Mehnat muhofazasi


 Korxona hamda tashkilotlarni isitish va shamollatish



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

4.7. Korxona hamda tashkilotlarni isitish va shamollatish
Almashtirilishi zarur bo‘lgan havo miqdori binodagi ajralib chiqa-
yotgan issiqlik, namlik, zararli moddalar miqdoriga bog‘liq. Shamollatish
qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga kåladigan ortiqcha issiqlik,
namlik, chang, gaz va bug‘larni haydab chiqarish, xona mikroiqlim holatini
davlat standartlari talablari asosida må’yorlashtirish uchun
xizmat qiladi.
Havo namligi Avgust psixromåtri (11-rasm) va Assman
aspiratsion psixromåtri (12-rasm) bilan
o‘lchanadi.
Havo almashinish usuliga ko‘ra
shamollatish qurilmalari umumiy va
mahalliy almashinuvchi turlarga bo‘linadi.
Umumiy havo almashinish tizimida xona
ichidagi iflos havo uning butun hajmi
bo‘yicha bir vaqtda toza havo bilan almash-
tiriladi.
Mahalliy havo almashinish tizimlarida esa iflos havo
båvosita ushbu iflos havo (chang, gaz, bug‘ va b.)
hosil bo‘ladigan joydan, ya’ni ish joyidan haydab chi-
qariladi.
Shamollatish qurilmalari ishlash usuliga ko‘ra suruvchi,
haydovchi va suruvchi-haydovchi turlarga bo‘linadi. Suruvchi shamollatish
qurilmalari iflos havoni faol haydab chiqarish talab etiladigan ishlab
chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Haydovchi shamollatish qurilmalari esa
suruvchi qurilmalar ishlatish mumkin bo‘lmagan xonalarda qo‘llaniladi.
Suruvchi-haydovchi shamollatish qurilmalari esa intånsiv havo almashinish
talab etiladigan xonalarda ishlatiladi.
Tabiiy shamollatish qurilmalari.
Sanitar må’yorlarga asosan barcha ishlab
chiqarish binolarida tabiiy shamollatish qurilmalari bo‘lishi shart. Tabiiy
havo almashtirish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining bosim
va zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Ushbu shamollatish
qurilmalarining asosiy kamchiligi, havo almashinish darajasini tashqi muhit
havosining harorati, bosimi hamda shamolning tåzligi va yo‘nalishiga
bog‘liqligida.
Sun’iy havo almashinish tizimlari.
Sun’iy, ya’ni måxanik shamollatish
tizimlarida havo almashinishi våntilyator yoki ejåktorlar yordamida amalga
oshiriladi. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki,
ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish
yoki xonaga toza havo yuborish hamda bu qurilmalarga havoni isitish,
namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish mumkin.
Bunday shamollatish qurilmalari våntilyator, havoni yuborish yoki
haydab chiqarish qurilmasi, havo kanallari va filtrdan tashkil topgan bo‘ladi.
1 1 - r a s m .
Avgust psix-
romåtri.
12-rasm.
Assman
aspiratsion psi-
xromåtri.


38
Våntilyatorlar sifatida markazdan qochma va o‘qli våntilyatorlardan
foydalaniladi. Våntilyatorlarning markasida ko‘rsatilgan raqam, ventilyator
ish g‘ildiragining diamåtrini bildiradi, masalan, N5 våntilyatoridagi 5
soni ventilyator ish g‘ildiragining diamåtri 500 
mm
ekanligini ko‘rsatadi.
O‘qli ventilyatorlar quyi bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab
chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250–300 
N/m
2
atrofida bosim hosil
qiladi. Sun’iy shamollatish tizimlarining havo quvurlari po‘latdan tayyorlanadi.
Agråssiv kimyoviy moddalar bilan ifloslangan havo harakatlanuvchi quvurlar
esa zanglamaydigan po‘latdan, viniplast yoki kåramikadan tayyorlanishi
mumkin. Havo quvurlari tizimiga xonaga kiritiladigan havoning miqdorini
rostlash, havoni tozalash, isitish, sovitish va namlash moslamalari o‘rnatiladi.
Havoni isitishda kalorifårlardan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash tamoyili
jihatidan avtomobillarning radiatoriga o‘xshash bo‘ladi.
Havoni sovitish moslamalari esa 2 xil: sirt bo‘yicha sovitish va kontaktli
sovitish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovitish qurilmalari kalorifår shaklida
bo‘lib, sovituvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki fråondan foydalaniladi.
Kontaktli sovitish qurilmalarida havo, suv kamårasida yuzaga kåluvchi
åmgirli muhit orqali o‘tib soviydi. Havoni tozalashda turli xil matårial:
yog‘, elåktrik va ultratovushli filtrlardan foydalaniladi.
Havoni kondensionårlash.
Shamollatish qurilmalari xona mikroiqlim
sharoitini sanitar talablar asosida doimiy ravishda må’yorlashtirish,
ishchilarga qulay sharoit yaratish imkonini bårmaydi. Shu sababli, bu
maqsadda kondensionerlardan foydalaniladi. Kondånsionårlar havoning
harorati, namligi, harakatlanishi va tozaligini avtomatik ravishda rostlash
hamda havoni ozonlash va ionlash imkonini båradi. Kondensionerlar
markaziy, ya’ni bir nåcha xonaga xizmat qiluvchi yoki mahalliy– bitta
xonaga xizmat qiluvchi bo‘lishi mumkin.
ÁÊ-1500 kondensionerlarining sovuqlik ish unumi – 6,3 kDj (1,5 
kkal
),
ÁÊ-2500 kondensionerlariniki esa – 10,5 kDj (2,5 
kkal
). ÁÊ-1500
kondensioneri 25 
m
2
yuzali xonaga, ÁÊ-2500 kondensionåri – 35 
m
2
yuzali
xonaga mo‘ljallangan. Bu kondensionerlar xona havosini sovitish,
changlardan tozalash, haroratni avtomatik ravishda saqlash, havo namligini
kamaytirish, havo harakati tåzligini va yo‘nalishini o‘zgartirish, våntilyator
råjimida ishlash imkoniyatlariga ega.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish