www.ziyouz.com кутубхонаси
39
O’NINCHI MAQOLA
BALIQCHI QUSH UZRI
Shundan so‘ng baliqchi qush o‘rtaga chiqdi. Dedi:
- Ey qushlar, men va mening g‘amu tashvishim sizlarga ayon: joyim hamma vaqt
daryo yoqasidir, hech kim mening ovozimni eshit-maydi. Men shunday beozor
qushmanki, hech kim mendan ozor chekmaydi.
Dengiz bo‘yida dard bilan o‘tiraman. Doim g‘amli, becho-raman. Suv orzusida
yuragim qondir. O’zimga rahmim keladi, lekin na iloj? Shunga majburman. Ey qushlar,
men suv ahlidan emasman, dengiz qirg‘og‘ida og‘zim qurib, tashna o‘tiraman. Dengiz
yuz xilda to‘lqinlanadi, lekin men undan bir qatra icholmayman. Agar dengiz (daryo)ning
suvi, ozgina kamaysa ham tashvish va behalovatlikdan yuragim kabob bo‘ladi. Menga
o‘xshaganga daryo ishqi yetarlidir. Shu savdoning o‘zi menga oshib-toshib ketadi.
Hozir daryo g‘amidan boshqa g‘amim yo‘q, Simurg‘ga hech bir toqatim yo‘q. Asl
orzusi bir qatra suv bo‘lgan kishi Simurg‘ vasliga yetarmidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |