295
1-Mavzu: “MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI” FANINING
PREDMETI, OB’EKTI VA METODI
Keys-stadi
Ben & Gerry kompaniyasi
Kirish
Ben Koen va Djerri Grinfild 1960 yillarning oxirida Bermingtonda
(AQShning shimoli-harbida) maktabda birga o’qishgan. Ularning ikkalalari
hamma vaqt atrofdagilarning e’tiborida bo’lganligi sabablimi, ularning do’stliklari
uzoq davom etdi. Maktabni tugatib, Ben va Djerri xippilar qatoriga qo’shilib,
hamma uchun odatiy bo’lmagan hayot tarzini olib bordilar. Sochlarini o’stirib
(hatto ba’zilari soqollarini ham o’stirib), o’z itlari bilan bir xonalarda yashashgan.
Ularning ikkalasI ham oziq-ovqat sohasiga qiziqadilar, va bir kun ular fast food
tizimidagi eng jozibali unsur – muzqaymoq degan fikrga kelishdi.
Muzqaymoq ishlab chiqaradigan uskuna 40000 dollar turishini bilib olib,
ular har biri 5 dollar to’lab muzqaymoq ishlab chiqarish bo’yicha sirtqi darslarga
qatnay boshladilar.
1978 yil, muzqaymoqning bir nechta retseptini ishlab chiqarib, Ben va Djerri
12000 dollar tikib (buning 4000 dollari qarzga olingan edi) qayta ta’mirlangan
yoqilg’i quyish shaxobchasida kichik savdo shachobchasi ochdilar. Boshidan Ben
va Djerri sifatli mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib qo’ydilar va
muzqaymoqlari Vermontda ishlab chiqarilgan toza sut va qaymoqdan
tayyorlanganligini o’ar qanaqasiga ta’kidlab bordilar. Savdo shaxobchasi “Ben &
Gerry Home made Ice Cream” deb nomladilar. Unga antiqa ko’rinish berish uchun
esa blyuz o’ynovchi pianistni taklif qilishdi. Do’kon egalarini yoshligidan mahalliy
aholi orasida mashhur bo’lib ketdi. Ben va Djerri tomonidan yollangan xodimlar
o’am o’zlari kabi xippicha ko’rinishiga ega edilar, biznes yuritish yo’li ham shunga
muvofiq edi – har kuni o’tirishlar. Ammo mahsulotning asosiy raqobatbardoshligi
uning antiqaligi edi. Muzqaymoqlarning ko’pisi odatiy tarkibga ega bo’lishsa,
bularning mahsulotlarida meva, shokolad, yong’oq va boshqa shirinliklar
qo’shilardi. “Dumaloq” muzqaymoq briketlari Kompaniya imidjining antiqaligi
edi. 1978 yil yoz davomida mijozlar soni muzqaymoq va kompaniya obro’si bilan
birga o’sdi. Lekin yil oxiriga kelib qishga yaqin muammolar paydo bo’la boshladi.
Savdo hajmi pasayib ketdt. Ben va djerri kasodga uchramaslik uchun yana boshqa
savdo shaxobchalari ochishga qaror qildilar.
Keyinchalik ularga yanada kengroq iste’molchilar bazasi kerakligi ma’lum
bo’ldi. Atrofdagi bir qator supermarketlardagi o’z mahsulotlarining savdo hajmini
o’rganib chiqib, talab unga katta emasligini aniqladilar. Ehtimol, hamma gap
kompaniyaning o’lchami, egalarining tashqi ko’rinishi, kospaniyaga bo’lgan
munosabatlarida bo’lsa kerak. Ularga qo’shni shtatlarda yirik chakana
savdogarlarga muzqaymoq yetkazib beruvchi mustaqil distribyutorlarni topishni
maslahat berishdi. Mana shunda Ben va Djerri birinchi muammoga duch kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: