5.1-rasm. Insonlar va tashkilotlarning amallarini belgilab beruvchi asosiy me’yorlar tizimi.
Birinchisi bu – qonunlar, xujjatlarda bitilgan me’yor va qadriyatlar tizimi, ularga amal qilinishini nazorat qilib davlatning sud tizimi ishlamoqda. Xuquqiy jixatdan belgilab qo‘yilgan-ki, tashkilot va uning a’zolari amallari ma’lum chegaralar bilan cheklangan (avtomobilni boshqarish uchun xaydovchilik guvoxnomasi olish zarurligi, foyda solig‘ini to‘lash majburligi va xokazo). Elektron biznes (e-biznes)ning rivojlanishi bilan yangi xuquqiy muammolar xam paydo bo‘ldi, masalan, mualliflik xuquqi ximoyasi masalasi. Xususan, Napster musiqali fayllarning bepul almashinuv xizmati piratlikda ayblandi. Sud kompaniyaga mualliflik xuquqi bilan ximoyalangan materiallarni tarqatishni to‘xtatishi lozimligini xukm qildi.
Bunday xulq-atvorning aynan teskarisi bu individning (tashkilotning) tanlov erkinligi bilan belgilanadigan amallaridir. Bunga shunday xulq-atvor kiradi-ki, u to‘g‘risida qonunlarda xech narsa deyilmagan va unga nisbatan inson yoki tashkilot to‘liq erkinlikka ega (individ tomonidan diniy dunyoqarashni tanlanishi, musiqa kompaniyasi tomonidan ijrochilar yoki kompakt-disklar tiraji tanlanishi).
Bu, individlar va tashkilotlarning amallarini belgilab beruvchi ikkala soxalar o‘rtasida aynan etik me’yorlar yotadi. Bu yerda qog‘ozga bitilgan qonunlar yo‘q, balki xulq-atvor qoidalari bor, ular jamiyat tomonidan umuman olganda ma’qullanadigan tamoyillar va qadriyatlarga asoslanadi. Erkin tanlov xolatida inson o‘ziga o‘zi bo‘ysunadi, qonunchilik soxasida – qonunga bo‘ysunadi. Etika xolatida esa individ o‘ziga (yoki kompaniyaga) ma’lum bo‘lgan me’yorlarga rioya etishi kerak, lekin aslida bu me’yorlar talablarini buzganlik uchun aniq bir sanktsiyalar, jazolar ko‘zda tutilmagan. Etik nuqtai nazardan maqbul bo‘lgan qaror xam xuquqiy jixatdan, xam axloqiy jixatdan maqbul qaror xisoblanadi (jamiyatning aksariyat qismi uchun).
Agar individ yoki kompaniya tanlovi faqatgina qonunlar yoki tanlov erkinligi ta’siri ostida amalga oshirilsa, noxush xolatlarga tushib qolish mumkin. Xaqiqatda, individ quyidagini aytishga xaqli: “Qonunda man qilinmagan narsa – etik jixatdan maqbul”. Lekin amaliyot shuni ko‘rsatmoqda-ki, bunday fikrlarga yo‘l qo‘ygan “mualliflar” ancha qimmatga tushishmoqda. Undan ko‘ra etik me’yorlar va qoidalar mavjudligini tan olish va ularga xam tashkilot ichida, xam tashkilot tashqarisida amal qilish maqsadga muvofiqroqdir. Kompaniya xodimlari etik me’yorlar va mas’uliyatni zimmalariga olganliklari sari kompaniya amaliyotga “Xulq-atvor kodeksi”ni joriy qilish imkoniga ega bo‘ladi, bu bilan qo‘shimcha qonunlarga extiyoj qolmaydi va “tanlov erkinligi” muammolaridan xalos bo‘linadi.
Etik me’yorlar bu yozilmagan qoidalar bo‘lgani uchun, qandaydir ish-xarakatni baxolash masalasi ko‘pincha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Etik dilemma qachon paydo bo‘ladi, kachon-ki, barcha muqobil yechimlar yoki xulq-atvor variantlari o‘zlarining ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy axloqiy oqibatlari tufayli maqbul emas, qachon-ki yaxshini yomondan, yaxshilikni yovuzlikdan ajratish qiyin bo‘lsa.
Tashkilotda paydo bo‘ladigan etik masalalarni yechish uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladigan insonni ko‘pincha axloq agenti deb ataydilar. Quyida u to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan etik dilemmalar bo‘yicha ba’zi misollarni keltiramiz.
Sizning uncha katta bo‘lmagan firmangizning yuqori pog‘ona menejerlaringizdan biri sizga o‘zining OITS bilan kasallanganligini, ma’lum muddat davolanishi lozimligini aytdi. Siz bilasiz, unga firmangiz tomonidan tibbiy sug‘urta to‘lovi to‘lanishi lozim. Lekin kompaniyangizda shunday xolat yuzaga kelgan-ki, sug‘urta fondida mablag‘ deyarli yo‘q. YAqindagina siz shunga yaqin mavzuda maqola o‘qib qoldingiz, unda sud, firmaning xodimi OITS bilan kasallangan xolatda sug‘urtalash rejalarini o‘zgartirish xuquqidan foydalanib, xodimga sug‘urta to‘lovi to‘lamagan ish beruvchining tomonini olganligi xaqida yozilgan. Siz xam ishingizni sudda ko‘rib chiqilishi varianti xaqida o‘ylab ko‘rasizmi yoki sug‘urta to‘lovini amalga oshirasizmi?
Siz yirik farmatsevtik kompaniyasida sotish bo‘yicha menejersiz, bir dozasining narxi 2500$ bo‘lgan yangi dorini bozorga kiritish rejasini tayyorlash topshirig‘ini oldingiz. Lekin sizga ma’lum-ki, yangi dorining samaradorligi unga muqobil bo‘lgan dori vositasi samaradorligidan ozgina baland xolos, muqobil dori 4 barobar arzonroq. Es-xushingiz joyida bo‘la turib, narxi 2500$ turadigan dorini bozorga olib chiqasizmi? Agar “yo‘q” bo‘lsa, (samaradorligi yuqori bo‘lgan dorini ishlatib) qutqarish mumkin bo‘lgan odamlarni o‘limga maxkum etilishiga yo‘l qo‘yasizmi?
Import tovarlar partiyasini rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish uchun kompaniyangizga “ozgina to‘lash” lozimligi xaqida shama’ qilishdi. Pora – anchagina keng tarqalgan xodisa, va agar siz rad javobini bersangiz, eng avvalo kompaniya ziyon ko‘radi (boy berilgan daromad ko‘rinishida). Balki bu jarayon restoran ofitsiantiga choy-chaqa uchun pul berilishi bilan barobardir?
Siz- filialning xisobchisisiz. Yil oxirigacha xech qancha qolmadi, reja ko‘rsatkichlarini bajarish uchun esa 15 ming $ kamlik qilmoqda. 21 dekabr kuni siz 20 ming $ summaga kompaniyangizga ofis jixozlarini yetkazib berish bo‘yicha schyot-faktura oldingiz. Kompaniyaning Xisob siyosatida xarajatlar uchun to‘lovni ular paydo bo‘lgan kuniyoq amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Filial direktori esa schyot-faktura bo‘yicha to‘lovni yangi yilning fevralida amalga oshirishni iltimos qilmoqda. Sizning qaroringiz?
Sizning boshlig‘ingiz aytishicha, byudjet cheklanganligi sababli u sizga bu yil oylik ish xaqingizni ko‘tara olmaydi, lekin u sizning Xarajatlar xisobotingizdagi raqamlar ozgina ko‘payib qolishiga ko‘z yumadi.
Mana shunday, etikaga bevosita aloqasi bo‘lgan dilemmalar bilan salkam xar kuni menejerlar to‘qnash keladilar. Keling endi, etik muammolarga bo‘lgan turlicha yondashuvlarni ko‘rib chiqishga o‘tamiz, bularni o‘rganish bizga ularni taxlil etish va qaror chiqarish me’zonlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |