ABU SA’ID MEHNANING HAMMOMGA KIRGANI HIKOYATI
Shayx Abu Sa’id ibn Abul-Xayr Mehnaviy bir kuni hammomga kirdi.
U bilan birga kuch-quvvatga to‘lgan, ammo ma’rifati kam, xom yigit hammomga
kirgan edi. Yigit badanini namoyish etib, sho‘xlik qilib, shayxga maqtandi:
- Ey pok zot, javon-mardlik qanaqa bo‘lishini menga aytib ber.
Abu Sa’id aytdiki:
- Javonmardlar sho‘x joyini yashiradi, xalq ko‘ziga ko‘rsatmaydi.
Bu javobdan haligi yigit xijolat chekib, o‘zining nodonligiga iqror bo‘lib, shayxning
oyog‘iga yiqildi. Yigitning istig‘for aytib, tavba qilgani shayxga ma’qul keldi va uni duo
qildi:
Xoliqo, parvardigoro, mun’amo,
Podshoho, korsozo, muqramo.
Yo Rab, Olam xalqi orasida javonmardlar sening fazling daryosidan maysalarga
sochilgan shabnamlar kabi (pokiza)dir. Sen o‘z zotingda qoyimi mutlaqsan, sening
sifatlaring javonmardlarda xam topilmaydi. Barchamiz ham umrimizda qo‘p sho‘xlik,
sharm-xayoga zid ishlar qilamiz. Iloho, bizni shunday ishlardan o‘zing asra.
KITOB XOTIMASI
Izid-taologa behad, behisob hamdu sanolar, sipos-maqtovlar aytamiz va
shukronamizni oshkor etamiz. Jonimiz senga hamdu sano bo‘stonida, ko‘nglimiz sening
buyuk sifat-laringdan mastu hayratda. Dil senga shakarday shirin ovozli to‘ti kabi madhu
sanolar aytadi.
Dil sening ishqing bilan mast bulbulday xushnayu. Lekin senga munosib madhu sano
aytolmay ojiz va hasratdan benavo.
So‘ngra Allohning jondo‘sti, mujtabo
1
rasuliga durudlar-salomlar aytamiz. Allohning
ne’matlarini adadsiz, son-sanoqsiz yod etamiz. Alloh sevimli do‘sti — rasuliga doimo
qalblarni yondiruvchi so‘z
2
va dard bergandir. Rasulullohga doimo durud aytish —
dardimizga malham, jonimizga davodir.
Iloho, sening ishlaringga barcha jonlar lolu hayrondir. Rasuling ham sening
diydoringga tashnayu giryondir. Iloho, Sen unga lutfu marhamat bilan qara, u Seying
jamolingni ko‘rishga musharraf bo‘lsin.
Dil Sening qudratingdan hayratlanganida farida, yolg‘iz qoladi, goh hamd aytib, goh
dard chekadi. Haq taolo madadi bilan lutf-marhamat eshiklari ochiladi. Alloh tavfiqi bilan
bu asarimni besh yuzu sakson uchinchi yilda
3
, muborak ro‘zai-ramazon.oyining
seshanba kuni, choshgoh vaqtida yozib tugatdim. Bu ishni yozgan vaqtlarimda Haq taolo
kaminaga osoyish, safo va zavq, vaqtixushlik baxsh etdi. «Rasuli Zuljalol» so‘zlari bu
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
167
asarni bitkazish ta’rixi bo‘ldi.
Bu asarda Attor mardlar, azizlar haqida suxanlar, so‘zlar aytdi. Ey o‘quvchim, sen
ham o‘sha mardlar, azizlarni yaxshilik bilan esla.
AIloho, Sening tavfiqing bilan bu asarni tugatishga muvaffaq bo‘ldim, vallohi a’lam
bis-savob (Bu ishning savobini Alloh bilguvchidir).
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |