Avtokratik rahbar
|
Autocratic leader
|
Avtokratichniy rukovoditel
|
Jamoaga o‘zining hukmini o‘tkazish uchun yetarli darajada hokimiyatga ega rahbar. Zarur bo‘lganda u o‘z xukmini hech ikklanmasdan o‘tkazadi
|
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi
|
Computer assisted manufacturing
|
Avtomatizirovannaya sistema upravleniya
|
Ishlab chiqarish texnologiyalarining qatori bo‘lib, u dastgohlar va ishlab chiqarish vositalari ishini elektron hisoblash mashinalari yordamida nazorat qilish imkonini beradi.
|
Avtomatlashtirilgan loyihalash
|
Computer assisted design
|
Avtomatizirovannoye proyektirovaniye
|
Ehm yangi mahsulotni loyihalashtirish uchun qo‘llash. Qhlda chizishdan voz kechish vaqtni tejash imkonini beradi hamda loyihani oson o‘zgartirish uchun sharoit yaratadi
|
Avtomatlashtirilgan ombor tizimlari
|
Automated storage and retrieval systems
|
Avtomatizirovanniye skladskiye sistemi
|
Ehm yordamida yuklarni yuklash va tushirish uchun transport vositalarini boshqarish. ehm har bir tovarning omborda joylashgan o‘rni haqida ham axborotga ega bo‘ladi. Bu tizimni ba’zan avtomatlashgan omborlar ham deb ataydilar
|
Adaptiv tarkibiy tuzilma
|
Adaptive structure
|
Adaptivnaya struktura
|
Atrof muhitdagi o‘zgarishga tez va oson moslashuvchan reaktsiya qilish imkonini beruvchi tarkibiy tuzilma bo‘lib, shu jihati bilan mexaniq, ya’ni byurokratik tarkibiy tuzilmadan farq qiladi. U shuningdek organiq tarkibiy tuzilma ham deb ataladi.
|
Ma’muriy vakolat
|
Staff authority
|
Administrativni polnomochiya
|
Rahbarlarga va tashkilotlarga beriladigan ma’muriy vakolat shakli bo‘lib, u to‘g‘ri chiziqli vakolat taqsimotidan yuqoridan pastga qarab berilmasligi bilan farq qiladi
|
Tashqi muhit tahlili
|
Environmental analysis
|
Analiz vneshney sredi
|
Strategik rejalashtirish jarayoni bo‘lib, u tashkilotga nisbatan tashqi bo‘lgan omillarni nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi va uning maqsadi imkoniyatlar hamda xavf xatarlarni aniqlashdan iborat.
|
Davriy qatorlar tahlili
|
Time-series analysis
|
Analiz vremennix ryadov
|
Taklifga asoslangan tahlil bo‘lib, unga ko‘ra o‘tmishda yuz bergan holat kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni bashoratlash uchun yetarli darajada yaxshi asos bo‘lib hizmat qiladi. U tendentsiyalarni loyihalashtirish ham deb ataladi
|
Zararsizlik tahlili
|
Break-even analysis
|
Analiz na bezubitochnost
|
YAlpi daromad yalpi xarajatlarga teng keladigan holatda qaror qabul qilish uchun qo‘llaniladigan tahlil usuli
|
Ishlab chiqarish operatsiyalari tahlili
|
Job analysis
|
Analiz proizvodstvennix operatsiy
|
Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ishning ijtimoiy va shaxsiy hamda ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘ziga xos tafsilotlarini aniqlash
|
Ishning mazmunini tahlili
|
Job analysis
|
Analiz soderjaniya raboti
|
Bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar hamda uning samaradorligini oshirish uchun xodimlarning yanada samarali ish faoliyatini va ularni yollashning maqsadga muvofiqligini ta’minlash uchun ishning ijtimoiy va individual tafsilotlari tahlili
|
Birlamchi asosiy ehtiyojlar
|
Primary needs
|
Bazisniye potrebnosti
|
Bu odamzodga xos bo‘lgan va tug‘ilishi bilan birgalikda yuzaga keladigan yashab qolish bilan bog‘liq ehtiyojlar
|
Byudjet
|
Budget
|
Byudjet
|
Miqdoriy ko‘rinishda taqismlanadigan harajatlardan kutilayotgan natijalarni ifodalovchi reja. Nazorat uchun etalon sifatida xizmat qiladi
|
Byurokratiya
|
Bureaucracy
|
Byurokratiya
|
Tashkilotning bir turi bo‘lib, unga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti, aniq shakllangan boshqaruv iyerarxiyasi, standartlar va qoidalar, ishning baholash ko‘rsatkichlari, qobiliyatlilik tamoyiliga asoslangan ishga yollash qoidalari xos bo‘ladi
|
Ehtimollilik
|
Probability
|
Veroyatnost
|
– Aniq bir voqeani yuz berishining ehtimollilik darajasi
|
Vertikal mehnat taqsimoti
|
Vertical division of labor
|
Vertikalnoye razdeleniye truda
|
Ishning tarkibiy tuzilishini tashkil qiluvchi unsurlarini faoliyatini bajarish uchun hatti – harakatlarni taqismlash va muvofiqlashtirish
|
Tashqi muhit omillarining o‘zaro bog‘liqligi
|
Environmental inter relatedness
|
vzaimozavisimost faktorov vneshney sredi
|
Bir omilning o‘zgarish boshqa omillarning ham o‘zgarishiga olib keluvchi kuch.
|
Hokimiyat
|
Power
|
Vlast
|
Vaziyatga yoki boshqa odamlarning hatti – harakatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati
|
Tashkilotdagi hokimiyat
|
Authority in organization
|
Vlast v organizatsii
|
Tashkilotning resurslaridan foydalanish bo‘yicha cheklangan hokimiyat bo‘lib, u tashkilotdagi odamlarning bir qism hatti – harakatlarini topshiriqlarni bajarashiga yo‘naltirilgan bo‘ladi
|
Mukofotlashga asoslangan hokimiyat
|
Power based on compensation
|
Vlast, osnovannaya na voznagrajdenii
|
Bu ishni bajaruchining shunday ishonchiga asoslanadiki, unga ko‘ra xodimga ta’sir o‘tkauvchi shaxs uning faol faoliyati natijasida uning extiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega.
|
Majburlashga asoslangan hokimiyat
|
Coercive power
|
Vlast, osnovannaya na prinujdenii
|
Bu ijrochining shunday ishonchiki, unga ko‘ra ta’sir o‘tkazuvchi shaxs uning joriy extiyojlarini qondirishini qiyinlashtirib, unga ta’sir o‘tkaza oladi.
|
Ta’sir
|
Influence
|
Vliyaniye
|
Bu biron – bir odamning hatti – harakati bo‘lib, ungi nisbatan odamlarning munosabati va xislarini o‘zgartiradi
|
Tashkilotning taraqqiyotiga aralashish
|
Od intervention
|
Vmeshatelstvo v xod razvitiya organizatsii
|
Tashkilot tomonidan bajariladigan chora – tadbirlarning bir turi bo‘lib, u tashkilotning rivojlanish dasturini bajarish jarayonida yuz beradi.
|
Tashqi taqdirlash
|
Extrinsic reward
|
Vneshniye pooщreniya
|
Bu xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini faollashtiruvchi har qanday taqdirlash shakllari. Buning yorqin shakllari bo‘lib ish haqi, ijtimoiy ne’matlar yoki ish uchun qulay va obro‘li bo‘lgan ish joyi va x.k.
|
Tashqi noaniqlik
|
Environmental uncertainty
|
Vneshnyaya neopredelennost
|
Tashqi muhitga nisbatan mavjud bo‘lgan axborotning hajm funksiyasi va uning ishonchliligiga ishonch funksiyasidir
|
Ichki taqdirlash
|
Intrinsic reward
|
Vnutrenneye voznagrajdeniye
|
Ishni bajarish jarayonida insonga nisbatan beriladigan tavsiflar yoki qadr – qimmat. Ichki taqdirlash ehtiyojlarning eng oliy darajasini qoniqtiradi
|
Ichki o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar
|
Internal variables
|
Vnutrenniye peremenniye
|
Tashkilot ichidagi vaziyat omili. Unga quyidagilar tegishli bo‘ladi: maqsadlar, tarkibiy tuzilish, topshiriqlar, texnologiya va odamlar
|
Ekspert ta’siri
|
Expert power
|
Vozdeystviye eksperta
|
Bu rahbarga ergashuvchi xodimlarning shunday ishonchiki, unga ko‘ra ularning yetakchisi vujudga kelgan extiyojni qondirish bo‘yicha o‘ziga xos bilimga ega.
|
Mukofotlash
|
Compensation
|
Voznagrajdeniye
|
Motivatsiya nazariyasi doirasida bu insonga qadrli bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan barcha narsa
|
Ikkilamchi extiyojlar
|
Secondary needs
|
Vtorichniye potrebnosti
|
Bu ruxiy tabiatga ega extiyojlar bo‘lib, ular baholash, biron narsaga qattiq bog‘lanib qolish va hokimiyat kabilarni o‘z ichiga oladi
|
Ixtiyoriy tanlov asosidagi qabul
|
Acceptance sampling
|
Viborochniy kontrol pri priyemke
|
Bu sifat nazorati usuli bo‘lib, katta partiyadagi tovarni qabul qilish haqidagi qaror tovarning oz miqdorini tekshirib ko‘rish asosida yuz beradi.
|
Oson moslashuvchan tizimlar
|
Flexible manufacturing systems
|
Gibkiye proizvodstvenniye sistemi
|
Bu moslashuvchanlikning afzalliklarini yo‘qotmagan holda yuqori darajada avtomatlashgan ishlab chiqarish afzalliklaridan foydalanuvchi tizimlar
|
Gigena omillari
|
Hygiene factors
|
Gigiyenicheskiye faktori
|
Gertsbergning ikki omilli nazariyasiga ko‘ra, bu omillar insonni faoliyatini o‘rab turuvchi atrof muhitda yotadi. Ularni yetishmasligi qoniqmaslikni keltirib chiqarishi mumkin, lekin hatti xarakatni faol motivlashtirmaydi
|
Gorizontal mehnat taqsimoti
|
Horizontal division of labour
|
Gorizontalnoye raspredeleniye truda
|
Tashkilotda ish jarayonini uni tashkil etuvchi qismlarga bo‘lib chiqish.
|
Guruh
|
Group
|
Gruppa
|
Bu ikki yoki undan ortiq shaxslardan iborat jamoa bo‘lib, unda har bir shaxs bir – biriga ta’sir o‘tkazadi.
|
Jamoaviy fikrlash
|
Groupthink
|
Gruppovoye mishleniye
|
Bu alohida shaxslarning biron – bir muammo bo‘yicha o‘z fikrini cheklash orqali guruhdagi yakdillikni buzmaslik tendentsiyasidir
|
Harakatlanuvchi yig‘uv tsexi
|
Moving assembly line
|
Dvijuщayasya sborochnaya liniya
|
Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotni harakatlantirish qurilmasi bo‘lib, unda mahsulot bir ishchidan ikkinchiga ishchiga qarab harakatlanadi va bir ishchi alohida topshiriqni bajaradi
|
Delegirlash
|
Delegation
|
Delegirovaniye
|
Boshqalar uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oluvchi odamga barcha xuquq va vazifalarni topshirish
|
Demokratik rahbar
|
Democratic leader
|
Demokraticheskiy rukovoditel
|
Bu rahbarning shunday turiki, u boshqalarga o‘zining xukmini o‘tkazishni hohlamaydi va odamlar eng oliy darajadagi talablardan kelib chiqib motvatsiyaga ega deyu hisoblaydi. U odamlarni shunday motivatsiya qiladiki, u yaratgan muhitda odamlar o‘zini – o‘zi motivlaydi.
|
Qaror qabul qilish daraxti
|
Decision tree
|
Derevo resheniy
|
Biron bir topshiriq yuzasidan qaror qabul qilishning murakkab sxemasi
|
Demarkazlashgan tashkilot
|
Decentralized organization
|
Detsentralizovannaya organizatsiya
|
Bu tashkilotning shunday tuzilmasiki, unda qaror qabul qilish vakolati eng past bo‘g‘imdagi boshqaruv bo‘limlarigacha beriladi
|
Gertsbergning ikki omilli modeli
|
Herzberg‘s two-factor theory
|
Dvuxfaktornaya model gertsberga
|
Bu model bo‘lib, unga ko‘ra hamma motivatsiya ikkita turga ajraladi: gigiyena omillari va motivlar
|
Bo‘linmalardan iborat tarkibiy tuzilma
| |