HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud aytdi:
- Ey xazina ishqidan mast bo‘lgan, deylik, xazinani qo‘lga kiritding. Bu xazina ustida
o‘zingni bir o‘lik deb faraz qil, ketgan umring, ishlaring, bosgan yo‘llaring hayf bil. Ganj
ishqi, oltin ishqi kofirlik alomatidir, kimki oltinga butga sig‘inganday sig‘insa, u -
butparast, Ozar qavmidandir. Zarparastlik kofirlikdir, axir sen oltin buzoqqa sig‘ingan
Somiriy qabilasidan emassan-ku? Kimning qalbi oltin ishqi bilan yaralangan bo‘lsa,
qiyomat kuni aft-angori sarg‘ayib, shu oltin shakliga kiradi.*
Do'stlaringiz bilan baham: |