139-rasmda ankerli va disksimon ekkichlarning ariqchani
tayyorlash jarayonini sxemasi ko‘rsatilgan. Ekkichning jag ‘lari
yonidan o‘tib ariqcha ichiga to‘kilgan tuproq,
ab
qiyaligining
yuzasiga o‘xshab joylashadi. urug‘o‘tkazgichdan to‘kilayotgan
urug‘lar har xil holatda tuproqqa tushib, dala yuzasidan a
0
, a
1
, a
2
,
a
3
chuqurliklarda ko‘miladi. Urug‘larning bevosita
ariqcha tubiga
tushib, bir xil chuqurlikda ko‘milishini ta’minlash uchun quyidagi
ikkita yechimdan foydalaniladi:
1. Ekkich quvurining tubiga qiya plastina o‘rnatiladi, shunda
unga urilgan hamma urug‘lar old tomonga,
ariqcha tubiga borib
tushadi.
2. Ekkichning jag‘lari uzaytiriladi, shunda hamma urug‘lar
ariqchaning tubida joylashib ulgurganicha,
ularning ustiga tuproq
tushirilmasdan turadi.
Urug‘larning sifatli ko‘milishini ekkich to‘liq ta’minlay
olmaydi. Ekkich o‘tib ketgandan so‘ng, tumshuq yuqoriga ko‘tarib
qo‘ygan tuproq pastga to‘kila boshlaydi va tabiiy qiyalik burchagi
ostida to‘xtaydi. Natijada ariqchaning ustida unga nisbatan kichik
bo‘lgan ariqcha paydo bo‘lib, urug‘ning usti eng sayoz ko‘milgan
bo‘lib qoladi.
Shu sababli urug‘larni keraklicha ko‘milishi uchun
ekkichdan so‘ng turli ko‘mgich moslamalari o‘rnatiladi.
Urug‘ni ko‘mishda uning ustiga, birinchi navbatda, namroq
va maydaroq bo‘lgan pastki qatlamning tuprog‘ini tushirish kerak.
Disksimon ekkichdan so‘ng, urug‘
ustiga avvaliga a
1
b
1
qatlam,
keyin
a
2
b
2
, asbs...
qatlamlar to‘kiladi. Omoch tishisimon va
yorgichsimon ekkichlardagi jag‘larning oxirgi cheti tik emas, balki
qiya bo‘lib kesilgan bo‘ladi (137-
a, b, d
rasmlar).
Ekkichlar 9 km/soat (2,5 m/s) tezlikkacha sifatli ariqcha
tayyorlab, urug‘ni ekib boradi.
Ekkichlarni joylashtirish. Urug‘
ekishga mayin qilib
tayyorlangan tuproq ichida ekkich harakatlanganida, uning oldidagi
tuproq shishib ko‘tariladi. Bunday shishlar ekkichning oldiga va
yon tomonlariga ma’lum bx masofaga tarqalgan bo‘ladi).
Ekkichlarni seyalka ramasida joylashtirishda bu jarayon hisobga
olinishi kerak.
248
Bir qatordagi ekkichlar oralig‘i
ae
> bx bo‘lishi kerak. Aks
holda, do‘ngliklar
birlashib, ekkichlar katta kenglikdagi tuproqni
oldinga surib ketadi va qarshilik ortadi.
140-rasmda ekkichni ko‘tarib - tushiradigan mexanizm
sxemasi keltirilgan. Ekkichlarni ishchi holatidan transport holatiga
ko‘tarishni gidrosilindr (2) bajaradi. Hamma ekkichlarning urug‘
ko‘mish chuqurligini o‘zgartirish uchun FE
sozlovchi vinti har bir
ekkichning ko‘mish chuqurligini alohida o‘zgartirish hisobiga
amalga oshiriladi. Prujinaning siqilish darajasini o‘zgartirish uchun
uning ichida joylashgan tortqi teshiklariga sozlovchi shplint (9) ni
o‘rnatish, ya’ni prujinaning ekkich (11) ni tuproqqa botirishga
intiladigan bosimini o‘zgartirish kerak.
4
2
i
140-rasm.
Seyalka ekkichini ko‘tarib-tushiradigan mexanizm
sxemasi:
1 - ram; 2 - gidrosilindr; 3, 5 - ikki elkali richag; 4 - sozlovchi
vint; 6- tortqi tiragi; 7 - shayba; 8 - prujina; 9 - shplint;
10 -sozlash teshiklari; 11 - ekkich.
249