www.ziyouz.com
кутубхонаси
48
DIOHEN (DIOGEN)
(Miloddan avvalgi 400-323 yillar)
Yunon faylasufi sinoplik Diohen kiniklar maktabi asoschisi Antisfenning shogirdi edi.
Antisfenning o‘limidan so‘ng Diohen Korinfga ko‘chib o‘tadi. Chunki Sinopda Diohen o‘zi
bilan muloqot qilgulik biror odam topolmay qolgandi. U Korinfda o‘ziga boshpana sotib
olmaydi. Mehmondo‘st tanishlarinikiga ham bormay, ochiq osmon ostida yashay
boshlaydi. Anchayin darz ketgan sopol xum unga boshpana vazifasini o‘tadi.
Diohen hammaga zaharxandalik va nafrat bilan munosabatda bo‘lgan.
Uning
«Sevgi haqida», «Davlat» («Politiya»), «Edip», «Fiest» (fojia)
nomli asarlari
ma’lumdir. Diohen pishirilmagan sakkizoyoqni yeb, vabo kasali bilan og‘rib qolgan va
vafot etgan. Ba’zi manbalarda yozilishicha, u nafas qisilishi oqibatida hayotdan ko‘z
yumgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |