43
qabul qilishi (eki uzatishi) strelkalar bilan ko’rsatilgan. Agar signallar ham qabul qilinsa,
ham uzatilsa, bunday shinalar birlashmasi ikki yo’nalishli deyiladi.
1-eslatma. SHinali struktura mikro-EHMga to’g’ridan-to’g’ri yangi bloklarni ulash imkonini
beradi. Buning axamiyati juda katta.
2-eslatma. Ma’lumotlar shinasi ikki yo’nalishlidir. Bu hol ma’lumotlar shinasi bilan
DXQ orasidagi birlashmaga taalluqli emasligi taboiydir.
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni
kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv
jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining
kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi
mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar
soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos
razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi
vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi.
Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga
oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:
xotira (siljitmaydigan) registr;
siljituvchi registr.
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir
necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib
ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish
uchun ham qo‘llaniladi.
Mikroprosessorning arxitekturasini uning so‘z razryadi va mikroprosessorning ichki
axborot shinalarini aniqlaydi. Dastlabki mikprotsessorlar 4 razryadli arxitekturaga ega
bo‘lib, PEMPda 8 razryadli mikroprosessor qo‘llangan, hozirda esa arxitekturasi 16, 32,
64, 128 razryadli mikroprosessorlar qo‘llanmoqda. 4 va 8 razryadli mikroprosessorlarda
komandalarni bajarish tartibi ketma-ket bo‘lib, unda bir operatsiya tugagandan so‘ng
undan keyingi operatsiyani bajarish boshlanadi. Ayrim 16 razryadli arxitekturaga ega
mikroprosessorlarda komandalarni bajarish paralel usulda amalga oshiriladi. U bir
vaqtning o‘zida bir operatsiyani bajarish davomida keyingi operatsiyani qayta ishlab
xotirada saqlash xususiyatiga ega.
Tashqi qurilmalar bilan aloqani osonlashtirish uchun tashqi axborot shinasi kichik
razryadli, ichki axborot shinasi va axborot registrlari katta razryadli bo‘ladi. Masalan bir
xil mikroprosessorlar 16 razryadli arxitekturaga ega, lekin 8 razryadli ichki axborot
shinalaridan foydalaniladi. Bular maxsus modifikatsiyaga ega bo‘lgan 16 razryadli
mikroprosessorlarda bo‘lib ular bir xil hisoblash kuvvatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: