133
Pentium II mikroprosessorlari uchun Intel firmasi tomonidan 440 LX AGP (Accelerated
Graphics Port) mikrosxemalari to`plani (chipset) ishlab chiqilgan:
— AL440LX — uy va ofis kompyuterlari uchun universal platalar;
— NX440LX — korporativ SHKlar uchun yuqori integrallashgan platalar;
— DK440LX — ikkita processorli konfiguraciey tizimli platalar.
SOYO Computer Inc firmasi tomonidan Pentium II MP lari uchun Intel 82440FX
mikrosxemasi asosida SY-GKA tizimli platasi taklif qilinadi.
TS430NX tizimli platasining asosiy komponentalari, ularning joylashishi rasmda
ko`rsatilgan.
1. Tovush adapterining intefal sxemasi Yamaha OPLU-ML — tovushni jadvalli sintez
qilishni qo`llovchi tovushli harita Wawe Table.
2. Tovush adapterining integral sxemasi Yamaha OPL3-SA — tovushni raqamli chastota
— modulyaciyalangan sintezni qo`llovchi tovushli kartasi.
3. CD-ROM audio chiqishi.
4. Tashqi tovushli adapterni ulash uchun raz`yom.
5. Telefon liniyasini ulash uchun raz`yom.
6. Stereoadapterning audio integral sxemasi.
7. SHK ning orqa panelidagi kiritish-chiqarish raz`yomlari.
8. COM2 ketma-ket porti.
9. Socket 7 tipidagi mikroprosessor raz`yoni.
10. 2-darajali kеsh-xotira (256 Kbayt).
11. Bosh plataning ta`minot raz`yoni (2 ta alohida manba kuchlanishi — 2,8 va 3,3 V).
12. Kuchlanish rostlagichi.
13. Juftlikka va xatoliklarni to`g`rilashga nazorat qilishni qo`llab quvvatlaydigan, sig`imi
128 Mbayt gacha bo`lgan asosiy xotira SIMM mikrosxemalari uchun raz`yomlar (slotlar).
14. Mikroprosessor shamollatgichini ulash uchun raz`yom.
15. Еgiluvchan disklar diskovodini ulash uchun raz`yom.
16. Mantiqni to`plash uchun nazoratchining Intel 430HX integral sxemasi.
17. Old panelning raz`yomlari.
18. Diskli interfeys IDE birlamchi kanalining raz`yoni.
19. Diskli interfeys IDE ikkilamchi kanalining raz`yoni.
20. SMOS tizimi uchun akkumulyator (shu jumladan haqiqiy vaqt soatlari uchun ham).
21. SHinalar nazoratchisining PCIҒICA IDE integral sxemasi.
22. Konfiguraciyali kashaklar (jamperlar) bloki.
23. Pezoеlekgrik tizimli radiokarnay.
24. Еgiluvchan disklar, ketma-ket va parallel port, haqiqiy vaqt soatlarini (taymerni),
klaviatura nazoratchisini va b. interfeyslarni qo`llab quvvatlaydigan kiritish-chiqarish
nazoratchisining integral sxemasi (USB universal shinasi uchun).
25. Videoxotira — EDO tipidagi (2 Mbayt) grafika xotirasi.
26. Videoharita — qator-qatorli (rastrli) va uch o`lchamli grafikani qo`llovchi grafikli
nazoratchi S3 VIRGE.
27. Kengaytirish shinasining ISA raz`yomlari.
28. Video bilan ishlashning tashqi adapterlari uchun raz`yom.
29. Lokal shina PCI kengaytmasining raz`yomlari.
Do'stlaringiz bilan baham: