Microsoft Word экология мар матн лотин rtf


Jamiyatning tabiatga ta’siri



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/61
Sana11.02.2022
Hajmi0,49 Mb.
#443536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
e k o l o g i y a

3. Jamiyatning tabiatga ta’siri. Insonning tabiatga ta’sirining 
kuchayishi sayyoramiz aholisi sonining ko‘payishi bilan ham bevosita 
bog‘liq. Melodning boshida sayyoramizda 200 mln. ga yaqin, 1000 yilda 
275 mln, 1650 yilda 500 mln., 1850 yilda 1,3 mlrd., 1900 yilda 4,0 mlrd. 
va 1987 yilda 5,0 mlrd. kishi istiqomat qilgan. BMTning ma’lumotlariga 
ko‘ra jahon aholisining soni 2004 yilning oktyabr oyida 6,5 mlrd. 
kishiga yetdi. Aholi ko‘payishining sur’atlari pasayish tendensiyasiga 
ega bo‘lsada, aholi sonining ko‘payishi yaqin kelajakda ham davom 
etishi bashorat qilinmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri 
juda keng ko‘lamda sodir bo‘lishi tufayli umumzaminiy muammolar 


16 
qatoriga mansub bo‘lgan ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 
Yuqorida ta’kidlaganidek, inson faoliyatining tabiatga ta’siri tarkibiy 
davrlar davomida muntazam va uzluksiz ravishda orta bordi. Ammo 
insoniyat tarafida tabiatga ta’sirining misli ko‘rilmagan darajada keskin 
kuchayishi fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyoti 
insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatuvchi qudratini oshishiga va uning 
natijasida ishlab chiqarish va ilmiy-texnik faoliyatini ekologik 
miqiyoslarda bo‘lishni ta’minlaydi. Shu sababli ekologik muammolar 
inson hayoti tarzini fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan omillar 
– industrializatsiya va urbanizatsiya, energitika xom ashyo va 
resurslarning kamayishi, tabiiy denamik muvozanat (biosferadagi o‘z-
o‘zini 
boshqarish 
mexanizmi)ning 
muhim 
tabiiy 
sifatining 
yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Fan-texnika 
taraqqiyoti sharoitlarida jamiyat rivojlanishining shart-sharoitlari 
bo‘lgan tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy 
muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi 
ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ekologik 
muammolar «… milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun 
insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» (Karimov I.A. 1997 yil 
112-sahifa). 
Tabiat va inson muayyan qoniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. 
Tabiat resurslardan oqilona foydalanishni asosiy sharoitlarini tabiat 
qonunlarini bilish va ularni inson faoliyatini tashkil etishda hisobga 
olish, ishlab chiqarish darajasini resurslar salohiyati va tabiiy muhitning 
imkoniyatlariga mos keltirish va shuningdek, tabiatni inson faoliyati 
ta’siri ostida o‘zgarishini yaqin kelajakka va istiqbolga mo‘ljallangan 
bashoratlarni ishlab chiqishni tashkil etadi.
Tabiat kishilarning barcha moddiy, ma’naviy va estetik 
ehtiyojlarini qondirish manbaigina emas, balki o‘zining tuzilishi va 
rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘risida axborot beradigan yagona manba 
hamdir. Shu sababli ekologik xavf-xatarlarni bartaraf qilish hamda 
ekologik 
muammolarning 
optimal 
yechimini 
topishni 
tabiat 
qonuniyatlarini teran o‘rganishni taqozo etadi. 
Insoniyat tabiatni o‘zgartirishi va uni o‘z maqsadlariga 
moslashtirishi – bu ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat. Ammo bunday 
o‘zgartirishlar tabiat qonuniyatlarini bilgan holda amalga oshirilmog‘i 
lozim. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish 
qonuniyatlarini hisobga olmasdan jadal yuritayotgan xo‘jalik faoliyati 


17 
tufayli tabiiy muhitning buzilishi va ko‘pgina hollarda sifat jihatdan 
yomonlashuviga olib kelmoqda.
Tabiiy muhit holatining yomonlashuvi jamiyat va tabiat o‘zaro 
ta’sirining yangi shakli bo‘lgan tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish 
zaruriyatini vujudga keltirdi. Ana shu maqsadlarda dastavval tabiatning 
noyob, diqqatga sazovor bo‘lgan ob’ektlari, tabiat yodgorliklari, 
hayvonot dunyosining kamayib borayotgan turlari saqlash shaklda 
muhofaza qilina boshlandi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan 
holda tabiat boyliklaridan ko‘plab foydalanish tabiatni muhofaza 
qilishning yangi turini, ya’ni tabiiy resurlardan (fransuzcha – ressources 
– boylik, zahiralar, manbalar) oqilona foydalanishni taqozo etdi. Tabiat 
resurslaridan oqilona foydalanishda tabiatni muhofaza qilish masalalari 
tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik faoilyati jarayoniga 
qo‘shilib ketadi.
Ishlab chiqarish miqyoslarining o‘sishi insonning tabiatga, ya’ni 
o‘zining hayotiy muhitga nomaqbul oqibatlarini keltirib chiqaradigan 
ta’sirining tobora kuchayishiga olib keldi. Buning natijasida insonning 
hayoti va salomatligi, hozirgi va bulg‘usi avlodlarning manfaatlari xavf 
ostiga qola boshladi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning bu shakli 
markazida insonning o‘zi, uning salomatligi, yashashi va mehnat qilishi 
uchun sog‘lom va qulay muhitga haq-huquqining borligi turadi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish