanishi.
- 3. Milliy an`ana va qadriyat
- a) milliy hunarmandchilik.
- b) milliy kuy-qo`shiqlar va o`yinlar.
- c) milliy umumxalq bayramlari.
An`ana – Jamiyat hayotining turli sohalari va kishilar o`rtasidagi moddiy va ma`naviy aloqalarni avloddan-avlodga o`tishidir. An`analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an`analar unitilmaydi. An`analar kishilarni boshqarish, uyushtirish, ularni hamjihatligini ta`minlash xususiyatiga ega bo`ladi. Qadriyat – qadr so`zidan kelib chiqqan bo`lib qadrlash degan ma`noni anglatadi. Millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlar milliy an`ana va qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, tili, ma`naviyat va madaniyati bilan bog`liq holda nomoyon bo`ladi Xalq turmush tarzi va ma`naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil etadi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma`naviy tiklanishlar, azaliy qadriyatlarni tiklash deyish mumkin. 1980-yillar o`rtalarida o`zbek xalqi azaldan sevib-ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo`yildi. Ba`zilarinig o`rniga boshqa bayramlar va marosimlar to`qib chiqarildi. Natijada avvallari nishonlanadigan “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Gul sayli” va boshqa xalq bayramlari unutildi. “Navro`z” bayrami avval taqiqlandi so`ngra sun`iy tarzda “Navbahor” bayramiga aylantirildi. Tarixda o`tgan davlat shavkatli arbobi, jahon siyosatinig buyuk namoyondalari bo`lgan Amir Temur, Bobur Mirzo kabi bobolarimiz “bosqinchi”, “qonxo`r”, “Shafqatsiz feodal hukmdor” degan nomlar bilan atalar edi. Bundan tashqari, dunyodagi eng boy tillardan bo`lmish ona tilimiz faqat og`zaki muomala – ko`chaning tili darajasiga tushirilgan edi. Barcha davlat boshqaruvi ishlari, rasmiy hujjatlar yozishmalar o`zga tilda olib borilar edi. Shu bilan birga kishilarning diniy qarashlari, imon-e`tiqodi ta`qib qilinar, dindor odamlar davlat ishlariga ham qabul qilinmas edilar. Muqaddas ziyoratgohlar esa kimyoviy o`g`itlar saqlanadigan omborxona, hattoki ba`zilari molxonalarga aylantirib yuborilgan edi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu kabi aldovlar, qabixlik va zo`ravonliklarga chek qo`yildi. Mustaqilligimizni dastlabki yillaridanoq milliy an`ana va qadriyatlarimiz, bayramlarimiz, tilimiz, dinimiz hamda ulug` ajdodlarimiz xotirasiga bo`lgan yuksak e`tibor xalqimizga qaytarildi. Buni quyidagi misollarda ko`rish mumkin 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi 1994-yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi 1997-yil – Buxoro va Xiva shahrining 2500 yilligi 1998-yil – Axmad Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi 1998-yil – Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi 1999-yil – Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi 1999-yil – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi 2000-yil – Burhoniddin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi 2000-yil – Imom Motrudiy tavalludining 1130 yilligi 2000-yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi 2001-yil – “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi 2002-yil – Termiz shahrining 2500 yilligi 2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi 2003-yil – Abduxoliq G`ijduvoniy tavalludining 900 yilligi 2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi 2006-yil – Xorazm Ma`mun Akademiyasining 1000 yilligi 2007-yil – Marg`ilon shahrining 2000 yilligi 2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yilligi 2009-yil – Toshkent shahrining 2200 yilligi yubileylari nishonlandi. 1-sentabr – Mustaqillik kuni. - 1-sentabr – Mustaqillik kuni.
- 1-oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni.
- 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
- 1-yanvar – Yangi yil bayrami. Eng ko`p sovg`alar olinadigan kun.
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
- 21-mart – Navro`z bayrami.
- 9-may – Xotira va qadrlash kuni.
- Iydi ramazon hayiti
- Iydi qurbon hayitining birinchi kunlari ham bayram sifatida nishonlanadi va dam olish kuni deb e`lon qilinadi.
- Milliy umumxalq bayramlarimiz
- MILLIY HUNARMANDCHILIGIMIZ
- DURDONALARI
- MILLIY, TARIXIY ME`MORIY
- OBIDALARIMIZ
E`tiboringiz uchun rahmat! - Darsimiz to`g`risidagi
- fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |