Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

Kalit so’zlar: 
ta’lim muassasalarini boshqarish, boshqaruv jarayoni,boshqaruv 
tamoyillari, markazlashgan boshqaruv, rahbarning kompetentligi, tanqidiy-tahliliy 
fikrlash. 
Annatation 

This article discusses the role of the leader in the organization of the educational 


management process, professional potential and the relevance of the critical-
analytical approach in this process 
Keywords: 
Management of educational institutions, management process, 
management princples, centralized management, competence of the leader, critical-
analytical thinking 
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator 
tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini 
boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan 
vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda 
belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Boshqaruv jarayonini tashkil etish rahbardan 
alohida kasbiy salohiyatni, maqsad va vazifalarni talab etadi: 
Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul 
qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va 


809 
tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning 
muntazam hisobot berishi, xodimlarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini 
bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin 
tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, 
unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga 
erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z 
iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish 
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi. 
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga 
nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim 
sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi 
belgisi yagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. 
Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi 
tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga 
ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati 
hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan 
chambarchas bog‘liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, 
ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun 
tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar 
bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama 
boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining 
ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, 
ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat xodimlarning ehtiyojlari, talab va istaklarini 
hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga 
olib keladi. 
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, 
pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi. 
Ta’lim 
muassasasi 
ichidagi 
boshqaruvda 
markazlashtirish 
va 


810 
markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi 
rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida 
qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi. 
Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbar yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka 
alohida e’tibor qaratishi lozim. Boshqarish faoliyatda rahbarning tajribasi va bilimiga 
tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. 
Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo‘qqa 
chiqarmaydi. 
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi. Ta’lim 
tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga 
ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq, to‘liq yig‘ilsa yoki haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, qaror 
qabul qilishda chalkashlikka olib keladi. Ta’lim muassasasining rahbari o‘zining 
faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u o‘z faoliyatida kuzatish, 
anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim 
muassasasi ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab 
chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak. 
Ta’lim jarayonini tashkil etishda rahbarning ushbu jarayonga tanqidiy-tahliliy 
yondashuvi 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Tanqidiy fikrlash rahbar faoliyatida muhim burilish yasaydi. Tanqidiy fikrlash - bu 
axborotni tahlil qiluvchi, olingan ma’lumotlarni
umumlashtiruvchi va o’quv jarayonini 
o’zida aks ettiruvchi ochiq fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlash orqali atrofda bo’layotgan har 
qanday jarayonning sodir bo’lish
sababi, davomiyligi hamda oqibati (natijasi) 
to’g’risida asosli xulosalar yaratish
mumkin. Buning uchun, avvalo, rahbar chuqur 
bilimga 
ega 
bo’lish, 
egallangan 
bilimlar
ustida mustaqil ravishda analiz-sintez jarayonlarini amalga oshirish, har bir
tushunchaga mantiqan yondoshgan holda hukm va xulosalar chiqarish lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot manbalarining jadal rivojlanayotganligi
va ma’lumotlarning juda tezlik bilan ommalashish ehtimolining yuqorigini
inobatga oladigan bo’lsak, bizga yetib kelayotgan ma’lumotlarning ishonchli


811 
hamda asosli ekanligi birlamchi muammoga aylanmoqda. Ma’lumotlarning
axborot 
darajasida 
aniq 
ekanligi 
biz 
uchun 
juda 
muhim.
Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g’oyalarga, balki ularning
qanchalar foydali ekanligiga ham bo’g’liq. Bu ko’nikma orqali g’oya-fikrlarni
baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va hayotimizni o’zgartirish uchun
foydalanamiz. Tanqidiy fikrlaydigan rahbar g’oya va fikrlarni yaxshi tushunadi.
Natijada u dunyoni boshqalardan ko’ra yaxshiroq va tezroq anglaydi.
Tanqidiy fikrlash – bu muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va
oqilona foydalana olish, qo’shimcha ma’lumotlar toppish ko’nikmasidir.
Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish,
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish
orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda
mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida Prezidentimiz
Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini
yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
5812-sonli farmoni asosida olib borilayotgan ishlarning asosiy mazmuni kelajak
kadrlarini yaratish va bunda ularning professional faoliyat olib borish ko’nikmasini
shakllantirishning shart-sharoitlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishdir.
Tanqidiy fikrlash tufayli rahbar o’zining ichki kechinmlari va tashqi olam
o’rtasidagi muvozanatni nazorat qila olishi va boshqarishi mumkin.

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish