v) Atmosfera ifloslanishining suv resurslariga ta’siri. Atmosferaning
ifloslanishi yer yuzidagi suv resurslariga ham salbiy ta’sir etmoqda. Tabiatda suv
almashinuvi doimiy bo‘lib, daryo va ko‘llarni, yer osti suvlarini to‘yintiradi.
Atmosfera qanchalik ifloslangan bo‘lsa, ularning bir qismi yog‘inlar orqali yer usti
suvlarini shuncha ifloslamoqda. (minerallashuvi va qattiqlik darajasi ortmoqda).
Buning natijasida, xususan, O‘zbekiston daryolari suvlarining sifati pasayib,
ichimlik suv sifatida foydalanish talablariga javob bermay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |