Mikrobiologiya va immunologiya


Immunitet haqidagi ta’limotni amaliyotda qo’llash (Immunodiagnostika)



Download 13,45 Mb.
bet69/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Immunitet haqidagi ta’limotni amaliyotda qo’llash (Immunodiagnostika)
Immunitet reaksiyalaridan eng ko’p qo’llaniladiganlari agglyutinasiya, presipitasiya va komplement bog’lash reaksiyalaridir.Ular hammasi yuqori spesifik xususiyatga ega bo’lib, yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yishda ishlatiladi. Agglyutinasiya reaksiyasi – mikrobiologiya amaliyotida juda ko’p qo’llaniladigan birinchi immunologik reaksiyalardan bittasidir. U brusellyoz, pulloroz, leptospiroz kabi kasalliklarga diagnoz qo’yish, shuningdek noma’lum mikrob kulturalarini aniq agglyutinasiya qiluvchi zardoblar bilan tipizasiya qilish uchun foydalaniladi.Kasal hayvonlarning qon zardobida spesifik antitelalar paydo bo’lib, ular probirkada kasallikni qo’zg’agan mikrob, ya’ni antigen bilan reaksiyaga kirishadi. Bu spesifik reaksiya bo’lib elektrolit muhitda ikki fazada o’tadi. Avval antitelolar (agglyutininlar)antigen (mikrob hujayrasi) yuzasida adsorbsiyalanadi, keyin yopishib ushoqsimon donachalar hosil qilib, ular probirka tubiga tushib cho’kma hosil qiladi. Suyuqlik tiniq bo’lib qoladi natija musbat. Agar tekshirilayotgan zardobda spesefik antitelolar bo’lmasa yopishish paydo bo’lmaydi, suyuqlik loyqali bo’lib - natija manfiy hisoblanadi. Demak, agglyutinasiya reaksiyasida a) agglyutinin-zardobdagi immun modda; b) agglyutinogen kasallik qo’zg’ovchi mikrob (antigen); v) elektrolit sharoit -0,85% osh tuzi ishtirok etadi.
Agglyutinasiya reaksiyasini qo’yishning bir qancha usullari bor: probirkali, buyum oynachasi ustida, qon tomchili va sut halqali. Bularning hammasi bitta prinsipga asoslangan. Reaksiyaning o’tishiga elektrolitdagi tuzning miqdori, zardobning konsentrasiyasi, pH, harorat va boshqa omillar ta’sir qiladi.
Presipitasiya reaksiyasi, sezuvchanligi yuqori, juda spesefik reaksiyadir. Presipitasiya reaksiyasini vujudga keltiruvchi immun modda- presipitin va presipitasiya natijasida qo’yqa beruvchi antigen presipitinogen deyiladi.
Presipitasiya qiluvchi zardoblar spesefik xususiyatiga ega bo’lib asosan o’zining antigeniga ta’sir etadi. zardob juda sezuvchandir. Agar zardobga uning antigeni 100000 marta suyultirib qo’shilsa ham presipitasiya reaksiyasi ochiq ko’rinadi. Presipitasiya reaksiyasida ikki suyuqlik o’rtasidagi chegarasida oqish-kul rang quyqa halqa shaklida paydo bo’ladi. Presipitogen – temostabil bo’lib, 1000C va undan ortiq haroratlarga ham chidamlidir. Presipitasiya reaksiyasi veterinariya, medisina sanoatda keng qo’llaniladi. Bu reaksiya yordamida kuydirgi diagnoz quyiladi. (teri –mo’yna mahsulotlar). Sud medisina ekspertizasida qonning turi (odamnikimi, hayvonnikimi, qushnikimi) aniqlanadi. Oziq ovqat sanoatida presipitasiya reaksiyasi yordamida moylarning turlarini aniqlashda, tabiiy asalga sun’iy asal aralashtirilganligini bilishda va h.k. qo’llaniladi. Presipitasiya reaksiyasini qo’yishda presipitin –maxsus zardob (biofabrikada ishlab chiqariladi), presipitinogen (antigen) va fizilogik eritma ishlatiladi. Reaksiya ikki usulda quyiladi: a) zardob ustiga antigenni quyish b) antigen ostidan zardob qo’yish. Bir necha minut o’tgach, ikki suyuqlik orasida –chegarasida quyqa hosil bo’lib halqa shaklida ko’rinadi. Presipitasiya reaksiyasi agar yoki jelatinda qo’yilsa yanada yaxshi ko’rinadi. Bunday muhitda antigen va antitela bir-biriga qarab harakatlanib, uchrashadi, kontakt natijasida presipitasiya paydo bo’ladi. U yoysimon loyqa chiziqlar shaklida ko’rinadi. Bu usulda murakkab oqsillarning antigen tarkibini (mikroblar, zardob, hayvon, to’qimalari) aniqlash mumkin. Bu reaksiyaning har xil modifikasiyalari bor.
Komplement bog’lash reaksiyasi juda sezgir va spesefik reaksiya bo’lib, ikki sistemadan iborat: bakteriologik va gemolitik sistemalar bakteriologik sistemada, spesefik antigen va antitelalar bo’lib ular bir-biriga yopishib kompleks hosil qiladi. Unga esa komplement adsorbsiyalanadi. Agar antigen va antitelo birikmasa komplement boglanmaydi, erkin qoladi. Bu reaksiyada komplement xolatini (erkin yoki bog’langan) bilish uchun gemolitik sistemadan foydalaniladi. Gemolitik sistema qo’yning eritrositlari va maxsus gemolitik zarbdob- gemolizindan iborat. Gemolitik sistema bakteriologik sistemaga qo’shiladi, komplement erkin bo’lsa, eritrositlar gemoliz bo’lib, aralashma qizaradi. Bu manfiy natija hisoblanadi. Agar komplement bakteriologik sistemada bog’lansa, eritrositlar gemoliz bo’lmaydi va probirka tagiga cho’kadi. Bu musbat natija hisoblanadi. Demak, bu ikki sistemani bog’lovchi-komplement. Komplement hamma hayvonlar qonida bo’ladi lekin dengiz cho’chqasi qon zardobi tarkibida juda ko’p bo’ladi. Komplement zardobida germolabim bo’lib, u 560C haroratda parchalanib aktivligini yo’qotadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish