Менежмент. Маркетинг


Biznes etikadan muammoli vaziyatlarga javob toping



Download 8,34 Mb.
bet304/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

Biznes etikadan muammoli vaziyatlarga javob toping.

  1. Siz dunyo bo‘yicha mashxur sigaretalar ishlab chiqaruvchi kompaniya bosh menejerisiz. Sizning kompaniyangizni dunyo bo‘yicha fabrikalar mavjud. YAna bir MDX davlatlarining birida ham bir fabrika ochish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bir tomondan, yangi ishchi o‘rinlar paydo bo‘ladi, shuningdek sizning firmangiz ko‘proq foyda oladi. Siz sigaret ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, xaligacha shu sigaretlar saraton kasalligini keltirib chiqarishi xaqida ishonmagan edingiz. YAqinda sizning qo‘lingizga bir xisobot tushib qoldi, unda chekish va onkologik kasallik xaqida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik borligi xaqida ma’lumotlar keltirilgan edi. Siz qanday qaror qabul qilasiz? YAngi shartnomani imzolaysizmi? Nima uchun?

  2. Siz uy uchun zarur bo‘lgan texnikalar ishlab chiqaruvchi firmaning marketing bo‘yicha menejerisiz. Sizning firmangiz qimmatbaxo tadqiqotlar natijasida changyutgich mashinani takomillashtirish choralarini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Taqdiqotlar natijasida changyutgich nafaqat chang yutishi, balki xavoni ionlashtirishi kerak edi. Ammo, afsus, bunday natijaga erisha olmadilar. Siz tadqiqotlarga ketgan pullarni o‘rniga qo‘yish uchun changyutgichga “Takomillashgan yangi model” deb qo‘ysangiz, ko‘proq foyda olishingiz mumkinligi xaqida takliflar tushdi. Siz qanday qaror qabul qilasiz?

  3. Siz koppyuterlar uchun dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanuvchi kompaniya menejerisiz. Bir prezentatsiyada siz yosh ayol (yosh erkak) bilan tanishib qolib, u yaqindagina raqobatchi firma menejeri bo‘lib ishlaganligini, uning kompaniyasi uni noxaq ravishda ishdan bo‘shatib yuborganligini bilib qoldingiz. Raqobatchi firmaning sirlarini bilib olish uchun siz u yosh ayol (yosh erkak)ni “boshini aylantirib”, ishga olishga va’da berasizmi? YOki boshqacha yo‘l tutasizmi?

  4. Siz avtomobillar sotish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniya menejerisiz. Sizning kopmaniyangiz dillerlar keng tizimiga egadir. YAqindagina bu dillerlarning oilasida noxushliklar paydo bo‘ldi. U odam ajirim muammosiga duch kelib qoldi. U diller eng yaxshi sotuvchilardan biri edi, ammo xozirda muammolari paydo bo‘lganligi uchun ishlari bilan yaxshi shug‘ullanmay qo‘ydi. Siz menejer sifatida bu dillerni ishdan bo‘shatib, boshqasini o‘rniga qo‘yish vakolatingiz bor. Siz qanday yo‘l tutasiz?

  5. Siz sovutkichlar ishlab chiqaruvchi kompaniya menejerisiz.Siz yaqindagina raqobatchi kompaniya yangi “NO FROST” xossali sovutkich ishlab chiqarishi xaqida eshitib qoldingiz. Raqobatchi kompaniya har yilgi ko‘rgazmada o‘zining dillerlari uchun trening o‘tkazib, bu yangilik xaqida tushuncha berishi, va bunday xossalarga qanday erishilganligi xaqida gapirib berishi xaqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Siz raqobatchi kompaniyani sirlarini bilib olish uchun, o‘zingizning xodimingizni yangi diller ko‘rinishida shu treningga jo‘natasizmi?

  6. Siz mashxur firmaning bosh menejersiz va boshqa bir kompaniya bilan foyda keltiruvchi katta xajmdagi maxsulotlarni sotish shartnomasini imzolashni xoxlardingiz. Muzokaralar natijasida siz sotib olmoqchi bo‘lgan kompaniyaning vakili yangi yaxshiroq ish izlayatganligini bilib qoldingiz. Uni ishga olmoqchi emassiz, ammo shartnomani imzolash uchun siz ishga olmoqchiman deb, yolg‘on va’da berasizmi?

  7. Siz qadrlar bo‘yicha menejersiz. Sizning kompaniyangizga yosh qobiliyatli ayol ish izlab keldi, u sotish agenti bo‘lib ishga kirmoqchidir. SHu vakant joyga boshqa erkaklarga nisbatan bilimi, tajribasi yuqoriroqdir. Ammo sizning kompaniyangizda sotish agentlar erkaklardan iborat, va firmaning ko‘pincha kliyenlari ham erkalardir. Ular ayolni ishga olganligingizdan jaxli chiqishini bilib turib, siz bu ayolni ishga olir edingizmi?

  8. Siz bir turistik firma menejerisiz. Sizning firmangizga Gretsiyada dam olmoqchi bo‘lib bir ayol murojaat etdi. Uning qon bosimi yuqoriligini aytdi. Sizda esa oxrgi muddati bir kun qolgan sotilmay qolgan Izraildagi O‘lik dengizga turingiz bor. Siz gipertoniklarga O‘lik dengizda dam olish ta’qiqlanganligini bilib turib, shu ayolga bu turni taklif etgan bo‘lardingizmi?

  9. Siz shampun ishlab chiqaruvchi firma menejerisiz. Sizning kompaniyanigiz yangi bir marotaba yuvganda ham qayizg‘oqni yo‘qotuvchi shampun ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Ammo marketing mutaxassisi sizga shu shampun upakovkasiga shampunni sochingizni yuvganda, ikki marotaba ishlatishni tavsiya etib yozishni taklif etdi. Buning natijasida shampun ikki marotaba ko‘proq sotilishini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Siz qanday yo‘l tutasiz?



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish