Xavfsizlik bu barcha himoya ob’ektlarining tashqi va ichki xatarlardan holi
bo’lgan optimal darajadagi holatidir. “Xavfsizlik ta’minlanish jihatidan milliy,
Milliy xavfsizlik muayyan mamlakatning milliy qadriyatlari, manfaatlari,
turmush tarziga, umuman suveren rivojlanishiga nisbatan real tashqi yoki ichki
ob’ektlariga ularni yo’q qilish, to’sish, chalkashtirish, tuzatish, tanishtirish
maqsadida muayyan tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlardan va boshqa ruxsat
301
Biroq ayni paytda axborot sohasiga ta’sir etishi va axborot xavfsizligiga
tahdidi solishi mumkin bo’lgan manbalar faqat axborot texnologiyalari bilan
bog’liq emas. Shu nuqtai nazardan yondashsak, axborot xavfsizligi deganda
axborot sohasidagi milliy manfaatlarning himoyalangani tushunilib, bular shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarining mutanosibligi bilan belgilanadi. Ya’ni jamiyatda
axborot muhitining fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaatlari doirasida
shakllanishi, foydalanilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan himoyalanganlik holati
axborot xavfsizligi hisoblanadi. Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va
tashqi manbalarga bo’linadi.
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:
- chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;
- chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;
- xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;
- axborot tarqatish va foydalanish bo’yicha xorijiy davlatlar siyosatining
amalga oshirilishi;
- tabiiy ofatlar va fojealar.
Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:
- siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va
guruhlarning axborot to’plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy
faoliyatlari;
- axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib
keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va ko’zda tutilmagan xatolari;
- axborot
tizimlarining
dasturiy-texnik
vositalarining
bazaviy
texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bo’yicha mahalliy sanoatning
talab darajasida emasligi.
Axborot xavsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta’sir vositasi bir martalik
tashviqot aktsiyalari, uzoq muddatli targ’ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq,
madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy-informatsion ta’sir vositalari
hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi muammosi davlat va jamiyatning barcha sohalari –
iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan, madaniyat, milliy va xalqaro xavfsizlikning sifatli
axborot almashinuvi, axborot va telekommunikatsiya tizimi, texnologiya va
vositalariga tobe bo’lib qolganiga asoslanadi. Mazkur holat shaxs, jamiyat va
davlatning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, axborot xavfsizligiga
tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishning himoya mexanizmlari majmuining
ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi bilan bog’liqdir. “Bular tahdidlarning
oldini olish va bartaraf etishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnik, dasturiy, ijtimoiy,
huquqiy mexanizmlar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: