Mikrobiologiya



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana18.02.2020
Hajmi1,38 Mb.
#40147
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
umumiy mikrobiologiya

>—omili ham aniqlangan, u kollagenazani parchalaydi. Bu
toksin oshqozonosti bezining to‘qimalariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi.
C. histolyticumning  odam  patologiyasidagi  ahamiyati  to‘liq  aniq-
lanmagan.
Clostridium  sordellii
C.sordellii 1922-yilda  Sordelli tomonidan ajratib olingan va o‘rga-
nilgan.
Morfologiyasi.  C.sordellii  tayoqchasimon  bo‘lib,  3—4x1,1—1,5
mkm  kattalikda.  Harakatchan,  xivchinlari  peretrix  joylashgan.
Ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Gram-
musbat  bo‘lib  bo‘yaladi.
Kultural xossasi. C.sordellii fakultativ anaerob. Zich oziqa muhit
yuzasidan  kulrang-oq,  bo‘rtib  chiqqan  koloniya  hosil  qilib  o‘sadi.
Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi. Òik agarda
donaga o‘xshash koloniya hosil qiladi. Kazeinli va go‘shtli sho‘rvalarda
shilliqqa o‘xshash o‘sadi.

286
Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasiga ko‘ra glukoza, maltoza,
fruktozani parchalaydi, saxaroza va laktozani parchalamaydi. Proteolitik
xossasiga ko‘ra zardobni sekin ivitadi va jelatinani suyultiradi, indol,
vodorod sulfiti, ureaza hosil qiladi.
C. sordellii o‘zidan letsitinaza, gemolizin, fibrinolizinlar ajratadi.
Òoksigenligi. C. sordellii o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli va
aktiv toksin ajratadi: bu toksin C. hovyi α — toksiniga o‘xshashdir.
Chidamliligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz. Sporasi
esa chidamli bo‘lib, tuproqda uzoq vaqt saqlanadi.
Patogenligi. Laboratoriya hayvonlarida gazli gangrenaga o‘xshash
belgilarni yuzaga keltiradi.
Infeksiya  manbai.  Gazli  gangrena  klostridiylari  tashqi  muhitga
hayvonlarning najasi bilan chiqadi (sanitariya-gigiyena sharoiti yomon
bo‘lgan hollarda odam terisida ham aniqlash mumkin).
Òarqalish yo‘li. Jarohatlangan teri orqali tuproq bilan, snaryad
bo‘lakchalari, kiyim bo‘lakchalari orqali organizmga kiradi. Òinchlik
vaqtida operatsiya va inyeksiyadan so‘ng, kasalxonadan tashqari abort
qilinganda va boshqa hollarda tarqaladi.
Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga spora yoki vegetativ shaklda
kirgandan  so‘ng  bo‘linib  ko‘payadi  va  o‘zidan  ekzotoksin  ishlab
chiqaradi.  Bo‘linib  ko‘payganda  klostridiylar  sog‘lom  to‘qimani
shikastlaydi  va  nekrozga  uchratadi.  Ayniqsa,  bu  jarayon  muskul
to‘qimalarida  tez  boradi,  chunki  u  yerda  ko‘p  miqdorda  glikogen
bo‘lib, u anaeroblarning eng sevimli muhiti hisoblanadi. Ko‘pincha
infeksiya  chuqur  jarohatlarda  «ko‘r  cho‘ntaklar»  hosil  bo‘lganda,
ya’ni kislorod bilan yaxshi ta’minlanmagan, klostridiylar rivojlanishiga
qulay sharoit yuzaga kelganda rivojlanadi.
Klostridiylar ko‘pincha C. perfringens va C. novyi bilan qo‘shilib
kasallik keltirib chiqaradi, bunda kasallik og‘ir o‘tadi va og‘ir natijalarga
olib keladi. Anaerob infeksiyasining patogenezida qo‘shimcha flora
(stafilokokk, streptokokk va b.) va mikroorganizmlarning reaktivligi
katta ahamiyatga ega.
Immuniteti. Odamda bu kasallikka qarshi tabiiy immunitet mavjud,
chunki odam ichagida klostridiylar yashaydi. Kasallikdan so‘ng kuchsiz
immunitet yuzaga keladi. Kuchli immunitet organizmga anatoksin
yuborilganidagina yuzaga keladi.
Profilaktikasi. Jarohatlarni yaxshilab tozalash,  vodorod peroksidi
bilan yaxshilab yuvish, jarohatning ifloslangan qismlarini yaxshilab
kesish, asboblarni to‘liq sterilizatsiya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga
rioya qilish lozim.
Maxsus profilaktikasida gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilarining barcha
turini  saqlovchi  adsorbsiyalangan  polianatoksini  qo‘llaniladi.

287
Seroprofilaktika bo‘yicha odam jarohat olganda gazli gangrenaga qarshi
zardob: 10000 ME C.perfringens, C.novyi, C.septicum, ya’ni hammasi
bo‘lib, 30000 MEda yuboriladi. Shuningdek, anaeroblarning fag ara-
lashmasi ham keng qo‘llaniladi.
Davosi. Maxsus davosida har bir turning antitoksik zardobidan
50000 ME, hammasi bo‘lib 150000 ME yuboriladi. Zardob vena ichiga
yuboriladi. Shuningdek, antibiotiklardan penitsillin va sulfanilamid
preparatlari, oksigenoterapiya belgilanadi.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Jarohatdan ajratma.
2. O‘zgargan to‘qima bo‘lakchalari.
3. Jarohatga tushgan yot moddalar.
4. Qon.
Tekshirish  materialini  to‘plash
Jarohatdagi suyuqlik piðetka yordamida olinadi.
O‘zgargan to‘qima bo‘lakchalari steril pinset yordamida olinadi.
Jarohatga tushgan yot moddalar pinset yordamida olinadi. Barcha
material qopqog‘i mahkam yopiladigan steril shisha idishga solinadi.
Qon steril shpris yordamida steril probirkaga olinadi.
Asosiy  tekshirish  usullari
1. Mikroskopik.
2. Bakteriologik.
3. Biologik.
Òekshirishning  birinchi  kuni.  Mikroskopik  usul.  Òekshirish
materialidan surtma preparat tayyorlanadi. Gram va Burri-Giðs usulida
bo‘yab, mikroskop ostida tekshiriladi. Surtma preparatda Grammusbat
tayoqchasimon  bakteriyalar  ko‘rinsa  taxminiy  diagnoz  qo‘yiladi.
Mikroskopik tekshirishda qo‘shimcha aerob floraning borligiga e’tibor
beriladi, chunki u infeksion jarayonni murakkablashtiradi.
Bakteriologik usul. Jarohatdagi suyuqlikdan olib suyuq (go‘shtli
yoki kazeinli, lakmusli sutga) va zich (qonli agar, Vilson-Bler, Villis-
Xobbs va b.) muhitlarga ekiladi. So‘ngra barcha muhitlar anaerostatda
qoldiriladi.
Òekshirishning  ikkinchi-to‘rtinchi  kunlari.  Muhitlarni  termostat-
dan olib ko‘zdan kechiriladi. Vilson-Bler muhitida qora o‘sish, qonli
agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lganda sof kultura ajratib
olinadi  va  morfologiyasi,  harakatchanligi  va  fermentativ  xossasi
o‘rganiladi.

288
Gazli  gangrena  qo‘zg‘atuvchisi  aniqlansa,  qo‘zg‘atuvchi  turini
aniqlash uchun sichqonlarda biologik sinama quyiladi. Buning uchun
5 ta probirkaga tekshirish materialidan 0,9 ml.dan solinadi va har bir
probirkaga 0,6 ml.dan mos antitoksik zardob solinadi. C.perfringens,
C.novyi, C.septicum, C.histolyticum, C.sordellii. 6-probirkaga fiziologik
eritma solinadi, bu nazorat probirkasi hisoblanadi.
Òoksin va anatoksin zardobi qo‘shilgan probirkalar xonada 40 daqiqaga
qoldiriladi, bunda toksin antitoksin ta’sirida neytrallanadi. Har bir
probirkadan  0,5  ml.dan  olib,  bir  juft  sichqonlarning  venasi  ichiga
yuboriladi. Zararlangan hayvonlar kuzatib turiladi.
Zararlangan hayvonlar 5—6 soatdan 3—4 kungacha kasallanib,
nobud bo‘ladi. Gomologik antitoksin zardob yuborilgan sichqonlar
tirik qoladi. Agar biologik sinama natija bermasa, sof kultura bilan
biologik sinama qaytadan o‘tkaziladi.
Gazli gangrena kasalligi tez yuzaga chiqishi sababli qo‘zg‘atuv-
chining turini tezroq aniqlab, taxminiy tashxis qo‘yishni talab qiladi.
Shuning uchun tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanadi,
turga mos zardob bilan immunofluoressiyalanadi va immunofluoressent
usulida o‘rganiladi.
1. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilarning morfologik va kultural xossasi
qanday?
2. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilarining qaysi biri kapsula hosil qiladi?
3. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilaridan qaysi biri biokimyoviy jihatidan
aktiv?
4. Gazli gangrenaga diagnoz qo‘yishda qaysi usullardan foydalaniladi?
5.  Òoksinni qaysi usulda aniqlanadi?
36-bob.
 BOTULIZM QO‘ZG‘ATUVCHISI
Clostridium  botulinum  (lotin.  botus  —  kolbasa)  1896-yili  Van-
Ermengen tomonidan aniqlangan.
Morfologiyasi.  Òayoqchasimon,  4—9x0,6–1  mkm  kattalikda,
uchlari yumaloq. Òayoqchasimonlar polimorf bo‘lib, qisqa va iðsimon
shakllari uchrab turadi. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi.
Spora tayoqchadan katta bo‘lganligi sababli, ularga tennis raketkasi
shaklini berib turadi. Kapsulasi yo‘q. Harakatchan, xivchinlari peretrix
joylashgan. Yosh kulturalar Grammusbat bo‘lib bo‘yaladi.
Kultural xossasi. C. botulinum — jiddiy anaerob. 25—37°C haroratda
pH 7,3—7,6 da kazeinli va go‘shtli muhitlarda yaxshi o‘sadi. Qonli-
?
Nazorat  uchun  savollar

289
glukozali muhitda noto‘g‘ri shaklda iðsimon o‘sadi. Òik agarda paxtaga
o‘xshash, ayrim hollarda donga o‘xshash koloniya hosil qilib o‘sadi.
Qonli agarda shudring tomchisiga o‘xshash, chetlari tekis yoki g‘adir-
budur (R shaklli) koloniya hosil qiladi. Jigarli sho‘rvada loyqalanib,
keyinchalik cho‘kma hosil qiladi va sho‘rva tiniqlashadi.
Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasiga ko‘ra laktoza, glukoza,
maltoza, glitserinni kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga
ko‘ra,  jigar  bo‘lakchalarini  eritadi,  tuxum  oqsilini  parchalaydi,
jelatinni eritadi, sutni peptonlaydi, vodorod sulfati va ammiak hosil
qiladi.
Òoksigenligi. C. botulinum barcha mavjud biologik toksinlardan ham
kuchli bo‘lgan toksin ajratadi (1 mkg botulizm toksinida 100 000 000 oq
sichqonlarni o‘ldiruvchi doza mavjud). Òoksin ikkita komponentdan
tashkil topgan: neyrotoksin va gemagglutinin.
Antigenligi. Neyrotoksinli barcha shtammlar antigenlik xossasiga
ko‘ra, yettita serovarga bo‘linadi: A, B, C, D, E, F va G. Har bir
serovari maxsus immunogenligi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha A, B,
E  serovarlari  kasallik  keltirib  chiqaradi,  kam  hollarda  C,  D,  F
serovarlari  ham  uni  keltirib  chiqarishi  mumkin. G  serovari  kam
o‘rganilgan.
Chidamliligi.  C.botulinumning  vegetativ  shakli  80°C  harorat
ta’sirida  30  daqiqadan  so‘ng  nobud  bo‘ladi.  Sporasi  chidamli.
Qaynatilganda bir necha soat (5 soatgacha) saqlanadi. Go‘shtning
katta  bo‘laklarida,  katta  hajmli  konserva  bankalarida  avtoklavda
sterilizatsiya qilingan hollarda ham saqlanib qoladi, 5 % li fenol ta’sirida
sporalar  bir  kungacha  saqlanadi.  Botulizm  toksini  qaynatilganda,
10 daqiqadan so‘ng parchalanadi. U tik quyosh nuriga, past haroratga
va dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli.
Patogenligi.  Botulizm  qo‘zg‘atuvchisiga  yirik  va  mayda  shoxli
hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan
oq sichqonlar, dengiz cho‘chqachalari, quyonlar, mushuklar sezgirdir.
Infeksiya manbai. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda keng
tarqalgan: hayvon va baliq chiqindilari bilan tuproqqa, suvga va boshqa
yerlarga tushadi. Òuproqda ular hatto bo‘linib ham ko‘payadi. Odam
botulizm  qo‘zg‘atuvchisini  saqlovchi  mahsulotlarni  iste’mol  qilishi
natijasida zararlanadi.
Òarqalish  yo‘li.  Alimentar,  ya’ni  go‘sht,  baliq,  qo‘ziqorin  va
sabzavotlardan tayyorlangan konservalarni iste’mol qilish  natijasida
yuqadi.  Ayniqsa,  uy  sharoitida  tayyorlangan  konservalar  xavfli
hisoblanadi.
Patogenezi. Kirish darvozasi bo‘lib og‘iz shilliq pardasi hisoblanadi.
Botulizm qo‘zg‘atuvchisi bo‘linib ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan

290
neytrotoksin  oshqozon-ichak  sistemasida  ishlab  chiqariladigan
proteolitik  fermentlarga  sezuvchan  emas.  Patologik  jarayon  esa
neytrotoksin ta’sirida yuzaga keladi. Neytrotoksin ichakdan qonga
so‘riladi, butun a’zolarga tarqaladi va markaziy nerv sistemasi, uzun-
choq miya, yurak-qon tomiri sistemasini shikastlaydi. Ko‘rish a’zolari,
nafas olish va yutish funksiyalarida o‘zgarish yuzaga keladi.
Kasallanish  belgilari  12—24  soatdan  so‘ng  namoyon  bo‘ladi.
Zaharlangan kishilarda ko‘z soqqasi muskullarining chala falaji, halqum
falaji kuzatiladi, ovoz chiqmaydi, ko‘z qovoqlari osilib qoladi, ko‘z
g‘ilay bo‘ladi. Bemor boshi aylanayotganini, narsalar ko‘ziga ikkita
bo‘lib  ko‘rinayotganligini  aytadi.  So‘ngra  ich  qotishi,  ba’zan  ich
ketishi, tana muskullarining kuchsizligi qo‘shiladi. Bemorning hushi
joyida  bo‘ladi,  puls  tezlashadi,  tana  harorati  normal  qolishi  yoki
birmuncha pasayishi mumkin. Bemorlar nafas falajidan yoki yurak
falajidan nobud bo‘ladi.
Immuniteti. Odamda tabiiy immunitet yo‘q. Odam C. botulinum
toksiniga juda sezgir. Kasallikdan so‘ng immunitet yuzaga kelmaydi.
Profilaktikasi. Oziq-ovqatlar  ifloslanishining oldini olish, konserva
mahsulotlarini tayyorlash,  ayniqsa, uyda tayyorlanadigan konserva-
larni tayyorlash texnikasiga rioya qilish. Uyda tayyorlangan konservalarni
iste’mol qilishdan avval, 15—20 daqiqa suv hammomida sterilizatsiya
qilib, so‘ng iste’mol qilish lozim, chunki botulizm toksini qaynatganda
neytrallanadi.
Maxsus  profilaktikasi  yuzasidan  botulizm  qo‘zg‘atuvchisi  yoki
toksini bo‘lgan mahsulotlarni ite’mol qilgan odamga botulizmga qarshi
polivalent A, B, E antitoksin zardobi yuboriladi. Qo‘zg‘atuvchining
turi aniqlangandan so‘ng esa, shu turga xos botulizmga qarshi zardob
yuboriladi.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Qusuq moddasi.
2. Oshqozon yuvindisi.
3. Najas.
4. Qon.
5. Ovqat qoldiqlari.
Tekshirish  materialini  to‘plash
Qusuq moddasi.
Steril  shisha shpatel bilan 50—60 g  hajmda
steril idishga olinadi.

291
Oshqozon yuvindisi.      50—100 ml hajmda steril idishga olinadi.
Najas.                               25—30 g olib steril shisha idishga solinadi.
Qon.
       6—8 ml hajmda davolovchi zardob yubo-
      rilishidan avval bilak venasidan  olinadi.
Ovqat qoldig‘i.
Ovqatning turli qismlaridan 100 gr  steril
idishga olinadi.
Barcha  olingan  materiallarning  idishlariga  etiketka  yopishtirib
jo‘natiladi.
Asosiy  tekshirish  usullari
1. Biologik.
2. Bakteriologik.
1-kun. Òekshirish materiali steril hovonchaga solinib, steril qum
va fiziologik eritma bilan yaxshilab eziladi. Òekshirish materiali 2 qismga
bo‘linadi va biri biologik, ikkinchisi bakteriologik tekshirish uchun
qo‘llaniladi.
Birinchi qismi 0,5 % li glukoza Xottinger sho‘rvasiga, tik agarga
ekiladi. Ikkinchi qismi toksin hosil bo‘lishi uchun 30—40 daqiqaga
qoldiriladi, so‘ng paxta-doka orqali filtrlanadi. Hosil bo‘lgan filtrat
ikki  qismga bo‘linib, biriga botulizmga qarshi polivalent zardob solinib,
neytrallanishi uchun 30—40 daqiqaga qoldiriladi. Ikki juft sichqon
olinib,  ularning  bir  juftiga  botulizmga  qarshi  polivalent  zardob
qo‘shilgan filtrat yuboriladi, ikkinchi juft sichqonlarga esa filtratning
o‘zi  yuboriladi.
2—4-kun. 1. Hayvonlar 1—4-kun ichida kasallanib, nobud bo‘ladi,
ularda  nafas  olish  tezlashadi,  qorin  devori  muskullari  bo‘shashib,
qorin esa ichiga kirib ketadi (arining qorniga o‘xshab qoladi), titrash,
falajlanish yuzaga kelib sichqonlar o‘ladi. Botulizmga qarshi zardob
qo‘shilgan filtrat yuborilgan sichqonlar tirik qoladi.
Botulizm toksini aniqlangandan so‘ng neytralizatsiya reaksiyasi
qo‘yiladi. Filtratga tiðospetsifik A, B, C, E, F, G diagnostik zardoblar
qo‘shilib, alohida shprislarda sichqonlarga yuboriladi. Gomologik zardob
yuborilgan sichqonlar tirik qoladi, qolganlari nobud bo‘ladi.
2. Ekilgan  muhit  termostatdan  olib  tekshiriladi,  uning  sof
kulturasini ajratib olish uchun Kitta-Òarossi muhitiga ekiladi va yana
yuqorida aytib o‘tilgandek, neytralizatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
5—6-kun. Ajratib olingan sof kulturaning morfologik, fermentativ
xossalari,  harakatchanligi  o‘rganiladi.  Agar  biologik  sinama  natija
bermasa, sof kultura bilan yana biologik sinama o‘tkaziladi.

292
1. Botulizm qo‘zg‘atuvchisini morfologik va kultural xossalari qanday?
2. Botulizm qo‘zg‘atuvchisining fermentativ xossasini bilasizmi?
3. Botulizmga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olinadi?
4. Òekshirishda qanday asosiy usullardan foydalaniladi?
5. Botulizmga qarshi zardob bilan qanday biologik va neytralizatsiya
reaksiyasi qo‘yiladi?
Patogen  spiroxetalar
Spiroxetalar Cpirochaetaceae oilasiga kiradi. Ular ingichka burama
mikroorganizmlar bo‘lib, iðsimon asosi atrofini spiralsimon sitoplazma
o‘rab turadi va bu ularga burama shaklini berib turadi.
Ultra  kesmalarda  uch  qavatli  membrana  qatlami  aniqlangan.
Elektron mikroskop orqali ko‘rilganda ayrim spiroxetalarning uchida
iðchalar aniqlanadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q.
Ular juda harakatchan. Òo‘rt xil harakatlanishga ega: aylanma, to‘lqin-
simon, egiluvchan va ilgarilab boradigan. Ularning kattaligi 5 dan
500 mkm.gacha uzunlikda va 0,3—0,75 mkm kenglikda bo‘ladi.
Odam  uchun  patogen  bo‘lgan  spiroxetalarga  quyidagi  avlod
a’zolari kiradi:
1. Treponema — zaxm va formbezi qo‘zg‘atuvchisi.
2. Borrielia  —  epidemik  va  endemik  qaytalama  tif,  Vensan
anginasining  qo‘zg‘atuvchisi.
3. Leptospira — leptospiroz qo‘zg‘atuvchisi.
Spiroxetalar bir-biridan buramalar soni, chuqurligi va bo‘yalishiga
ko‘ra farqlanadi. Asosiy bo‘yash usuli Romanovskiy—Gimza. Bu usulda
borreliyalar yaxshi bo‘yalib, binafsha treponemalar och pushti rangda
ko‘rinadi. Spiroxetalar tirik holda o‘rganiladi.
Spiroxetalar  keltirib  chiqaradigan  kasalliklarni  spiroxetozlar
deyiladi.  Spiroxetozlar  klinikasi  ma’lum  sikllarda  kechishi  bilan
tavsiflanadi.
37-bob. 
ZAXM QO‘ZG‘ATUVCHISI
Treponema pallidum — zaxm qo‘zg‘atuvchisi Treponema avlodiga
(lotin. trepo — buramoq, nemo — ið) kiradi.
T.pallidum  1905-yili  Shaudin  tomonidan  aniqlangan.  Zaxm
qo‘zg‘atuvchisini o‘rganishda I.I. Mechnikov, N. Erlix, D.K. Zabolot-
niylar katta hissa qo‘shishgan.
?
Nazorat  uchun  savollar

293
Morfologiyasi. T. pallidum  — spiralsimon, 8/8x0,08—0,2 mkm
kattalikda, buramalari mayda va bir xilda joylashgan, 12—14 tani tashkil
etadi, uchlari uchli yoki yumaloq bo‘ladi. Harakatchan, to‘rt turda
harakatlanadi. Romanovskiy—Gimza usulida bo‘yalganda och pushti
rangda ko‘rinadi, shuning uchun ularni rangsiz spiroxetalar, deb ham
yuritiladi. Yomon bo‘yalishiga sabab, ularning tarkibida kam miqdorda
nukleoproteidlarning  bo‘lishidir.  Spiroxetalarni  Burri,  kumushlash
usulida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ularni tirik holda
qorong‘ilashgan mikroskopik maydonda ko‘rish mumkin. Spora va kapsula
hosil qilmaydi.
Kultural xossasi. Rangsiz treponemalar oziqa muhitga talabchan.
Miya yoki buyrak bo‘laklari va assit suyuqligi qo‘shilgan sun’iy oziqa
muhitlaridagina  o‘sadi.  35—36°C  haroratda  5—12  kunda,  anaerob
sharoitida sekin o‘sadi. Rangsiz treponemalar tovuq embrionida yaxshi
bo‘linib ko‘payadi. Sun’iy muhitda o‘stirilganda treponemalar virulentlik
xossasini yo‘qotadi. Bunday kulturalar kulturali shtammlar, deb ataladi.
Òovuq  embrionida  o‘stirilgan  kulturalar  esa  to‘qimali  kulturalar
deyiladi. Ular virulentlik xossasini saqlab qolgan bo‘ladi.
Fermentativ xossasi. Òreponemalar fermentativ xossaga ega emas.
Lekin kulturali shtammlar bir-biridan indol va vodorod sulfiti hosil
qilishi bilan farqlanadi.
Òoksigenligi. Doimiy emas.
Antigenligi.  Rangsiz  treponemalar  o‘zida  polisaxarid,  yog‘li  va
proteinli antigenlar kompleksini saqlaydi. Seroguruh va serovarlari
aniqlanmagan.
Chidamliligi. Rangsiz treponemalar kam chidamlidir. 55°C harorat
ta’sirida 15 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Past haroratga ular chidamli.
Muzlatilganda bir yilgacha saqlanadi. Spiroxetalar og‘ir metall tuzlariga
(simob, margimush  va boshq.) sezgir. Dezinfeksiyalovchi moddalar
ta’sirida bir necha daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Ular benzilpeni-
tsillinga, bitsillinga va boshqalarga sezgir. Ayrim tashqi muhit omillari
va antibakterial preparatlar ta’sirida sista shakliga aylanishi mumkin.
Shu shaklda ular organizmda latent holatda uzoq vaqt saqlanib qolishi
mumkin.
Patogenligi. Òabiiy sharoitda hayvonlar zaxm bilan kasallanmaydi.
Lekin I.I. Mechnikov va E. Ru kasallikning klinik manzarasini may-
munlarda ko‘rish mumkinligini isbotlab berishdi. Maymunlarda zararli
material  yuborilgan  joyda  shankr  yuzaga  kelgan.  Hozirgi  vaqtda
quyonlar, dengiz cho‘chqachalarida zararli material yuborilgan joyda
yara hosil bo‘lishi aniqlangan. Ajratib olingan treponemalarni quyonlarga
yuborib, uzoq vaqt saqlab qolish mumkin.
Infeksiya manbai. Kasal odam.

294
Òarqalish yo‘li. Kasallik, asosan, jinsiy yo‘l orqali tarqaladi. Ayrim
hollarda zaxm idish-tovoq, choyshablar orqali ham tarqalishi mumkin.
Zaxm bilan kasallangan onalardan kasallik homilaga ham o‘tadi. Bu
tug‘ma zaxm, deb ataladi.
Patogenezi. Kirish darvozasi bo‘lib og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy yo‘llar
shilliq pardasi hisoblanadi. Yashirin davri 3—4 hafta. Birlamchi davrda
spiroxetalar shilliq qavatga tushadi va yashirin davrdan so‘ng (o‘rtacha
3  haftada)  ular  kirgan  joyda  tubi  va  cheti  qattiq  yara  —  «qattiq
shankr» hosil bo‘ladi.  Qattiq shankrni hosil bo‘lishi limfa tugunlarining
kattalashuviga sabab bo‘ladi. Birlamchi davr 6—7 hafta davom etadi.
Ikkilamchi  davrda  qo‘zg‘atuvchilar  limfa  yo‘li  orqali  qonga
so‘riladi va qon bilan butun organizmga tarqaladi. Bunda teri va shilliq
qavatlarda  toshmalar  —  rozeolalar  va  papulalar,  vezikulalar  hosil
bo‘ladi. Bu davr 3—4 yil davom etadi.
Uchinchi davr. Zaxm kasalligi davolanmagan hollarda yuzaga keladi.
Bu  davrda  a’zo,  to‘qima,  suyak  tomirlarida  parchalanishga  moyil
granulatsiya  o‘smalari  hosil  bo‘ladi.  Bu  davr  bir  necha  yil  davom
etadi  (yashirin  shakli).  Bu  davrda  bemor  atrofdagilarga  zararli
hisoblanmaydi. Kasallik davolanmasa (ayrim hollarda), to‘rtinchi davrda
bir necha yillardan keyin u markaziy nerv sistemasini shikastlaydi,
miyaning shikastlanishi sababli progressiv falaj, orqa miyaning shikast-
lanishi sababli uning qurishi yuzaga keladi. Bunday holat treponema-
larning  miya  to‘qimalarida  joylanishi  natijasida  yuzaga  keladi  va
organizmda funksional va organik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Immuniteti. Òabiiy immuniteti yo‘q. Kasallikdan so‘ng nosteril
infeksion immunitet yuzaga keladi. Buni shankr immuniteti deb ham
yuritiladi, chunki qayta kasallanganda qattiq shankr hosil bo‘lmaydi,
lekin kasallikni qolgan davrlari rivojlanadi. Zaxm kasalligida YqC va
YqM,  shuningdek,  YqE  reaginlar  aniqlanadi,  kardioliðid  antigeni
qo‘shilganda ular komplement yordamida o‘zaro bog‘lanib oladi.
Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, epidemiologik zanjirni
topish. Sanitariya maorifi ishlarini olib borish. To‘g‘ri turmush tarzini
tashkil etish. Maxsus profilaktikasi yo‘q.
Davosi. Penitsillin, bitsillin, bioxinol va boshqalar.
1. Spiroxetalarning morfologiyasi va bo‘yalish usulini bayon eting.
2. Qattiq shankr nima?
3. Zaxm kasalligining qanday davrlarini bilasiz?
4. Zaxmda qanday immunitet yuzaga keladi?
?
Nazorat  uchun  savollar

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish