Afsus bu zamonda biz m e’tibor yo’q, Yosh-u qarida g’ayrat-u, nomus-u or yo’q. Fisq-u fujur ila giriftor barcha jon,
Ilmi amalda bizda sabot, viqor yo’q. O’tmoqda umr hoyi havas birla bar havo, Millat g’amini o’ylag’uvchi hushyor yo’q.
XAVF VA RAJO
Xavf va rajo deb qo’rqmoq va umidvor bo’lmoqni aytilur. Banda har ishda janobi Haqdan qo’rqmoq ila barobar umidini ham uzmaslik lozimdur. Chunki janobi Haqdan qo’rqg’an inson hech
narsadan qo’rqmas. Har vaqt janobi Haqning lutf va marhamatiga umid ko’zlarini tikub turar. Xavf va rajo shunday bir yaxshi sifatdurki, bu xislatni o’ziga hamroh qilgan kishi eng fozil, hech narsadan qo’rqmaydurgan sher tabiatli, arslon yurakli bo’lur. Hazrati Ibrohim alayhissalomni Namrud otashka tashlay deb turgan zamonda: «Yo Ibrohim! Siz meni bu haroratli otashimdan qo’rqmazsiz-mi?» – demish. Hazrat Ibrohim: «Ey zolim! Alloh taolodan qo’rqg’an kishi Namrudning otashidan qo’rqarmi?»
– demishlar.
Hech kishidan qo’rqmag’ay tangrisidan qo’rqg’an kishi Otasha yondursalar, bo’lgay umid birla ishi.
Dunyoda umiddan yaxshi narsa yo’qdur. Hamma insonlar umid orqasida yasharlar. Noumid shaytondur, umidsiz kun kechurmak mumkin emasdur. Boylar mol umidida, shogirdlar ilm umidida kecha-kunduz tirtishurlar. Agar boylik, olimlik umidi bo’lmasa edi, kecha-kunduz jonlarini fido qilub, ko’zlarining nurlarini umid orqasida to’kmas edilar.
Umid gar o’lmasaydi, hech hayota qiymat o’lmazdi, Nizom-u, intizom-u tarbiyat ham davlat olmazdi.
Jahon ayvoni bo’yla ziynatoro bo’lmag’ay erdi, Hukumat, taxt-u, baxt-u sa’y birlan g’ayrat o’lmazdi.
MUHABBAT
Muhabbat deb bir narsani suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soyasida yasharlar. Har bir ishni muhabbat orqasida ishlarlar. Muhabbatsiz kishi hech bir ishni ishlamakka g’ayrat va jasorat qilolmas, dunyo ne’matidan lazzat ololmas. Agar bir shogird ilm va muallimni suymasa, ishtaha ila o’qimasa, maqsudiga yetolmas. Ye r yuzidagi insonlarni urushma, taloshmalarga qovushdurgan, siynalarini dushman o’qiga nishona qildurgan narsa din va millatlarning, vatan va davlatlarning muhabbatidur. Kishini kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurgan narsa vatan va bola-chaqalarning mehr-u muhabbati emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinub qolg’oni kabi inson suyukli narsasiga boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «O’z nafsing uchun qaysi narsani suyar esang, shul narsani boshqa kishiga ham suy», yana «Ota muhabbatini saqla! Agar san otag’a bo’lg’an muhabbatni uzsang, Alloh taolo sani har turli fayzlardan mahrum qilur», – demishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |