QUSHLARNING FANODAN SO’NG BAQO HOLIGA YETISHGANI HIKOYATI
Fano holatida qushlar uzoq vaqtlarini hushsiz, go‘yo yo‘qlikda o‘tkazdilar. Ular bu
holatda yuz ming qarn
1
, ehtimol undan avval ham, keyin ham yana shuncha zamonlarni
o‘tkazdilar.
Qushlarninguzoqzamonlar bexudlikda, yo‘kdikda qolgan-lari behuda ketmadi. Ularning
niyozmandligi, Haq taologa yolvorishlari yaxshi hosil berdi. Vaqti-soati yetib, barchalari
yana hushlariga keldilar. Fanodan so‘ng ular baqo holatiga, abadiy hayotga yetishdilar.
Fano va baqo haqida hargiz odamlar na eski gapni, na yangi gapni aytoladilar. Bu
haqda sen ne desang ham o‘zing bil-gancha gapirasan va bu gaplaring haqiqatdan juda
uzoq bo‘ladi. Bu holning vasfu xabarini juda uzoq sharhlash mumkin. Lekin ashob-
sahobalarimiz bu yo‘lning misolini (fanodan so‘ng baqoga yetishuvni) sharhlab
berganlar. Ular baqo qaysi joyda ekanligi haqida yangi kitob yozishlari kerak edi.
Fanodan so‘ng baqo asrorini bilganlar ham buni aytol-maydilar. To o‘zing vujuding va
yo ruhing bilan yo‘qlikdan abadiylikka, baqo manziliga qadam qo‘ymaguningcha, u
manzil neligini bilmaysan. U manzilga bormaguningcha, sen uchun fano ham yo‘q, baqo
ham yo‘q. Bu yo‘lning avvalini va oxirini bil-maganing uchun senga bu haqda gapirish
foydasizdir.
Yo‘klikdan bor bo‘lish qandayligini inson hali bir tomchi nutfa holida ekan, u Allohning
qudrati bilan parvarish qilinib, yuz bora izzatlanib va nozlanib, oqil va korsoz -ishlaringni
sozlovchi tomonidan vujudga keltirilding. So‘ng u vujud voqifi asror (Alloh)ga xush
kelsa, unga kerakli ma’rifatni ham beradi.
Otashda yonib, mahv etilgan bir hovuch kul ham qo‘li ochiq zot tomonidan izzat-
hurmat ko‘radi. Uni yana yo‘l tuprog‘iga qo‘shadi. U allaqancha vaqt yo‘l tuprog‘ida foniy
bo‘lib yotadi. Bu orada yo‘l unga yuz turli sirlarni aytadi. Bu sirlarni yo‘l goh u bilan, goh
usiz aytadi.
Shundan so‘ng Haqtaolo uni (osmonga uchirib) baqo holiga musharraf qiladi. (U
yomg‘ir bilan yerga tushib, gul yo boshqa o‘simlik bo‘lib unib chiqadi). Uzoq vaqtlar
xorlikda yotgani unga izzat keltiradi.
Sen bu so‘zlardan nimani tushunding, sen o‘zing avval qaysi holatda eding? Allohning
qudrati bilan sen izzat va aql topding. Agar, sening joningni eng oliy shoh rad etsa, sen
elga shoh bo‘lsang ham baqo manziliga yetolmaysan.
Fano holi ma’nosining tagiga yetmagan odam haqiqiy baqoni ko‘rolmaydi. Avval
ruhing ko‘p zamonlar xorlikda bo‘lsagina, bir zamon kelib, noming boqiy bo‘lib, abadiy
izzat-hurmat topasan.
Borliqqa yetishish uchun yo‘q bo‘lishing kerak, o‘zingni doimo bor deb o‘ylasang, bor
bo‘lib qolmaysan, abadiy yo‘q bo‘lasan. Xor-zorlik va fano-yo‘qlikni ko‘rmaganlar boqiylik
izzat-hurmatiga hech qachon yetisholmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |