Javob qabul qilinadi:
Ushbu javobda Gunn buvi ko‘zlarini qisib
qo‘ygani to‘g‘ri izohlanadi.
Javobda o‘quvchi Gunn buvining shu paytda o‘z jonivorlarini shaharga
olib kelishi mumkinligini tushunganini aks ettiradi. Bu javobda, shunchaki,
uning fikri yoki rejasi borligi yoki u bolaning unga qanday yaxshi fikr
berganligini tushunib yetishi aytilgan bo‘lishi mumkin.
Masalan:
Chunki bola unga yaxshi fikr berdi / Chunki bola unga fikr berdi.
Unda reja paydo bo‘ldi.
Yoki javobda Gunn buvi bola aytgan fikrga qo‘shilganini ko‘rish
mumkin.
Masalan:
«Ha, men buni qilaman», – deb o‘yladi u.
Chunki u bu yaxshi reja / yaxshi g‘oya ekaniga qo‘shildi.
Yoki javobda, uning fikricha, yana bir necha jonivorlarini shaharga
ko‘chirishi mumkinligi keltiriladi.
Masalan:
Chunki u jonivorlarini shaharga olib kelishni o‘yladi.
U tovuqlarini ko‘chirib olib kelishga qaror qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |