vasiyatni aytgan.
Suqrotni butun umri davomida Ovidiyning «Evrilish» asarida tilga olingan inson xulq-
atvoridagi bir noqislik bezovta qilgan. Ovidiy shunday yozgandi: «Ezgulikka duch kelsam,
maqtayman-u, ammo yomonlikning ta’siriga berilaman».
* * *
Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi —
baribir pushaymon yeysan».
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
34
«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot.
— Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men
olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda
shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning
bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay
tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?»
Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq,
fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».
* * *
Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin
Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan
uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
— Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda.
... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning
o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.
* * *
Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi.
Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu,
sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?»
* * *
Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv
quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, — Ksantippa avvaliga
momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad
Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga:
— Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen
g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku!
— Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi
faylasufga javoban Alkiviad.
— Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot.
* * *
Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan
chavandoz har qanday tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish
vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman.
* * *
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining
toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
Saltanat hassasini qo‘lida tutgan har qanday kishi ham hukmdor bo‘lavermaydi. Shuningdek,
e’tiborli amaldorlar tomonidan saylangan, qur’a tashlab yoki zo‘ravonlik, yoinki aldov yo‘li bilan davlat
tepasiga kelib qolgan kimsa ham haqiqiy hukmdor bo‘lolmagay, faqatgina saltanatni boshqarish uquvi
bo‘lgan zotlargina podshohlik va hukmdorlikka loyiqdirlar».
* * *
Suqrot faylasuflarga ta’rif berar ekan: «Faylasuf donishmand hamda johil oralig‘idagi mavqeni
egallaydi», — deydi.
* * *
Men bu odamdan ko‘ra donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni
bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o‘zimni tiyaman.
* * *
Adolat va ezgulikdan ayri tushgan har qanday bilim dog‘ulilikka aylanadi. Uni donolik, deb atash
nojoizdir, — deydi Suqrot.
* * *
O’zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U
qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har
qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va
ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi.
* * *
Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham
pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar.
* * *
Rivoyat qiladilarkim, Apollodor Suqrotga o‘limi oldidan qimmatbaho libos kiyishni taklif etadi.
— Nega? — deydi Suqrot Apollodorga javoban. — Bundan chiqdi egnimdagi faqirona libosim
tirigimga yaroqligu, o‘ligimga yaroqsiz ekan-da?!
* * *
— Suqrot, afinaliklar seni o‘limga hukm etdilar, — dedilar faylasufga.
Suqrot xotirjamlik bilan dedi:
— Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etdi.
* * *
Sud chog‘ida Suqrotga so‘z berildi. Suqrot nutqida o‘zini so‘naga, afinaliklarni esa katta, olijanob,
ammo semiz va yalqov otga mengzaydi. «Bunday otlarni birorta so‘na chaqib, choptirib turishi lozim,
— deydi u va bu o‘xshatishni shunday yakunlaydi: — Fikrimcha, Tangri meni kun bo‘yi butun shaharni
kezib, har biringizni uyg‘otish va tinmay tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun yuborgan.
So‘zlarimga ishoning, afinaliklar. Men kabilarni topish sizlarga oson bo‘lmaydi. Menga ishonsangiz,
hayotimni saqlab qolasiz. Biroq siz so‘na chaqib tuyqusdan uyqudan uyg‘ongan va g‘azabga mingan
odamlar kabi meni osonlik bilan urib o‘ldirishingiz ham mumkin. U holda Tangri yana kimnidir
yo‘llagunga qadar qolgan umringizni g‘aflatda o‘tkazasiz».
* * *
«Qanday odamni baxtli sanamoq mumkin?» — degan savolga Suqrot shunday javob berdi:
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
36
— O’tkir aql va teran, halol fikrlar egasi baxtiyordir.
* * *
Yoshlarga ko‘zguga ko‘proq boqishlarini maslahat beraman, — deydi Suqrot, — toki ularning
xushsuratlari o‘z husnlarini sharmanda etmasinlar, badbasharalari esa xunukliklarini odoblari bilan
bezasinlar.
* * *
O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa
donolikning o‘zginasidir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |