Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Ichkaridan chiqqan rahbarlardan biri zinadan yugurib tushdi-da, oldinda tobut ko‘tarib 
kelayotganlarni to‘xtatdi: 
— To‘xtanglar, o‘rtoqlar, tinchlaninglar! 
— Qanday tinchlanish mumkin? — dedi da’vatchi oldinga chiqib. — Uylarni yoqishdi, 
odamlarni yoqishdi. Kim bular, nimaga indamaysiz? 
— Bilamiz, vaziyat keskin. Sizlar bu yerdan tez ketinglar. O‘zbeklardan bir yigit 
o‘ldirilgan. Ma’lumotga qaraganda, uning murdasini ko‘tarib shu tomonga kelishyapti. 
Turklarni ayblaydigan mish-mishlar tarqalgan. 
— Qayoqqa ketaylik? 
— Hozir avtobuslar keladi. Sizlarni bexavotir joyga olib boramiz. Faqat vahimaga 
berilmanglar. Jinoyatchilar albatta jazolanadi! 
Chindan ham ko‘cha og‘zida o‘nga yaqin avtobus ko‘rindi. Olomon avtobuslarga chiqib 
ulgurmasidan ko‘chaning narigi boshida tobut ko‘targan boshqa olomon ko‘rindi. 
— Bo‘ldi, bo‘ldi, yuringlar! — deb buyurdi rahbarlardan biri. 
— Murdalarni nima qilamiz? — dedi da’vatchi. 
— Ketaveringlar, o‘zimiz ko‘mamiz! 
Avtobuslar xuddi poygadagiday shoshilib qo‘zg‘olishdi. Murdalarning egalari faryod 
urdilar. To‘xtashning iloji yo‘q edi. Ozgina fursat boy berilsa, yana bir qirg‘in boshlanib 
ketmog‘i mumkin edi. 
Avtobus shahardan chiqar mahalda Zelixon Yigitaliga qarab, ajablandi. Shuncha paytdan 
beri uning birga ekaniga ahamiyat bermagan ekan. 
— Siz nima qilib yuribsiz? — deb so‘radi Zelixon undan. 
— Sizlar nima bo‘lsangiz, bizlar ham shu-da, — dedi Yigitali. 
Ismoilbey ham unga ajablanib qaradi. Aftidan, o‘z g‘amiga bandi bo‘lib u ham 
Yigitalining birga yurganiga e’tibor bermagan edi. 
— Inim, siz bola-chaqangizning yoniga boring. Yana sizni yo‘qotib hayron bo‘lib 
yurishmasin. Rahmat sizga. Eson-omon ko‘rishmoqni Olloh nasib etsin. 
— Ie, domlajon... — Yigitali e’tiroz bildirmoqchi edi, Ismoilbey uning gapini uzdi: 
Biz sizdan rozimiz, siz ham rozi bo‘ling. Bu g‘alvalar o‘tar-ketar, inshoolloh, 
farzandlarimiz omon bo‘lishsin. Yigitali, inim, siz boshqalar uchun xijolat bo‘lmang. 
Musulmon musulmonga qo‘l ko‘tarar ekan, bilingki, orada shayton bor. Shayton borligini 
unutdik, shayton hukmiga bo‘ysunib qoldik. Bu ham qiyomatning bir belgisi. Qalbimizni 
dunyo havaslari bilan band etmasak edik... — Ismoilbey yana odati bo‘yicha pichirladi. 
— Ad-dunyoya mazra’utul-oxira...* 
Zelixon haydovchiga yaqinlashdi. 
— Birodar, qayoqqa ketyapmiz? 
— Bilmayman. Aytishmadi. Oldindagi moshin qayoqqa yursa, biz ham ashaqqa 
yurovramiz. Aqqa-baqqa qaramasdan yurishasanlar, deb buyurishgan. 
— Birpasga to‘xtang, o‘zbak oshnamiz adashib chiqib qolibdi. 
— Mumkin emas, kolonna to‘xtaydi. Ketovursinlar, qaytishimda hamroh bo‘lallar. 
Zelixon joyiga qaytib, haydovchining gapini aytgach, hammalari yana jimib qolishdi. 
Ortiqcha gapga hech kimda toqat yo‘q edi. Hamma avtobus derazasi osha tashqariga 
e’tiborsiz boqib, har biri o‘z xayoliga bandi bo‘lib borardi. 
Shahar ham, qishloq uylari ham ortda qoldi. Asfalt yo‘l tugab, adirning notekis yo‘li 
boshlandi. Avtobuslar chayqala-chayqala, yo‘ldagi tuproqni to‘zitib borishadi. Shaharda 
tutundan bo‘g‘ilayozgan odamlar to‘zon tufayli holdan toygan bir paytda avtobuslar 
to‘xtadi. Atrofda na bir uy, na bir daraxt ko‘rinadi. Adirning ufqqa tutash qismida 
samolyotlarning qorasi ko‘zga tashlanadi. O‘sha tomondan bo‘g‘iq guldurak ovozi keladi. 
Avtobuslardan tushgan odamlar bir-birlariga hayron boqishadi. «Qaerga keldik?» 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish