Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Uzumlarni va boshqa revazor mevalarni saqlash texnologiyasi



Download 0,57 Mb.
bet33/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Uzumlarni va boshqa revazor mevalarni saqlash texnologiyasi

Uzumlarni saqlashning samaradorligi nafaqat saqlash sharoitlariga, balki etishtirish sharoitlariga va hosilni yig'ishtirishda kerakli tavsiyalarga amal qilinganligiga ham ko'p darajada bog'liq bo'ladi.

Yaxshi ishlangan yer uchastkalarida va quyosh tegib turadigan joylarda etishtirilgan uzumlar yaxshi saqlanadi.

Azotli o'g'itlarni keragidan ortiqcha ishlatish va tuproqda azot miqdorining ortiq bo'lishi uzumlarning saqlanuvchanligini kamaytiradi. Kaliy va fosforli o'g'itlar, aksincha uzum mevalarining yaxshi etilishini va yaxshi saqlanuvchanligini ta'minlaydi.

Uzum etishtirishda mikroelementlar bilan, ayniqsa Zn (rux) bilan oziqlantirish uzumda qand miqdorini oshirib, yaxshi saqlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan.

Yomg'irning ko'p tushishi va hosilni yig'ishtirib olishdan oldin toklarning sug'orilishi saqlanuvchanligiga yomon ta'sir ko'rsatar ekan. Umuman olganda, uzumlarning saqlanuvchanligi ularning tarkibidagi suv miqdoriga teskari proporsion bog'liqlikda bo'lishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Toklarni sug'orish ishlari hosilni yig'ishtirib olishga 20 – 25 kun qolganda to'xtatiladi. Agar yomg'ir yog'sa, 2–3 kun o'tib yig'ishtirishga kirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yangi tokzorlardan olingan hosil eski tokzorlardan olingan hosilga qaraganda yomonroq saqlanadi. Tok ekilgandan 7 yil o'tib, olingan hosil yaxshi saqlanar ekan. Saqlash uchun yaxshi pishib yetilgan uzumlardan foydalaniladi. Ya'shi pishmagan uzumlar saqlash jarayonida so'lib qolib, tovarlik xususiyatini yo'qotadi. Uzumlarni terib olishda tegishli qoidalarga rioya qilinishi talab etiladi.

Yuqoridagi 4–jadvalda ko'rsatib o'tganimizdek, uzumlarni saqlashda optimal harorat 0 ÷ 10C, havoning nisbiy namligi esa 85 – 90 % bo'lishi tavsiya etiladi. Ba'zi bir uzum navlarini past haroratda saqlaganda ularning qorayishi kuzatiladi. Agar bunday uzumlarni sorbin kislotasining natriyli tuzining 12 % li eritmasiga shimdirilgan qog'ozlarga o'rab saqlansa, u holda uzum mevalarining qorayishi ro'y bermasligi aniqlangan.

Uzumlarni saqlaganda bo'ladigan mikrobiologik o'zgarishlarning oldini olish uchun SO2 gazidan foydalanish mumkin. Chunki bu gaz antiseptik xususiyatiga egadir. Buning uchun germetik berkitilgan kameralarga oltingugurt kiritilib, 1m3 hajmga 4 – 5 g oltingugurt miqdorida yoqiladi. Natijada hosil bo'lgan SO2 gazi antiseptik sifatida mikrobiologik buzilishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. So'ngra xonalar har ikki oyda oltingugurt gazi bilan dudlanadi. Bunda oltingugurtning miqdori 1m3 hajmga 2,5 g dan ortiq bo'lmasligi kerak. Uzumlarni shu usulda saqlaganda ularning saqlanish muddati uzaygan. Ba'zi hollarda uzumlarni yashiklarda saqlashda K2S2O3 parchalanib, SO2 gazini hosil qiladi. Yuqorida aytganimizdek hosil bo'lgan bu gaz antiseptik vazifasini bajaradi.

Lekin shuni qayd etish lozimki, SO2 gazidan foydalanishning salbiy tomonlari ham mavjud. Birinchidan, SO2 gazining ortiqcha miqdori uzum mevalarining sirtiga dog' hosil bo'lishini keltirib chiqarsa, ikkinchidan SO2 uzumga o'tib, uning yo'l qo'yilgandan yuqori miqdorda bo'lishi organizm uchun zararli hisoblanadi. Shu sababli ham bunday usulda saqlangan uzumlarni bolalarga berish tavsiya etilmaydi.

Uzoq muddat saqlash uchun uzumning xo'raki navlaridan Asma, Nimrang, Shabash, Toyfi, Qoraburni, Rizamat va boshqa navlar tavsiya etiladi. Optimal sharoitda uzumning ana shunday navlarini 6–7 oy muddatda saqlash mumkin.

Rezavor mevalardan uzoq saqlanadigani klyukva va brusnikalar hisoblanadi. Ularning yuqori nordonlikka egaligi va tarkibida benzoy kislotasining borligi yaxshi saqlanishini ta'minlaydi. Kr`jovnik va Qorag'at (smorodina) 1 oygacha, qulupnay va malinalar esa 3–4 sutka saqlanadi.



Rezavor mevalarni saqlash uchun optimal harorat 0 ÷ -0,50C, havoning nisbiy namligi esa 90–95 hisoblanadi(X2, X3, I-s).



  1. Download 0,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish