َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ﺎَﻨْﻴَﻟِإَو ًﺔَﻨْﺘِﻓ ِﺮْﻴَﺨْﻟاَو ِّﺮﱠﺸﻟﺎِﺑ ْﻢُآﻮُﻠْﺒَﻧَو
«Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. Keyin faqat Bizgagina
qaytarilursizlar». (Anbiyo, 35.)
Hattoki bunday sinovlar payg‘ambarlar ustilarida ko‘proq va qattiqroq bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
shunday marhamat qilganlar:
«Odamlarning eng qattiq sinovga uchraydiganlari payg‘ambarlardir. Ulardan so‘ng avliyolar,
ulardan keyin esa pastroq darajadagi odamlar. Har bir inson imonining darajasiga muvofiq imtihon
etiladi. Imoni salobatli kishining sinovi ham ortib boradi».
Har bir inson darajasi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Allohning sinovlariga imoni bilan bardosh bersa, sabr
qilsa, uning musibati muvaffaqiyatga almashadi. Sabrining natijasi esa oxirat uchun zaxira bo‘ladi. Qiyinchilik
va musibatlarga sabr qilish hamma payg‘ambarlar va ularning ummatlari uchun, shuningdek, Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) va ummatlari uchun ham maqtov hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida shunday degan:
َﻮُﻠْﺒَﻨَﻟَو
ِﺮِّﺸَﺑَو ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟاَو ِﺲُﻔْﻧﻷاَو ِلاَﻮْﻣﻷا َﻦِﻣ ٍﺺْﻘَﻧَو ِعﻮُﺠْﻟاَو ِفْﻮَﺨْﻟا َﻦِﻣ ٍءْﻲَﺸِﺑ ْﻢُﻜﱠﻧ
Do'stlaringiz bilan baham: |