HAQ TAOLONING QORUN TO’G’RISIDA MUSOGA XITOBI
Haq taolo dedi:
- Ey Muso, Qorun senga yetmish marta zorlanib yalindi. Sen esa unga hech javob
bermading. Agar u bu zorliklarni Menga qilsaydi, uning jonidan shirkni chiqarib
yuborardim, tanasiga din to‘nini kiydirardim. Ey Muso, uni yuz dard bilan azoblab
o‘ldirding, yo‘lning tup-rog‘iday xor qilib, tuproqqa topshirding. Sen uni yaratmagan-san,
toki azobi bilan ko‘ngling tinchisa.
Rahmatu marhamatsizlarga rahmu shafqat qilguvchi Zot rahmat ahlini ne’mat bilan
siylaydi. Allohning rahmat daryolari, fazlu karami cheksiz, gunohkorlar uzr tilasa,
qo‘zining yoshi bulutdan yomg‘irday yog‘ilsa — kechiradi. Kimdaki shunday marhamat
bo‘lsa, u bulg‘anishlarga qarab o‘zgarmaydi. Kimki gunohkorlarni ayblasa, u o‘zini jabru
sitam etuvchilar qatoriga qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |