113
Gaz ballonli avtomobillar uchun yonilg‘i» ishlab chiqilgan bo‘lib,
bunga binoan avtomo-billarga gaz to‘lg‘izish kompressor
stansiyalarida (AGTKS) siqilgan tabiiy gazning A va B markalari
mavjuddir. Ular bir-biridan faqat zichligi va issiqlik berishi
bilangina farqlanadi. (bu farq turli hajmdagi metan va azotning
tarkibi bilan izohlanadi.)
Energetik parametrlari bo‘yicha 1 m3 tabiiy gaz (metan) 1L
benzinga ekvivalent hisoblanadi. Siqilgan tabiiy gazning
ekspluatatsion xarakteristikalarini oshirish uchun antidetonatorli
qo‘shilmalarni qo‘llash talab qilinmaydi, chunki unda metan
borligi sababli oktan raqami yetarli darajada yuqori hisoblanadi.
Metan oddiy uglevodorodlar turkumiga kiradi, molekulasida
bir atom uglerodga maksimum vodorod to‘g‘ri keladi. Shuning
uchun u yuqori yonish haroratiga ega bo‘lib, keng diapazonda
yona oladi va zaharlilik chiqindilari juda kam miqdorda bo‘ladi.
Siqilgan tabiiy gazda vodorodning ko‘pligi dvigatel silindrlarida
yonilg‘ining to‘la yonishini ta’minlaydi (benzin va suyultirilgan
gazga nisbatan.) Boshqa uglevodorodli gazlarga nisbatan metan
havodan ancha yengil. Metan yuqori detonasion turg‘unlikka ega
bo‘lganligi uchun dvigatelni siqish darajasini oshirish imkonini
ham beradi. (9,5-10,5).
Avtotransportda siqilgan tabiiy gazdan samarali foydalanish-
ning eng asosiy muammolaridan biri AGTKS da gazni yaxshilab
yuritish, namlikni yo‘qotish muammosidir. Gazdagi namlik 9
mg/m3 dan oshmasligi kerak. Shabnamlanish nuqtasi 20 MPa
bosimda 30
0
C ga teng. Agar bu shart qanoatlantirmasa, gaz
reduk-torlarida muz tiqini hosil bo‘lishiga olib keladi. STGda
oltingugurt vodorodi miqdori massasi 0,1 foizdan oshmasligi
kerak. STG ning o‘t olish harorati benzinnikiga qaraganda uch
marta yuqori bo‘lib, 608
O
C - 625
O
C ga teng. Bunday yuqori
yonish harorati, ayniqsa, atrofmuhit sovuq bo‘lganda dvigatelni
yurgizib olishni qiyinlashtiradi. Siqilgan tabiiy gazda har bir
metan massasiga to‘gri keladi-gan issiqlik ajralishi benzinga
nisbatan 12 % ga ko‘p, ammo yonuvchi aralashma yongandagi
114
issiqlik miqdori benzinga nisbatan oz. Benzinli yonuvchi aralash-
mada eng kam solishtirma issiqlik miqdori 3553,0 kj/kg bo‘lsa,
metanda bu qiymat 3218,6 kj/kg yoki 9,5 % ga kam.
Gaz ballonli avtomobillarda foydalanilganda siqilgan tabiiy
gaz sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- bir xil yonuvchi aralashma hosil bo‘lishi uchun gaz havo
bilan yaxshi aralashishi va yonuvchi aralashma yuqori kaloriyali
bo‘lishi kerak;
- dvigatel silindrida yonganida detonasiya bermasligi va
dvigatelda va uning ta’minot tizimida qurum hosil bo‘lmasligi
kerak;
- dvigatel karteridagi moyning suyulmasligi va oksidlan-
masligi, detallar yuzasida korroziya hosil bo‘lmasligi uchun turli
aralashmalar miqdorining kam bo‘lishi, shuningdek, chiqindi
gazlarda zaharli va kansterogen elementlarning minimal hosil
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: