ARASTU (ARISTOTEL)
(Miloddan avvalgi 384-322 yillar)
Qadimiy yunon faylasufi Arastu Frakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli
ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi.
Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo‘lgan.
Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga o‘ynab katta
bo‘lgan. U 17 yoshidan 37 yoshigacha (367-347 yillar) faylasuf Aflotunning
Akademiyasida tahsil olgan.
Miloddan avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr
Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi. Iskandar Maqduniy hukmdorlik taxtiga
o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday
yozuvlar bor edi: «Iskandar ushbu yodgorlikni Nikomaxning o‘g‘li, buyuk donishmand va
avliyo Arastu xotirasiga o‘rnatdi».
Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqarnayndan so‘raydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |