Mana shu dahshatlardan so‘ng odamlar Sirot tomon haydaladilar. Jahannam uzra
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
cho‘zilgan Sirot qilichdan o‘tkir, qildan ingichka ko‘prikdir. Kimki bu olamda hayotini
to‘g‘ri yo‘lga qurgan bo‘lsa, oxirat Sirotidan o‘tish uning uchun yengil bo‘ladi va najot
topadi. Kimki bu dunyo xayotida to‘g‘rilikdan chalg‘igan va gunoh yuklarini yelkaga ortib
olgan bo‘lsa, Sirotga avval kadam qo‘yishi bilanoq, qoqiladi va qulaydi.
Tasavvur qil: oldingda tubsiz, qop-qora jahannam ustiga qurilgan qilday ingichka
ko‘prik, yuraging qo‘rquvdan orqaga tortadi. Shunda qulog‘ingga jahannamning g‘azab
bilan o‘kirgan faryodi eshitiladi.
Holing nochor, qalbing iztirobli, oyoqlaring dirdir titrayotgan bo‘lishiga qaramasdan,
ko‘prikdan yurishga majbursan. Eng alamlisi, yelkangga nafaqat bunday nozik ko‘prik,
balki keng yo‘lda ham tekis yurishingga moyae’lik qiladigan yuklarni ortib olgansan.
O’ngmi yo chapmi, bitta oyog‘ingni ko‘prikka asta ko‘yar ekansan, qilichning damidek
o‘tkirlikni sezib seskanasan.
Oldingda xaloyiq: kimdir qokilyapti, kimdir qulayapti, azob farishtalari ularni changak
va ilgaklar bilan jahannamga tortyapti. Shularga guvoh bo‘lib turgan paytingda birdaniga
sen keyingi qadamingni tashlashga majbur qili-nasan. Ko‘z oldingda odamlar oyoqlari
osmondan bo‘lib, boshlari bilan jahannamga qulayaptilar... bor kuchinpsh so‘-rib,
toliqtirib tashlaydigan tepalik, nafasni bo‘g‘ib qo‘yadigan darajadagi tor yo‘lak! Naqadar
dahshatli manzara!
O’sha ondagi holingga nazar sol: go‘yo emaklab bir tepalikka ko‘tarilyapsan,
yelkangga og‘ir yuk ortilgan. O’ngga, chapga qayrilib, odamlarga qaraysan, do‘zaxga
kulashyapti. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo Rabbim, salomat qil, salomat qil» deyapti.
Sirotdan o‘tolmay, jahannam ka’riga qulagan xaloyiqning azob va halokat to‘la
faryodlarini eshitasan.
Endi aytchi, oyog‘ing toyib ketsa, so‘nggi nadomatdan ne foyda?! Usha payt
halokatni o‘zingga chorlab, shunday deb qolmaysanmi: «Eh, koshki edi, men hayot
vaqtimda solih amallar qilib o‘tgan bo‘lsam! Eh, koshki edi, Payg‘ambar alayhissalom
bilan bir yo‘lda bo‘lgan bo‘lsam! Boy bo‘lsin menga, koshki edi, falonchini o‘zimga do‘st
tutmagan bo‘lsam! Eh, koshki edi, qaytadan tuproqqa aylanib, butkul unut bo‘lib
ketsam! Ex, koshki edi, onam meni tug‘magan bo‘lsa!»
O’sha payt lovullagan olov seni qa’riga tortadi va nido keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: