Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati. 
1.
Кузнецов, А. В. Свидетельство об официальной регистрации программы 
«Морфологическая обработка текстовых документов». 2001г.
2.
https://uz.wikipedia.org/-internet sayti. 


804 
ФИО авторов:
Ummataliyeva Mohlaroy Zokirjon qizi, Abdugofurov Shohjaxon 
Muhammadqobul o’g’li.
Andijon Davlat Universtiteti 
Tabiiy Fanlar Fakulteti talabalari 
Название публикации:
«SURXONDARYO VILOYATIDAGI TRANSPORTLAR 
VA SANOAT KOXONALARINI ATMOSFERAGA TA’SIRI» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatidagi transport hamda 
sanoat korxonalarining atmosfera, atrof muhitga chiqarayotgan zararli moddalarning 
ta’siri haqida so’z yuritiladi. 
Abstract
: Three articles deal with the impact of transport and industry in 
Surkhandarya region on the atmosphere and harmful substances released into the 
environment. 
 
Kalit so’zlar:
 Atmosfera, transport, korxona, sanoat, inson, Surxondaryo, havo, 
viloyat. 
Keywords
: Atmosphere, transport, enterprise, industry, human, Surkhandarya, 
air, region 
 
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonlarni, qush va hasharotlarni nobud 
bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ishlab chiqarish korxonalaridan tashlanadigan ftoridlar 
ta’sirida bir qator mamlakatlarda asalarilar, qo'ylar, yirik shoxli hayvonlar va uy 
parrandalarining yoppasiga qirilib ketganligi hisobga olingan. Havo tarkibida ftor 
konsentratsiyasining yuqoriligi inson va hayvonlar tishlarining tez to‘kilib ketishiga 
sabab bo’lib, ularning ovqat hazm qilish organlari va umurtqa suyaklarining 
kasallanishiga olib keladi. 
Respublika ekologik hududlaridan biri bu Surxondaryo viloyatining Tojikiston 
bilan chegaradosh hududlari Mirza Tursunzoda shahridagi alyumin zavodi 
atmosferaga tashlayotgan iflos gazlardan katta zarar ko'rmoqda. Bu yerlarda madaniy 
o'simliklaming deyarli ko'pchiligi kasalliklarga chalingan. Qoramollaming ko’payishi 


805 
kamayib, odamlarda rak, buqoq, kasalliklari hamda og'izdagi tishlarining tushib ketishi 
kuzatilmoqda. Alyumin zavodi ish faoliyatni to'xtatish yoki uni boshqa bir joyga 
ko'chirish masalasi mutloq harakatsiz holda turibdi. Alyumin zavodidan Tojikistonlik 
va Rossiyalik hamdo'stlarimiz katta foyda olishmoqda, u O'zbekistonga katta iqtisodiy 
ekologik zarar keltirmoqda. 
Atmosferaga tashlangan zaharli moddalar ichida xavflisi izotop oksidi (N02) 
hisoblanadi, bu turdagi zaharli modda o'z hajmiga ko'ra ko'proq, azot oksidi to'g'ridan-
to'g'ri azon qatlamini buzadi, umumiy shartli zaharliligi darajasiga ko'ra N02 zaharlilik 
koeffitsenti 20 birlikni tashkil etadi, oltingugurt oksidi - 12, karbonat angdrid S02 - 1 
birlikka egadir. Azot oksidi texnogen omillar tomonidan eng ko'p ishlab chiqariladi, 
ozginasi ham ko'z yoki burunning shilliq qavatini zararlaydi, sal ko'proq bo'lsa 
bronxonopnevmoniya- organlarni zararlab ko'prog'i o'pkani shishiradi. Bundan 
tashqari azot oksidi organlarda qon aylanishini ishdan chiqaradi. 
Atmosferani ifloslantiradigan sanoat korxonalaridan biri qora va rangli 
metallurgiya sohasi hisoblanadi. Ular juda katta joylarni egallagan korxonalar bo'lib, 
ish jarayonida atmosferaga katta miqdorda zaharli gazlar, chang, issiq harorat ajralib 
chiqadi. Turli materiallarni eritish, ishlov berish, yasash, qazib olish paytlarida 
atmosferaga katta miqdorda chang tashlanadi. Katta metallurgiya kombinatlarida bir 
kecha-kunduzda ishning hajmiga qarab 350-600 tonnadan 2500 tonnagacha chang 
hosil bo'ladi. 
Surxondaryo viloyatidagi alyumin zavodi barcha imkoniyatlarni ishga solib 
ishlamoqda, uning zaharli tutunlarini O'zbekiston hududi uzra yoymoqda. Alyumin 
zavodi atmosferaga ftorli gidrogen (NG'), ftoritlaming qattiq zarralari, alyuminiy, is 
gazi, uglevodorodlar, sulfit angdridi va boshqalami tashlaydi. Bugungi kunda 
turmushimizni kimyo sanoatisiz tasavvur qilish qiyin, xalq xo'jaligida kislotalar, tuzlar 
ishqorlar, mineral o'g'itlar, gyerbitsidlar, pestidlar, polimyerlar, sun'iy tolalar, sun'iy 
plastmassa idishlar, linoliumlar, bo'yoqlar, loklar kimyo sanoatining yutuqlari 
hisoblanadi. Bu soha bir vaqtda ikki xii mahsulot ishlab chiqarardi, mutloq tugal va 
oraliq mahsulotlar. 


806 
Transport vositalarining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri Transport havo 
ifloslanishining asosiy manbalaridan biridir. Turli transport ob'ektlarining atrof-
muhitga ta'siri bilan bog'liq ekologik muammolar dvigatellar tomonidan zaharli 
moddalar chiqindilarining miqdori, shuningdek suv havzalarining ifloslanishi bilan 
belgilanadi. Qattiq chiqindilar va havoning ifloslanishi salbiy ta'sirga yordam beradi. 
Bundan tashqari, bu birinchi navbatda atrof-muhitni ifloslantiruvchi va energiya 
manbalaridan foydalanuvchi avtomobil transporti hisoblanadi. 
Surxondaryo viloyatida ayrim sanoat korxonalarida zaharli gazlar faqat kunduz 
kunlari tarqalishi mumkin, ammo avtomobillar harakati mutloq to'xtamaydi, demak is 
gazlari kechayu kunduz bizning yon atrofimizga to'g'ridan to'g'ri tarqaladi. Biz ulardan 
to'g'ridan to'g'ri nafas olamiz, korxonalardan chiqqan moddalar albatta baland trubalar 
orqali yuqoriga tarqaladi, ular balki qayerlargadir kislotali yomg'irlar bo'lib yog'ishi 
mumkin, ammo avtomobil is gazlari bizning yuzimizga, hovlimizdagi mevalarga, 
hidlaydigan 
gullarimizga, kiyimlarimizga 
is gazining zaharlari 
yog'i1adi. 
Dabdurustdan olis tabiat qo'yniga borib qolsangiz nafas olish, to'liq nafas olish bizga 
og'irlik qiladi. Bizning o'pkamiz bunday toza havoni qabul qilishga qiynalib qoladi. 
Shaharda bosh ko'tarib kechalari osmonga qarasangiz yulduzlar juda kam, xira 
ko'rinadi, olis qishloqlarga, ona tabiat qo'yniga borib osmonga qarasangiz yulduzlar 
charaqlab tushib kelayotgandek tuyiladi. Mana farq, toza havo va ifloslangan havoning 
aniq isboti bizga. 
Avtotransportning havoni ifloslantiruvchi zaharli is gazi, uglevodorodlar, azot 
oksidlari, aldegidlar, ketonlar eng xavflisi qo'rg'oshinlardan iborat. Avtomobillarning 
havoga tashlaydigan is gazlari havoga tashlanganda meterologik sharoitlar ta'sirida 
foto kimyoviy o'zgarishlar byeradi. Bunda azot qo'sh oksidi parchalanib azot oksidiga 
aylanadi, aldegid va ketonlar radikallarni paydo qiladi. Ushbu reaksiyalarning 
natijasida katta shaharlarda yuz byeradigan «Smog»lar paydo bo'ladi. Smog katta 
shaharlarda barcha zaharli gazlaming qo'shilib reaktsiyaga kirishi natijasida hosil 
bo'ladigan va yerga qaytib tushadigan zaharli gazlardir. 


807 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish