2-guruh
Jismoniy eskirish natijasida tovar narxi, uning foizi bir xil miqdorga kamaydi
Savol: Tovarning dastlabki qiymati qancha bo’lgan?
“Sharq” kinoteatrida xar bir seansda biletlar narxi 1500 so’m bo’lganda – 300 tomoshabin,
1000 so’m
bo’lganda – 600 tomoshabin, 700 so’m bo’lganda 1200 tomoshabin zalni to’ldirishi kuzatilgan. Zalda
o’rindiqlar soni 2000 ta.
Savol: Maksimal daromad olish uchun chiptalarni qanday narxda sotish kerak?
3-guruh
Vaziyat
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan
yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi
ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo’yicha
litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng
iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam
degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech
qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani
tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi
yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, o’zaro
maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka
ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o’ylantirib
qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam
shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni
qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega
bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin.
Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar
etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan
fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz,
tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
-
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini
qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad
qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam
xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
-
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” o’rtasini
qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
263
с
Do'stlaringiz bilan baham: |